O'quv uslubiy majmuaning amaliy ahamiyati: texnika oliy o'quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlashning pedagogik asoslari bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari pedagogik fanlarni o'qitish jarayonida o'qituvchilar uchun metodik qo'llanma sifatida xizmat qilishi mumkin.
Fanlararo bog'liqligi: pedagogika fani – falsafa, iqtisod, o'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, sosiologiya, psixologiya, huquqshunoslik, mantiq, etika va estetika, ma'naviyat asoslari, o'zbekiston tarixi, jahon xalqlar tarixi, arxeologiya, etnografiya, etnomadaniyat, etnopedagogika, o'quv fanlarini o'qitish metodikasi, maktab gigienasi va fiziologiyasi kabi fanlar bilan uzviy aloqada o'rganiladi.
Fan bo'yicha dts talablari:
«oliy ta'limning davlat ta'lim standarti. Asosiy qoidalar» (bundan keyin ot dts deb ataladi):
Kadrlar tayyorlash sifatiga, ta'lim mazmuniga qo'yiladigan umumiy talablarni;
Ta'lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va etarli bilim darajasi hamda oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilariga qo'yiladigan umumiy malakaviy talablarni;
O'quv yuklamasining hajmini;
Ta'lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibotlari hamda mexanizmini belgilaydi.
Ot dts o'quv jarayonini, ta'lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o'quv qo'llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar (bakalavriat yo'nalishlari, magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalari, o'quv fanlari dasturlari va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi.
Umumkasbiy fanlari mazmuniga qo'yiladigan umumiy talablar:
O'kuvchi shaxsining taraqqiyoti va tarbiyasi. Ta'lim va tarbiyaning ob'ekti va sub'ekti. Fanlar tizimida pedagogakaning o'rni va ahamiyati, uning ilmiy-tadqiqot metodlari. O'rta osiyo donishmandlarining pedagogik qarashlari. Ta'lim va tarbiyaning qonuniyatlari, tamoyillari. Pedagogik jarayonda umuminsoniy va milliy qadriyatlardan foydalanish.
Didaktika ta'lim nazariyasidir. O'qitishning qonuniyatlari, prinsiplari, uning tashkiliy shakllari: dars, leksiya, amaliy mashg'ulotlar, seminarlar va boshqalar. O'qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalar. O'quvchilar faoliyatini jonlantirish metodlari. Reyting-nazorat tizimi.
Tarbiya nazariyasi. Tarbiya metodlari, prinsiplari. Tarbiya mazmuni va shakli; fuqaroni tarbiyalash, ilmiy dunyoqarash, iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, shaxsning axloqiy sifatlarini tarbiyalash, huquqiy va mehnat tarbiyasi va hokazo. Odob va o'qituvchining pedagogik mahorati. Oila va oiladagi tarbiya.
Pedagogika tarixi. Ta'lim tarixi va pedagogik ta'limot. Har tomonlama taraqqiy etgan insonni tarbiyalash g'oyasining paydo bo'lishi. Ta'lim mazmuni va shakli tarixi. O'zbekiston respublikasidagi pedagogikaning o'ziga xos tarixga ega ekanligi. O'rta osiyo va sharq pedagogikasi tarixi. YEvropa pedagogakasi tarixi. Rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi.
Ot dtsga kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichlarini amalga oshirish jarayonida, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining istiqbollari, jamiyat ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya va madaniyat yutuqlari, kadrlar tayyorlash borasida jahon tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatishlar va qo'shimchalar kiritilishi mumkin.
O'zbekiston respublikasining “ta'lim to'g'risida”gi qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish hamda uzluksiz ta'lim tizimini yaratish jarayonida o'quv reja va dasturlarini davlat ta'lim standartlari asosida ishlab chiqish, o'quv jarayoniga tadbiq etilishini ta'minlash asosiy vazifalarimizdan biridir.
davlat ta'lim standartlari talablarini oliy o'quv yurtlari, kollejlar, akademik liseylarda faoliyat ko'rsatayotgan barcha o'qituvchilar mukammal bilishlari shart. Ushbu “Mutaxassislikka kirish” fani bo'yicha o'quv-uslubiy majmua” davlat ta'lim standartlari asosida tayyorlashga harakat qildindi.
Dostları ilə paylaş: |