‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


səhifə32/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Abu All ibn Sino 
(980-1037) tomonidan nihoyatda katta ilmiy meros 
qoldirilgan, u yozgan asarlaming soni 280 dan ortiq. Shulardan 40 
dan ortig'i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 ri- 
sola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, teologiya, 
ahloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan. Lekin bizgacha 
uning faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Olimni hurmatlab, «Shayx 
ur-rais» deb ataganlar.
Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog'liq muhim 
g‘oyalar ilgari suriladi. Inson sog‘lig‘ining ichki va tashqi muhitga bevosita 
bog‘liqligi, ayniqsa, ovqatlanish, turmush sharoiti katta ahamiyat kasb 
etishi ko‘rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan kategoriya «ehtiyoj»ni 
ta’riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurol- 
larinining o'mini aniqlab beradi. Uning asarlarida «mehnat taqsimoti»ga 
katta e’tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik oshuvi va mahsulot 
sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. G'aibiy Yevropada faqat 1776-yilda 
Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi.
Ibn Sinoning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, 
odamlarga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak 
va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne’matlarini o‘zlashtirib 
oladi, odam esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim, turaijoy yara- 
tadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan 
shug‘ullanishi kerak».
Iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonun-qoidalariga amal qilib, 
inson o‘z baxtini o‘zi yarata oladi. Yaxshi xulq va iqtisodiyot o'rtasida 
bevosita bog'liqlik borligmi «Uy-joy tutish tadbiri» asarida ko‘rsatib beradi.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan 
ortiq asar yaratgan bo‘lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi 
to‘g‘risidagi g‘oya ilgari surilgan. Uning ko‘pgina fikr va qarashlari bugungi 
kun uchun ham ahamiyatini yo‘qotmagan.
Beruniyning kishilik ehtiyojlarining paydo bo‘lishi va uni qondirish 
asoslari, mehnat va hunarga munosabatlar uyg'unlashib ketadi. Uning 
fikriga ko‘ra, kishilar o‘z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun 
uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-


tuman va ko‘p bo‘lganligi uchun insonlar birlashgan holda turaijoy 
va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u 
davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb bilgan. Eng muhim 
g‘oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi 
va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi 
emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. 
«Har bir davming urf-odatlari o‘ziga xos bo‘ladi va inson ahli ularga 
rioya qil-mog‘i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo‘qolsa, tartib 
ham yo‘q bo‘ladi», - deb uqtiradi buyuk donishmand.
Beruniy og‘ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya’ni konda ishlovchilar, 
yer ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to‘g‘risida, ularga berilishi 
kerak bo‘lgan imtiyozlar va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng 
muloaza yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yer ostidagi kon ishlariga alohida 
e’tibor beriladi, yerosti konlarini mustahkamlash (falokatning oldini 
olish uchun), yerosti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqo- 
riga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Kon atrofida konchilar qishlog'ini Ьафо etish zarurligi ko‘rsatiladi.
Yerosti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, 
ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin