‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Asosiy tushuncha va iboralar


səhifə29/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Asosiy tushuncha va iboralar
Islom, ribo‘, Ibn Xaldun, «Kitob-ul-ibar», «Русская правда», 
«Домострой», «beg‘araz sovg‘a», «Utopiya», «Oftob shahri», ilk xayoliy 
sotsializm, «qo‘ylar odamlami yeb qo‘ydi».
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Feodal yer egaligi davri qachon boshlangan va uning rivojlanish 
bosqichlari qaysi? Bu davrda bosh iqtisodiy g‘oya nimadan iborat 
bo‘lgan?
2. Islom dinida qanday iqtisodiy g‘oyalar qo‘llab-quwatlangan va 
qaysilari inkor etiladi, nega? Ribo‘ nima?


3. Islom aqidalari bo‘yicha savdo foydasining eng yuqori foizi qancha?
4. Ibn Xoldunning bosh iqtisodiy asari qaysi va u qachon yozilgan? 
Asardagi asosiy iqtisodiy g‘oyalami ta’riflab bering.
5. G‘arbiy Yevropada feodalizm davridagi iqtisodiy g'oyalaming asosiy 
yo‘nalishlarini aytib bering.
6. Foma Akvinskiyning iqtisodiy ta’limotida qaysi masalalaiga asosiy 
e’tibor berilgan?
7. Rossiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g‘oyalaming asosini nima tashkil 
etadi?
8. Xayoliy (utopik) sotsializmning asoschilari kim? Xususiy mulk 
va pulga bo'lgan munosabat hamda yangi jamiyatning asosiy aqidalari 
qanday?
9. «Qo‘ylar odamni yeb qo‘ydi» iborasining mazmuni nima, bu 
ibora qachon va kim tomonidan aytilgan?


Ш b о b. 0 ‘RTA OSIYODAGI DASTLABKI VA
TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO‘LGAN
IQTISODIY G‘OYALAR
3.1. «Buyuk ipak yo‘li»mng Markaziy Osiyoda iqtisodiy
munosabatlar rivojlanishidagi o‘rni
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin 
Sharq, Yevropa davlatlarini bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li — Buyuk 
ipak yo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan, ipakeksport qilinganligi sababli 
«Ipak yo'li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo‘l m.av. II asrdan to milo- 
diy XV asrgacha, suv yo'llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy 
Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda 0 ‘rta Yer dengizi mamlakatlari 
o‘itasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalaming rivojida muhim rol o‘ynagan.
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg‘oqlaridan Xuanxe 
daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo‘l Lanchjou orqali 
Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib,biri shimoli-g‘arbga 
ikkinchisi janubi-sharqqa yo‘nalgan. Karvon yo‘lining umumiy uzunligi 
12 ming chaqirim atrofida bo‘lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887- 
yil ushbu yo‘nalishga ilkbor «Buyuk ipakyo‘li» degan nisbat beradi va 
bu ibora muomalaga kiritiladi.
Shimoliy yo‘l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg'ar, 
Dovon (Farg‘ona vodiysi)ga borgan. U yerdan So‘g‘dning markazi 
Samarqand va Maig‘iyona (Marv)ga yo‘nalgan. Ipakyo'li Faig'ona vodiysida 
yana juft tarmoqqa bo‘lingan. Janubiy qismi 0 ‘zgandan 0 ‘sh, Quva, 
Maig‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. 
Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o‘tib, Doqvohasi hamda 
Toshkent tarafga engan. Demak, Qamchiq tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi 
hisoblangan. Bu yo‘l mohiyat-e’tibori bilan Shaiq va G'arbni turli jabhalaida 
bog‘lovchi yo‘ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyatva boshqalar).
Shu karvon yo‘l orqaU Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gazla- 
malar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmat- 
baho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg‘ona )dan 
ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo'lning ahamiyati


ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mus- 
taqillikka erishuvi tufayli, bu yo‘lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj 
tug'ildi. Xitoy, Qirg‘iziston, 0 ‘zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy den- 
gizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan Yev- 
ropa (Parij, Rotterdam)ga yetkazuvchi yo‘l loyihasi ishlab chiqildi va 
amalga oshirilmoqda.
0 ‘rta Osiyoning Buyuk ipak yo‘li o‘mi va eksport potensialiga 
e’tibomi qaratsak, Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi 0 ‘zbekiston 
hududiga qiziqish awaldan ma’lum va bu har tomonlama (siyosiy, 
iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo‘lgan. Tarixiy va hozirgi ma’lumotlarga 
ko‘ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o‘mi, qazilma 
boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining 
mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr 
qo‘yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar 
hammani qiziqtiigan. Kitob yozish (hattotlar), miniatura san’ati yuqori 
darajada bo‘lgan. Shu sababli kitob savdo-sotig‘i yetakchi o‘rinni egallagan.
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo'lganligi ma’lum. 
Otlar xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, trans­
port vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o‘ynash, kabilarga nihoyatda 
qadrlangan va otlar eksportda yetakchi o‘rin egaUagan.
Qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirish va ipdan olinadigan mah­
sulot asosiy o'rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), 
bog‘dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish 
Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, 
uzum va beda yetishtirishni o‘rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako‘1 ten beradigan qo‘ylar parvarishi 
muhimdir. Ulaming terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin