Kirish
5350300 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va
menejment bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklar bo‘yicha
magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy
talablar Davlat ta’lim standartida keltirilgan.
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment”
ta’lim yunalishida tahsil olishdan asosiy maqsad talabalarga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasi iqtisodiyoti va boshqaruvi asoslarini
makro va mikroiqtisodiy
darajada o‘rgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo‘lishlari
hamda olingan bilimlari asosida o‘qitish va ilmiy izlanishlarni davom ettirishlarini
ta’minlashdan iborat.
5A234101 – Raqamli iqtisodiyot mutaxassisligi dasturining vazifasi quyidagilardan
iborat:
mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
boshqaruv faoliyatida amaliy masalalarini yechish uchun yangi usul va uslublarni
qo‘llashi;
ilmiy-iqtisodiy hisobotlar va tushuntirish xatlarini ishlab chiqishi;
o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish,
referatlar va bibliografiyalarni tuzishi;
bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va
amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash;
– ilmiy muammolarni hal etishda boshqaruvning
tizimli yondoshuvidan
foydalanilgan holda tadqiqotning ilg‘or uslublarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarish loyihalarni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini
rejalashtirish, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni tahlil qilish, loyiha komandasini
boshqarish;
korxonalarni rivojlantirish rejalarini va bashorat qilish
usullarini bilishi va
mexanizmlarini ishlab chiqish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxonalar bo‘linmalarining
iqtisodiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxonalarini
rivojlantirish
bo‘yicha qisqa muddatli bashoratlar ishlab chiqish;
mutaxassislik bo‘yicha boshqaruv tizimlari sohasida mavjud holatni tahlil qilish;
magistr ixtisosligiga mos mavzulardagi loyihalarni ekspertiza qilish bo‘yicha
ekspert guruhlarida ishtirokchi sifatida qatnashish;
ixtisoslikka mos mavzu bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.
Dastur
ijtimoiy – gumanitar, umumiqtisodiy, tabiiy va matematik fanlar bilan uzviy
aloqador bo‘lib, bu fanlar talabalarning shu sohada olayotgan bilimlarini chuqurroq
o‘zlashtirishga yordam beradi.
5A234101 – Raqamli iqtisodiyot mutaxassisligi
bo‘yicha
magistraturaga
kiruvchilar, umumiy tarzda quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak:
mamlakatimiz rivojlanishiga oid bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy
ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
Axborot texnologiyalarini o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llay olishi, axborotlarni
yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish, kasb faoliyatida mustaqil qarorlar
chiqara olishi;
dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi; gumanitar va
ijtimoiy-iqtisodiy
fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi,
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
kasb faoliyatida qarorlarni qabul qilish axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash,
bashorat qila olish.
Dostları ilə paylaş: