etildi, demak, hali ulami amalga oshirish
uchun kerakli shart-
sharoitlar mavjud emas edi.
1778-yili A.Tyurgo amerikalik do‘sti Franklinga atab o‘zining so‘nggi
iqtisodiy asari bo‘lgan «Soliqlar to‘g‘risidagi esdaliklar»ini yozadi.
Olimning zamondoshi E.Kondilyak (1715-1780) tomonidan 1776-
yilda qimmatga oid subyektiv qarash ilgari surildi. Uning fikricha, qimmat
bu buyumda emas, balki unga biz berayotgan bahoga bog‘liq. Bu baho
esa bizning talab - ehtiyojlarimizga bog‘liq: baho ana shu talabga qarab
yo ortadi, yo pasayadi. Narsalaming qimmati uning noyobligi bilan
oshadi va mo‘lligi bilan pasayadi. Deyarli 100 yil awal aytilgan bu g‘oya
XIX asr 70-yilJarida maijinalistlar tomonidan isbotlandi.
Iqtisodchilar
butun asr davomida qiymatning insonlar xohishidan qat’iy nazar,
substansiyasi (obyektiv asosi) nimada degan savolga javob izladilar. Bu
kashfiyot fiziokratlaming savdo (almashuv) sohasida boylik yaratilmaydi,
chunki almashuvda teng qiymatlar almashadi degan g'oyalarini chip-
pakka chiqardi. Aksincha, bozoiga o'ziga kerakmas buyum bilan kelgan
xaridor o'ziga ko‘proq foydali boylikni olib qaytadi.
7.4. Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri
ASmit o‘z vaqtida: «Fiziokratizm tizimi qanchalik nomukammal
bo'lmasin, shu davigacha chop etilgan iqtisodiy g‘oyalar ichida haqiqatga
eng yaqini edi», - deb aytgan. Bu ta’limotning
merkantilizmni inkor
qilishi, mehnat bilan yer boylikning asosi ekanligini tan olishi, savdo-
sotiqda bojxona cheklovlarini olib tashlashni taklif etishi nihoyatda
muhimdir. Fiziokratlar boylik tezisi to‘g‘risida fikr yuritib, boylik jamiyat
mehnati bilan har yili yaratiladigan iste’mol qiymatlaridir, deydilar.
Bu tezis ham A.Smit tomonidan qabul qilingan. Ishlab chiqarish va
taqsimot jarayoniga
xos umumiy m ehnat doktrinasi, ishlab
chiqarishning takroriyligiga alohida urg‘u berilishi katta yutuq
hisoblanadi. Kapital va uning ikki qismga ajratilishi (asosiy va aylanma),
takror
ishlab chiqarish, erkin sohibkorlik to‘g‘risidagi g'oyalar,
jamiyatning sinflaiga ajratilishi iqtisodiy ta’limotlaming rivojida keyingi
muhim qadamdir. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof
bozor munosabatlarining unsurlarini, asosan, to‘g‘ri hal etib berdilar.
Ulaming mehnat bilan birga yemi boylik
asosi deb qabul qilinishida
davr ta’siri kuchlidir. Chunki mamlakatdagi asosiy sinf dehqonlar
bo'lib, asosiy boylik qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan edi.
F.Kene misolida uch sektor o‘rtasidagi munosabatlar keltirilgan.
Amalda, ayniqsa, hozirgi davrda esa bu sektorlar miqdori xiyla ko‘p
bo'lib, ular o‘rtasidagi aloqalar V.Leontevning «xarajatlar - chiqarish»
tizimida N ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Ko'rinib turibdiki, bu
g'oyaning kurtaklari flziokratlaming asarlarida ko‘ringan. Hozirgi davrda
bu tarmoqlararo balans deb yuritiladi
va u makroekonomik tahlilda,
umuman, iqtisodiyotda muhim ahamiyatga egadir. 0 ‘sha paytda bo'lajak
iqtisodiy modellaming asoslari vujudga kelgan edi. Bu g‘oya klassik iqtisodiy
maktab ta’limoti zanjirining muhim ajralmas qismi sifatida muhim o‘rin
egallaydi. Shu bilan birga, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtayi
nazaridan fiziokratizm g‘oyalari o‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va o'tkinchi
xarakterga ega bo‘ldi, chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi
o‘zgarishlar nisbatan mukammal g‘oyalar ishlab
chiqilishi zarurligini
taqozo etdi va bu amalda ro‘y berdi. Ayniqsa, boylikning asosi (sof
mahsulot) faqat qishloq xo‘jaligi sohasi bilan chambarchas bog'liq qilib
cheklab qo‘yilganligi to‘g‘risidagi xato tez namoyon bo'lib qoldi, sanoat
inqilobi natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlar tufayU fiziokratizm g'oyalari
unutilayozdi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: