Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги


Axborot xavfsizligi fani bo‘yicha



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/119
tarix07.06.2022
ölçüsü1,66 Mb.
#60848
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   119
¡çáåêèñòîí àëî à âà àõáîðîòëàøòèðèø àãåíòëèãè

Axborot xavfsizligi fani bo‘yicha: 
Axborot xavfsizligi va milliy xavfsizlik tushunchasi. Xavfsizlik siyosati. Axborot 
xavfsizligi arxitektrurasi va strategiyasi. Axborot xavfsizligiga tahdidlar va ularning 
tahlili. Axborot xavfsizligining zaifliklari. Axborot maxfiyligini, yaxlitligini va 
foydalanuvchanligini buzish usullari. Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro va milliy 
standartlar. Axborot xavfsizligiga oid normativ hujjatlar. Axborot xavfsizligini 
buzuvchining modeli. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida xavfsizlik modellari, Bella va 
La-Padula modeli, Dening modeli. Xavfsizlikning mandartli, rolli, diskresion modellari. 
Axborotni himoyalashning kriptografik usullari. Klassik shifrlar va ularning tasnifi. 
Simmetrik va ochiq kalitli shifrlash usullari. RSA algoritmi. Elektron raqamli imzo va 
uning vazifasi. Identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya tushunchalari. Parolga 
asoslangan va tokenga asoslangan autentifikatsiya usuli. Biometrik parametrlarga 
asoslangan autentifikatsiya usuli. Kompyuter virusi va uning klassifikatsiyasi. 
Kompyuter viruslarini tarqalish usullari va ularni oldini olish usullari. Tarmoqlararo 
ekran va uning asosiy vazifasi. Tarmoqlararo ekran turlari va ulardan foydalanish tartibi. 
Virtual himoyalangan tarmoq (VPN) va uning asosiy vazifasi. VPNni qurish konsepsiyasi 
va ko‘rinishlari, VPNni turkumlanishi. Simsiz aloqa tarmoqlari va ularning turlari. Simsiz 
tarmoq tuzilmasi va simsiz tarmoq xavfsizlik protokollari. Simsiz qurilmalar xavfsizligi 
muammolari. Operatsion tizim va uning arxitekturasi. Operatsion tizimda mavjud 
xavfsizlik muammolari va ularni oldini olish usullari. Axborotni himoyalashda dasturiy 
himoya vositalarining o‘rni. Axborotni sirqib chiqish kanallari va ularning 
turkumlanishi. Axborotni sirqib chiqishini aniqlash usullari va vositalari. Ob’ektlarni 
injiner-texnik himoyalash.
Kriptografiya usullari fani bo‘yicha: 
Axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni. Kriptografiyaning asosiy 
tushunchalari. Kriptografiyaning fan sifatida shakllanishi. Kriptografiya va kriptotahlil 
fan sohasi. Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari.


Ma’lumotlarni 
muxofaza 
qilish 
qoidalarini 
buzuvchining 
maqsadi. 
Kriptotizimlarga qo‘yiladigan talablar. Kerkxofs prinsipi. Kriptografik bardoshlilik. 
Shennon tamoiliga ko‘ra kriptografik tizimlarning bardoshligi. So‘zsiz bardoshlik. 
Ishonarli, isbotlanarli va faraz bo‘yicha bardoshlilik.
Kriptografiyaning matematik asosi. Modul arifmetikasi. Galua maydoni va unda 
amallarni bajarish. Elliptik egri chiziqlarda nuqtalar ustida amallar. Sonni teskarisini 
hisoblashda Evklidning kengaytirilgan algoritmidan foydalanish.
Shifrlash algoritmlarining klassifikatsiyasi. O‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish 
shifrlari. Enigma mashinasi va uning bardoshligi tahlili. Bir va ko‘p alifboli o‘rniga 
qo‘yish shifrlari. 
Simmetrik shifrlarning turlari. Simmetrik blokli va oqimli shifrlash usullari. 
Feystel tarmog‘i, Lai-Messey tarmog‘i va o‘rniga qo‘yish-o‘rin almashtirish asosida 
blokli simmetrik shifrlarni qurish. Simmetrik blokli shifrlarning shifrlash rejimlari. DES, 
Camellia, AES, GOST R 28147-89, O‘z DSt 1105-2009 va Blowfish shifrlash 
algoritmlari yordamida ma’lumotni shifrlash va ularning matematik asosi. 
Oqimli shifrlarni qurish usullari. Psevdotasodifiy va tasodifiy sonlar generatori. 
RC4, A5/1 algoritmlari. Oqimli shifrlardan foydalanish sohalari.
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari va ular foydalangan matematik muammo 
turlari. RSA algoritmi. El-Gamal algoritmi. Ochiq kalitli shifrlardan ma’lumotlarni 
shifrlashdagi afzallik va kamchiliklar. Gamomorfik shifrlash, shifrlash sxemalari va 
uning qo‘llanilishi.
Ma’lumotni butunligini ta’minlash usullari. Xesh funksiyalar va ularning turlari. 
Kalitli va kalitsiz xesh funksiyalar. CRC (Cyclic redundancy check) tizimlari. MD5, Sh1, 
O‘z DSt 1106:2009 xesh funksiyasi, ularning matematik asosi, ma’lumotga to‘ldiruvchi 
bitlarni qo‘shish tartibi. Xesh funksiyalarda kolliziya hodisasi. Ma’lumotlarni butunligi 
va maxfiyligini ta’minlash usullari. Ma’lumotlarni autentifikatsiyalash kodlari (MAC). 
HMAC algoritmi. Elektron raqamli imzo (ERI) algoritmlari va uning vazifasi. Rad etish, 
modifikatsiyalash, soxtalashtirish, niqoblash tahdidlari. ERIni shakllantirish va tekshirish 
tartibi. RSA va El-Gamalga asoslangan ERI algoritmlari. DSA, GOST R 34.10-94, EC 
DSA, GOST R 34.10-2001 va O‘z DSt 1092:2009 standartlari.
Kriptografik kalitlarni boshqarish. Kalitlarni ochiq taqsimlash protokoli (Diffi-
Xelman). Nidxem-Shryoder, Kerberos protokoli.
Tasodifiy sonlarni generatsiyalash usullari va vositalari. Tub son va uni 
generatsiyalash usullari. Zamonaviy kriptografik protokollar: SSL, IPSec, SSh, ularning 
vazifasi, foydalanilgan algoritmlar va bardoshligi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin