3. Islom aqidalari bo‘yicha savdo foydasining eng yuqori foizi qancha?
4. Ibn Xoldunning bosh iqtisodiy asari qaysi va u qachon yozilgan?
Asardagi asosiy iqtisodiy g‘oyalami ta’riflab bering.
5. G‘arbiy Yevropada feodalizm davridagi iqtisodiy g'oyalaming asosiy
yo‘nalishlarini aytib bering.
6. Foma Akvinskiyning iqtisodiy ta’limotida qaysi masalalaiga asosiy
e’tibor berilgan?
7. Rossiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g‘oyalaming asosini nima tashkil
etadi?
8. Xayoliy (utopik) sotsializmning asoschilari kim?
Xususiy mulk
va pulga bo'lgan munosabat hamda yangi jamiyatning asosiy aqidalari
qanday?
9. «Qo‘ylar odamni yeb qo‘ydi» iborasining mazmuni nima, bu
ibora qachon va kim tomonidan aytilgan?
Ш b о b. 0 ‘RTA OSIYODAGI DASTLABKI VA
TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO‘LGAN
IQTISODIY G‘OYALAR
3.1. «Buyuk ipak yo‘li»mng Markaziy Osiyoda iqtisodiy
munosabatlar rivojlanishidagi o‘rni
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston,
Markaziy Osiyo, Yaqin
Sharq, Yevropa davlatlarini bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li — Buyuk
ipak yo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan, ipakeksport qilinganligi sababli
«Ipak yo'li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo‘l m.av. II asrdan to milo-
diy XV asrgacha, suv yo'llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy
Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda 0 ‘rta
Yer dengizi mamlakatlari
o‘itasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalaming rivojida muhim rol o‘ynagan.
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg‘oqlaridan Xuanxe
daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo‘l Lanchjou orqali
Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib,biri shimoli-g‘arbga
ikkinchisi janubi-sharqqa yo‘nalgan. Karvon yo‘lining umumiy uzunligi
12 ming chaqirim atrofida bo‘lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887-
yil ushbu yo‘nalishga ilkbor «Buyuk ipakyo‘li» degan nisbat beradi va
bu ibora muomalaga kiritiladi.
Shimoliy yo‘l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg'ar,
Dovon (Farg‘ona vodiysi)ga borgan. U yerdan So‘g‘dning
markazi
Samarqand va Maig‘iyona (Marv)ga yo‘nalgan. Ipakyo'li Faig'ona vodiysida
yana juft tarmoqqa bo‘lingan. Janubiy qismi 0 ‘zgandan 0 ‘sh, Quva,
Maig‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan.
Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o‘tib, Doqvohasi hamda
Toshkent tarafga engan. Demak, Qamchiq tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi
hisoblangan. Bu yo‘l mohiyat-e’tibori bilan Shaiq va G'arbni turli jabhalaida
bog‘lovchi yo‘ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyatva boshqalar).
Shu karvon yo‘l orqaU Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gazla-
malar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmat-
baho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg‘ona )dan
ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo'lning ahamiyati
ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mus-
taqillikka erishuvi tufayli, bu yo‘lni yanada jonlantirishga
katta ehtiyoj
tug'ildi. Xitoy, Qirg‘iziston, 0 ‘zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy den-
gizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan Yev-
ropa (Parij, Rotterdam)ga yetkazuvchi yo‘l loyihasi ishlab chiqildi va
amalga oshirilmoqda.
0 ‘rta Osiyoning Buyuk ipak yo‘li o‘mi va eksport potensialiga
e’tibomi qaratsak,
Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi 0 ‘zbekiston
hududiga qiziqish awaldan ma’lum va bu har tomonlama (siyosiy,
iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo‘lgan. Tarixiy va hozirgi ma’lumotlarga
ko‘ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o‘mi, qazilma
boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining
mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi,
kasb-hunarga mehr
qo‘yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar
hammani qiziqtiigan. Kitob yozish (hattotlar), miniatura san’ati yuqori
darajada bo‘lgan. Shu sababli kitob savdo-sotig‘i yetakchi o‘rinni egallagan.
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo'lganligi ma’lum.
Otlar xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, trans
port vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o‘ynash, kabilarga nihoyatda
qadrlangan va otlar eksportda yetakchi o‘rin egaUagan.
Qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirish va ipdan olinadigan mah
sulot asosiy o'rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik),
bog‘dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish
Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan,
uzum va beda yetishtirishni o‘rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako‘1 ten beradigan qo‘ylar parvarishi
muhimdir. Ulaming terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: