KIRISH
5350100-Telekommunikatsiya
texnologiyalari
(“Telekommunikatsiyalar”,
“Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan, texnika,
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u kasbiy faoliyatining
sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv
organlarida telekommunikatsiya, teleradioeshittirish va mobil tarmoqlarni loyihalash,
boshqarish, optik va simsiz ma’lumot uzatish tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, optik va
radiotarmoq strukturasini, topologiyasini tuzish va takomillashtirish bilan bog‘liq
kompleks masalalarni yechish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq
ilmiy-tadqiqot
institutlari,
ilmiy-tadqiqot
markazlari,
ilmiy-ishlab
chiqarish
birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - bozor iqtisodiyoti
sharoitida qaror qabul qilishning zamonaviy usullaridan foydalana olishini, zamonaviy
teleradioeshittirish tizimlar va tarmoqlarida bilan ishlashini; mutaxassislikni ilmiy
muammolarini yechishda qaror qabul qilish yoki shu bilan birga bilimlar bazasini
yaratish va uni o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llashini; zamonaviy telekommunikatsiya
tizimlari va tarmoq protokollarini qo‘llashni; ilm fanning zamonaviy yutuqlari, texnika va
texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishini aniqlab berishdan iboratdir.
5350100
-
Telekommunikatsiya
texnologiyalari
(Telekommunikatsiyalar,
Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar) 5A350901 - Mobil aloqa tizimlari, 5A350903 -
Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari magistratura mutaxassisliklariga kiruvchi talabalar
uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 3 ta: “Teleradioeshittirishda uzatish va
qabul qilish qurilmalari”, “TELEVIDENIE”, “Axborotlarni uzatish muhitlari va
qurilmalari” ixtisoslik fanlari bo‘yicha imtihon savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z
negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: