‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


səhifə33/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Yusuf Xos Hojib. 
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf 
Xos Hojib 1020-yili Qoraxoniylaming markaziy shaharlaridan biri 
Bolasog'unda tug‘ildi(olamdan o‘tgan yili noma’lum). Bo‘lajak 
mutafakkir o‘z davridagi barcha bilimlami, arab va forsiy tillar hamda 
undagi adabiyotlami puxta o'rganadi.
U 1069-1070-yillar orasida «Qutadg‘u bilig»(Qutga, ya’ni baxt- 
saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar 
hukmdori Tabg‘achxon Bug‘roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos 
Hojib» (eshik og'asi) degan martaba in’om etadi. Bu falsafiy didaktik 
asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga 
barham berish kabi ma’muriy-xo‘jalik hamda ma’rifat, obodonchilik, 
moddiy-ma’naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan 
boshqarish ishini o‘rganish, kasb-hunar egallash, xalq g‘amini yeyish 
haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari 
yetib kelgan. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan 
tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari 
bo‘yicha so‘z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda 
berilgan bu g‘oyalar o‘z davri uchun ham, hozirgi davr uchun ham 
nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa, iqtisodiyot masalalari bo‘yicha davlat va


raiyat munosabatlari sinchiklab o‘rganilgan. Asar 18 oy- bir yarim 
yilda yozib tugallangan (Bolasog'unda boshlangan va Qashqarda 
nihoyalangan) bo'lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tay- 
yorgarlik ko‘rilgan.
Xalq, raiyat (soliq to‘lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsa- 
ni kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini 
ko‘tarish yoki ushlab turish; 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta’min- 
lovchi qonunlami joriy etish va 3) yo‘llami o‘g‘ri-qaroqchilardan 
muhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‘lashni 
chiqargan farmon, qonunlarini bajarish hamda do‘stiga do‘st, dush- 
manga dushman bo‘lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko‘rinib turibdiki, 
bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‘zaro mutanosib bo‘lishi zarurligi 
g‘oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo‘lishi haqidagi g‘oya, aslini olganda inflatsiya 
muammosi bilan chambarchas bog‘liq, baholaming mo‘tadilligi ham 
ta’min etiladi. U, o‘z navbatida, inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomala- 
dagi valuta masalalariga borib taqaladi.
Shuningdek, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor 
beriladi. «Odamzod naslining ulug‘ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli 
ne-ne tugunlami yechishga qodir», - deb yozadi alloma.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin