chiqdilar. Shu bilan birga, olim va arxeolog bo'lgan Varron
«Qishloq
xo'jaligi to'grisida»
degan kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o‘rin
beradi, qishloqdan shaharga intilganlami qoralaydi.
U dehqonchilik
bilan chorvachilikni biiga rivojlantirishni ma’qul deb biladi. Varron
ular o'rtasidagi
«buyuk ittifoq»
tarafdori edi. Buning asosiy sababi
shundaki, Italiyada
don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foydasi
esa ancha yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga,
Varronning fikricha, har
bir xo‘jalik o‘z-o‘zini ta’minlashi kerak, u bozor munosabatlariga
kam e’tibor qilgan, qullar ekspluatatsiyasi tarafdori bo‘lgan va ulami
«gapiruvchi qurollar»
deb bilgan. U qullaming siyosiy jihatdan xavfli
ekanligini tushungan va bir millatga tegishli qullami ko‘p saqlamaslik
kerak deb tavsiya etgan (chunki birlashib harakat qilishlari oson).
Kolumella o‘zining qishloq xo‘jaligiga
oid yirik asarida qullar
mehnatining samarasi pastligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, qullar
yemi
yaxshi ishlamaydUar, yer yuqori hosil berishi uchun qayg'ur-
maydilar. U erkin mayda ishlab chiqaruvchilaming mehnati qullami-
kidan yuqori bo'lishini isbotlab berdi, yirik quldorlik latifundiyalariga
nisbatan mayda dehqonchilikni afzal deb hisobladi. Bu davrda yirik
latifundiyalaming inqirozi aniq bo‘lib qoldi, rivojlanish faqat ekstensiv
yo‘l bilan bordi, ya’ni hosil qo'shimcha yer hisobigagina oshdi. Qullar
imkoni boricha yemi ishlamaslikka intilgan.
Kolumella bunday yerlami
erkin kolonlaiga bo‘lib berish yaxshiroq samara beradi, degan to‘g‘ri
xulosaga keldi. Uningcha, mayda ishlab chiqarishga o‘tish kerak edi
(hozirgi davrga solishtirib ko‘ring).
Yüklə
Dostları ilə paylaş: