‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida


səhifə30/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

3.2. Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida
islom ta’limotidagi iqtisodiy g‘oyalar
Iqtisodiy munosabatlaming huquqiy asoslari islom ta’limotidagi 
fikhning tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshimiz Maig'inoniyning 
«Hidoya» asari shular jumlasidandir. Al-Marg‘iloniy 1123-yil 23- 
sentabrda tug'ilgan. Qur’onni, Hadis ilmlarini mukammal egallab, fikh
- islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bo‘lganligi 
va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin


valmilla (Islom dinining dalili) va Burhoniddin al-Maig‘inoniy nomlari 
bilan mashhurdir. Olim dastlabki ta’limni Marg'ilonda olib, keyinchalik 
Samarqandga ko‘chib boigan va umrining ohirigacha o‘sha yerda yashagan. 
Bizgacha uning o‘nga yaqin asari yetib kelgan. «Al-Hidoya» asari esa 
1178-yili Samarqandda yozilgan. Bu asar Hanafiya mazhabining fikh 
masalaiari bo‘yicha asosiy qo‘llanmaga aylangan. Keyinchalik esa butun 
musulmon olamiga mashhur bo‘iib, musulmon huquqi - fikh bo‘yicha 
eng aniq izchil mukammal asar sifatida tan olingan. «Al-Hidoya»ning 
birinchi kitobi to‘rt jilddan iborat bo lib, har bin alohida muammolami 
tahlil etadi. Bu kitob i994-yilda professor A.X. Saidovning izohi bilan 
nashr etilgan. Kitobning 3-jildida oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, 
qozilaming vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, 
da’vo, iqror bo‘lish, bulh, bir ishda pul bilan sherik bo'lish, pulni saq- 
lashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida chek- 
langan ozodlik berilgan qullar, valiylik, majbur qilish, homiylik, bos- 
qinchilik hususidagi masalalar yoritilgan.
3.3. Xalq og‘zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar
0 ‘zbek xalqi iqtisodiy tafakkurining rivojlanishining muhim 
manbalardan biri xalq og‘zaki ijodi namunalari hisoblanadi. Bu namu- 
nalar jumlasiga dostonlar, xalq maqollari va qo‘shiqlar kiradi. Tarixiy 
merosimizning noyob yodgorliklaridan biri Alpomish dostonidir. Bu 
doston shakllanganiga ming yildan ortiqroq bo‘lganligini dalillar 
tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham, Alpomish dostonining ming 
yilligi Respublikamizda 2000-yilda keng nishonlandi. Asaming badiiy 
ahamiyatidan tashqari, undagi iqtisodiy qarashlar ham muhim o‘rin 
tutadi. Alpomish dostonidagi iqtisodiy munosabatlar tarkibini 
quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Islom ta’limoti asosidagi iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlami 
negizini zakot va juzya toMovlari bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi. 
Ya’ni Qo‘ng‘irot elida hukmronlik qilgan Alpomishning otasi Boybo‘ri 
bilan uning akasi Boysaribiyning zakot to‘lovi bo‘yicha nizolardir.
2. Mehnat taqsimotining rivojlanganlik darajasi. Dostondan 
ko‘rinadiki, o‘sha davrga kelib chorvachilik tarmog‘i Qo‘ng‘irot elining 
ixtisoslashuvining ko'rsatkichidir.
3. Tovar-pul va moliya tizimi munosabatlari. Dostonda keltirilishicha, 
qo‘ng‘irotliliklaming tovar-pul munosabatlarida natura to ‘lovlari


ustuvorligi namoyon bo'ladi. Qaimiqlar davlatida esa daromad va 
xarajatlami tartibga solish muhrdor lavozimi orqali yuritiladi. Muhrdor 
daromad va xarajatlar bo'yicha hisob-kitoblar qilishda oqsoqollar 
tomonidan yig‘ib, topshiriladigan soliq va yig‘imlarga tayanadi. Bu 
mamlakatda 500 ta oqsoqollik lavozimi joriy etilgan. Ulaming maoshi 
to‘plangan soliqlardan bir qismini tashkil etadi. Sipohiylar uchun 
esa 500 pul birligi miqdorida maosh tayinlangan. Muomalada 
ishlatiladigan pul birliklari qo'shni mamlakatlarda zarb qilingan oltin 
va kumushlar ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin