«Iqtisodiy jadval»da takroriy ishlab chiqarishni
tahlil qilish asosida
olingan muhim qisqacha ilmiy xulosalar shundaki, unda ayrim-ayrim
oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmasdan, ko'plab individual aktlar sinflar
o‘rtasidagi muomalaga birlashtirilgan. Ana shu sinflar o‘rtasidagi muomala
F.Kene tadqiqotining predmeti edi. Olim ayianish (muomala)ni takror
ishlab chiqarish jarayonining shakli sifatida,
pul muomalasini esa
kapitalning ayianish momenti sifatidagina qarab chiqishga uringan. F.
Kene iqtisodiyot tarixida birinchi b o 'lib m akroekonom ik
modellashtirishni amalga oshirgan edi.
F.Kenening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi.
Fransuz
iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo bo‘lganidan
buyon asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanishiga
ko'mak bergan:
1) yozuv;
2) tanga;
3) «Iqtisodiy jadval».
F.Kene ta’limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to‘g‘-
risidagi g‘oyada izchillik va ilmiylik yo‘q. Sanoatchilar («unumsiz sinf»)
ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etilgan (chunki mahsulotning
hammasi sotib yuboriladi) va ularda
ishlab chiqarishni qaytadan
boshlash imkoniyati yo‘q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga
ega). Ammo F.Kenening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta
natural, ya’ni tovar va pul holidagi moddiy ne’matlaming makro
ekonomik zanjiridir. Undagi g‘oyalar bo‘lajak iqtisodiy modellaming
kurtagi bo‘lib qoldi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: