Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlaming ajralib
chiqishi o'rtasidagi aloqadorlik to‘g‘risidagi fikrini o'sha
davr uchun
buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo Aflotun qulchilikka
asoslangan natural xo'jalikni himoya qildi,
pul funksiyasini muomala
doirasidagina deb bilishga harakat qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning
bosh sababchisi deb bildi. U sudxo‘rlik operasiyalarini inkor etdi va
baholami me’yorda saqlash yo‘li bilan savdogarlaming foydasini
chegaralashni talab qildi. Aflotun qullami
fuqarolar deb tan olmadi va
ulami biror toifaga kiritmadi (demak, ular mulk egasi bo'lishi mumkin
emas). Qullar mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-
toifa ahlining cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirishlari
kerak edi. Shunday qilib, Aflotun o‘zining ideal, ya’ni bekam-u ko‘st
davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi.
Aristotel
(Arastu). Aristotel qadimgi Gretsiyadagi quldorlaming eng
yirik mafkurachisi edi. Uni jahongir
Iskandar Zulqamaytmng
taibiyachisi
va o'qituvchisi ekanligini alohida ta’kidlab o'tmoqchimiz. Awal
Makedoniyada yashagan olim, keyin Afmaga ko‘chib o‘tgan.
Olimning
iqtisodiy g'oyalari
Yüklə
Dostları ilə paylaş: