Bu davr uchun Ibn Xaldunning iqtisodiy g'oyalari
nihoyatda
muhimdir, u o‘z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mehnat unum-
dorligi,
oddiy va murakkab mehnat, zaruriy va qo'shimcha mahsulot,
tovaming iste’mol qiymati va umuman, qiymatning farqini ta’riflab
berdi, ayiiboshlash tamoyilini (sarflangan mehnatning yarmi) to‘g‘ri
talqin etdi, sarflangan mehnat bilan birga shu tovaming odamlarga
zarurligi ham muhimligini ta’kidladi.
G'arbiy Yevropadagi feodal munosabatlar
nisbatan kech tarkib
topgan bo‘lsa ham, uning rivoji tezroq bo‘ldi. Dehqonchilik, umuman,
qishloq xo'jaligi ustun bo'lishiga qaramay, hunarmandchilikda sex tizimi,
keyinroq manufaktura vujudga keldi, mehnat taqsimoti, unumdorlik va
sifat masalalari (ayniqsa sexlarda), raqobat tamoyillari tarkib topdi.
Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda
ham dehqon mehnati
boylikning asosi ekanligi ko‘rsatiladi, natural renta miqdori 2 foiz
belgilanadi, tovar-pul munosabatlariga, ayniqsa, savdoga qarshi g‘oya-
lar ko‘p edi.
XIV-XV asrlarda G ‘arbiy Yevropada feodalizmning yemirilishi va ilk
kapitalistik munosabatlar shakllana boshladi. Bu jarayon kapitalning
dastlabki jamg‘arilishi jarayoni bilan bog'liq bo'ldi va ko‘p hollarda og‘ir
shaklda amalga oshdi. Ayniqsa, dehqonlami yerdan mahrum etish og‘ir
oqibatlaiga, ulaming katta qismini xonavayron bo‘lishiga olib keldi. Yangi
munosabatlar
yangi sinfning
buijuaziyaning manfaatiga mos edi,
ammo bu jarayon boshqalar hisobiga ro‘y berdi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: