Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotining barqaror
o‘sishdagi zaif jihatlar turkumiga quyidagilar kiritilgan:
1. 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti tuzilmasi ilgarigiday o‘zining agrar-
industrial tabiatini saqlab kelmoqda.
2. YalM tarkibida sanoat mahsuloti 25%dan ozroq qismini hamda
jismoniy va ma’naviy eskirgan uskuna va texnologiyalar katta hissani
tashkil qiladi.
3. Ishsizlik darajasi tez sur’atlar bilan o‘smayotgan bo‘lsa-da, ancha
yuqori bo'lib, iqtisodiyotda qo'llanilmayotgan manbalardagi katta
potensialni aks ettiradi.
4. Ta’lim va sog‘liqni
saqlash tizimida, ayniqsa, aralash shaklda
moliyalash tizimini boshqarish qismidagi institutsional o‘zgarishlar
tugallanmagan.
Shuningdek, islohotlar tajribasini umumlashtirishda turlicha
yondashuvlar shakllanmoqda. Ulardan
biri bozor munosabatlariga
o‘tishning ijtimoiy muammolarini hal etilishi 3 bosqichga taqsimlanadi:
1-bosqich (1991-1994);
2-bosqich (1994-1997);
3-bosqich (1997-2005).
Birinchi bosqichning maqsadi ahoU turmush darajasining keskin
pasayishi va ishsizlikning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo'ldi. Bu
bosqichda davlat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’mol bozorini
himoya qilish uchun iste’mol mollarini me’yoriy tarqatish tizimi,
talon va kuponlar joriy etildi. Kam ta’minlanganlar uchun imtiyozlar
saqlandi.
Ikkinchi bosqichning maqsadi ishlab
chiqarish samaradorligini
oshirish, ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy o'sishni barqarorlashtirish,
inflatsiyani jilovlash bo‘ldi. Natijada mulkdorlar sinfi shakllandi. Xorijiy
omillarga bog‘liq bo'lgan o‘zak tarmoqlarini mustahkamlash choralari
ko'rildi. Milliy valuta inflatsiyasini maqbul darajada jilovlash imkoni
yaratildi.
Uchinchi bosqichning maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlami
sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko'tarishga qaratildi. Iqtisodiyotda miqdor
va sifat siljishlari, kichik biznes va tadbirkorlik uchun huquqli sharoitlar
yaratildi, ishsizlikning yashirin va turg'un holatlarini bartaraf etishga
oid choralar ko‘rildi. AhoU daromadlarining yangi turlari
- mulkdan
va tadbirkorlikdan ham shakllana boshladi. AhoU kam ta’minlangan
qatlamlar qashshoqlashuvi kamaytirildi. Boqimandalik chekindi.
Mehnat va tadbirkorlik faolligi ortdi.
Iqtisodiyotning negizini turli xildagi mulk tashkil etishi, mulkchilik
munosabatlaridagi islohotlar chuqurlashuvi ham to'rt bosqichda
guruhlantirishga imkon yaratdi. Bunda 1990-91-yillar tayyorlov bos-
qichi deb belgilandi.
1-bosqich - 1992-1994 yillar;
2-bosqich
1994-1996 yillar;
3-bosqich - 1996-1998 yillar;
4-bosqich - 1999 yildan hozirgacha.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: