olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo‘lishi mumkin).
Chet ellik savdogarlami esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar
sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu
siyosat nazorat kuchli bo'lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalaming
rivojini susaytirgan.
Taniqli iqtisodchi N.D. Kondratevning fikricha, merkantilistlaming
iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo‘lib, xalq xo‘jaligi qanday bo'lishi
kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiy
maqsaddir.
Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta’riflash mumkin:
iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha
nodir metallami (oltin, kumush, javohir, zar va durlami) ko‘proq
to‘plash; nazariya va ta’limotda: savdo, pul aylanmasi, ya’ni muomala
sohasida iqtisodiy qonuniyatlami izlab topish.
«Insonlar metall uchun
qurbon b&lmoqda»,
ya’ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat
rivojiga hamohang bo'lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy
qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo‘ldi.
Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib
olish (bu hodisa 0 ‘zbekistonda ham hozirgi davr o'zgarishlarida uchrab
turadi). Sotib olish va sotish farqi esa sariq
metall shaklida namoyon
bo'ladi. Farq, ya’ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo‘li
bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o'ylanmaydi.
Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm
amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlaming tabiiy huquqlarini
ta’minlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va
xavfsizlik bor. Bu ta’limotning ijtimoiy ma’nosi shuki, davlat yangi
jamiyat boyligi o'sishini ta’minlovchi sharoitni yaratishi va qo‘llashi
shart edi. Iqtisodiy ta’limotlaming tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik
merkantilizmdan klassik iqtisodiy maktabga ham o‘tdi. Lekin bu aloqa
mazmuni keyingi davrda ancha o‘zgardi (Fransiyadagi
fiziokratizm,
Angliyadagi Smit), chunki bu davrda buijuaziya davlat homiyligiga
unchalik muhtoj emas edi, hatto u davlatning imkoni boricha
iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo'lgan.
M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining yetakchi
tamoyillari quyidagilar: l)oltin va boshqa qimmatbaho metallarga boy-
likning asosi
sifatida qaraladi; 2) mamlakatga oltin va kumushlaming
oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3)
arzon xomashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni qo'llab-quwatlash;
4) import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori)
tariflar; 5) eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag'batlan-
tirish; 6) ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi
sonining o'sishi. Shak-shubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti
sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g‘oyasining
yuragi edi.
Ulaming mohiyati quyidagilardan iborat:
• Tahlil predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasi
muammolarini o'rganish
afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish
muammolari bilan bog‘lab o‘rganish butunlay inkor etiladi;
• Tahlil uslubi sifatida, asosan, empirizm (tajriba)dan foydalaniladi,
bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko‘rinishlarigina ta’riflanib,
iqtisodiyotning barcha sohalarini o‘z ichiga olgan ma’lum tizim asosida
tahlil etish istisno etiladi;
• Pulning kashf etilishi insonlaming sun’iy kashfiyoti oqibati deb
hisoblanadi, pulning o‘zi esa aynan boylik deb qaraladi;
• Pul qiymati kelib chiqishini oltin va kumushning «obyektiv (jonli)
tabiati»dan va ulaming mamlakatdagi miqdori bilan belgUanadi;
• Mehnatga taklifning o‘sislii ish haqining yuqori emas, past bo‘lish
zarurati bilan bog‘lanadi;
• Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o‘sishga mamlakat pul
boyligining ko‘payish
oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va
savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
Manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon,
ko‘p va sifatli xomashyo hisobiga ro‘y berdi, tayyor mollar esa o‘sha
va boshqa mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan.
Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada
Angliya yuksak yutuqlami qo‘lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb
olsak, u o'zidan 120 marta katta bo'lgan yemi koloniyaga aylantirgan
va undan ustalik bilan foydalangan.
Demak, merkantilizm bo'yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha
pul ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini
davlat hokimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm
buyuk geografik kashfiyotlardan oldinroq paydo bo‘ldi va XVI asming
o'rtalarigacha (asosiy oltinlar yig‘ib olinguncha) yashadi.
Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada
Yüklə
Dostları ilə paylaş: