‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)
2.1. Arab mamlakatlaridagi dastlabkl iqtisodiy g‘oyalar. Islom dinidagi iqtisodiy qarashlar. Ibn Xaldun Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda
shakllana boshladi. Bu yerlarda pul, mehnat munosabatlari biroz
yengillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata
boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda davlat
asosiy va unumdor yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy
xo‘jaliklaming barcha ishlariga bemalol aralashish, yer solig‘ini yig'ish
huquqini yo‘qotgan emas. Shu sababli Sharqda «davlat feodalizmi»ning
turU shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o‘z aksini topdi.
Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g'oyalaming asosi
Qur’oni Karimda (arabcha qiroat, ya’ni o‘qish) aks etgan (VII-VIII
asrlar). VI asming oxiri-VII asming boshlarida Arabistonda feodal
munosabatlaming shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da’vat
kuchaydi. Bu harakat so‘nggi din -
islomda o‘z aksini topdi. Islom
ta’limoti payg‘ambarimiz
Muhammad alaybissaUomga Alloh taolo
tomonidan nozil qilingan
Qur’oni Karimda mujassamlashgan. Qur’oni
Karimdagi asosiy g'oyalardan biri barcha musulmonlaming qardoshligi
bo‘lib, halol mehnat, dehqon va hunarmandlar mehnati ulug'landi,
barcha boylik shu asosda paydo bo‘lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda
yozilishicha, Alloh taolo savdoga katta ahamiyat bergan, sudxo'rlikni,
ya’ni
ribo‘ (sudxo‘rlik foizi)ni harom qilgan, mulkning muqaddasligini,
birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilishni katta gunoh degan.
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo
halollik va to‘g‘rilikka buyuriladi va yolg'on ishlatish, o‘g‘rilik va mehnatsiz
daromad topish man qilinadi. Qarz olish va berish, merosni taqsimlash
(4-sura, 8-oyat ), yetim-yesirlarga muruwat, xayr-ehson qilish
(3- sura, 128-oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g'oyalar
hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi.
Islom huquqshunosligida foyda miqdori 10 foiz qilib belgilangan
(buni boshqa fikrlar bilan solishtiring).
Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri