‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Avreliy Avgustin Bl^jenniy


səhifə18/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Avreliy
Avgustin Bl^jenniy 
(353-430) asarlarida ham berilgan. U hammaning 
mehnat qilishi zarurligini, «ishlamagan tishlamaydi» (avliyo Pavelning 
fikri) g'oyasini ilgari surdi (sotsializmning asosiy tamoyilini eslang), 
dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, 
naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliy mehnatni jismoniy 
mehnat kabi baholash muhim edi.
Qisqacha xulosalar
Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar insoniyatning paydo bo‘lishi bilan 
shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.av. 2-mingyillikka to‘g‘ri 
kelib, ko'proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo‘jalik faoliyatini aks ettiradi. 
Antik dunyoga ma’lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish,


abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim 
iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi.
Qullikka asoslangan natural xo'jalik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi qo‘llab- 
quwatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb hisoblangan 
Hindistonda «buyumning qiymati»ni «ish kunlari» bilan belgilab, 
mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o‘rtasidagi farq 
aytilgan, foyda masalasi ko'tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning 
iqtisodga aralashuvi qo'llab-quwatlangan.
Xitoydagi iqtisodiy g‘oyalar ancha rivojlangan bo‘Ub, tabiiy huquq 
nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, 
xalq boyligi va hukmdorlar mulki o'rtasidagi bog‘lanish, iqtisod va 
qonun masalalariga tegib o'tiladi.
Agar Osiyoda quldorlik ko‘proq patriarxal shaklda bo‘lsa, antik dunyoda 
u klassik ravishda ro‘y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik 
xo‘jaligi qo'llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo‘rlik ham qo'llab- 
quwatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg'arish) 
fiinksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, boylik 
jamg‘arish zararli deb hisoblangan. «Ekonomika», «Xrematistika» 
tushunchalari kiritilgan, ular bir-biriga qarshi qo‘yilgan, qiymat 
kategoriyasi, tovarlaming almashuv tamoyillari (ilk yo‘nalish) keltirilgan, 
ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan.
Rimda quldorlik yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi 
(Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro‘y bergan). Qulchilikka 
munosabat o'zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo‘lib qoldi, 
dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo va sudxo‘rlik faoliyati 
qo‘llandi (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‘tish jarayoni, islohotlar 
(Grakxlar) yo'li boshlandi.
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato 
ravishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan.
Qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy 
g‘oyalarda natural xo'jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin