O'quv-uslubiy majmuaning dolzarbligi: “kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko'rsatib o'tilgan talaba-yoshlarning umumiy pedagogik bilimlarini, duneqarashini boyitish, ularda jamoadagi tarbiya muhitini shakllantirish, yoshlarni kasbiy malaka va pedagogik mahoratini kuchaytirish, pedagogikaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
O'quv-uslubiy majmuaning maqsad va vazifalari:respublikamizda komil insonni voyaga etkazishning bir butun holatdagi muammolarini hal qilish, bo'lg'usi mutaxassislarni hozirgi zamon pedagogika fanining nazariy asoslari bilan qurollantirish, “kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish sharoitida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda ta'lim samaradorligini oshirish uchun ularda zarur ko'nikmalarni hosil qilish, “ta'limning pedagogik qonuniyatlari hamda tamoyillari”ga mos holda tegishli qarorlar qabul qilish, forobiy, beruniy, ibn sino, yusuf xos hojib, alisher navoiy, abdulla avloniy, yan amos komenskiy, qd.ushinskiy va boshqa mutafakkirlarning ta'limiy-axloqiy, umumbashariy qadriyatlari, “qur'oni karim” va “hadisi sharif”dagi umuminsoniy va ma'naviy-axloqiy tamoyillarni o'rganish, rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ta'lim-tarbiya, ta'lim tizimlari hamda ta'limni boshqaruv jarayoniga doir eng ilg'or tajribalarni chuqurroq o'rgatish va amaliyotda qo'llashni tashkil etishdan iboratdir.
O'quv-uslubiy majmuaning yaratishning nazariy asoslari va davlat talablari: ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, ilmiy-nazariy asoslari, pedagogika nazariyasi tushunchasi, uning kategoriya va prinsiplari; o'quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo'yilgan zamonaviy talablar, ta'lim oluvchilar shaxsi omilllari, uning shakllanish taraqqiyoti, yagona o'quv-tarbiya jarayonini realizasiya va shakllantirishning asoslari va shakllari, tarbiya jarayonining qonuniyatlari va prinsiplari; ilg'or pedagogik texnologiya asoslarini tadqiq etishdir.
O'quv uslubiy majmuaning ilmiy ahamiyati: oliy o'quv yurtlarda, jumladan, texnika oliy o'quv yurtlarida kadrlar tayyorlashda «Mutaxassislikka kirish» fani ma'ruza matnlari o'rganildi. Ta'limni shakllantirish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish uslublari aniqlandi va «umumiy pedagogika» masalalarga bag'ishlangan namunalar ishlab chiqildi.