raiyat munosabatlari sinchiklab o‘rganilgan. Asar 18
oy- bir yarim
yilda yozib tugallangan (Bolasog'unda boshlangan va Qashqarda
nihoyalangan) bo'lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tay-
yorgarlik ko‘rilgan.
Xalq, raiyat (soliq to‘lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsa-
ni kutadi,
deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini
ko‘tarish yoki ushlab turish; 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta’min-
lovchi qonunlami joriy etish va 3) yo‘llami o‘g‘ri-qaroqchilardan
muhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‘lashni
chiqargan farmon, qonunlarini bajarish hamda do‘stiga do‘st, dush-
manga dushman bo‘lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko‘rinib turibdiki,
bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‘zaro mutanosib bo‘lishi zarurligi
g‘oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo‘lishi haqidagi g‘oya,
aslini olganda inflatsiya
muammosi bilan chambarchas bog‘liq, baholaming mo‘tadilligi ham
ta’min etiladi. U, o‘z navbatida, inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomala-
dagi valuta masalalariga borib taqaladi.
Shuningdek, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor
beriladi. «Odamzod naslining ulug‘ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli
ne-ne tugunlami yechishga qodir», - deb yozadi alloma.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: