Tranzistorli kuchaytirgich bosqichida signal buzilishining paydo bo‘lish sabablari.
4- LABORATORIYa IShI Maydoniy tranzistorda yasalgan kuchaytirgich sxemasini tadqiq etish Ishning maqsadi: Maydoniy tranzistordan yasalgan kuchaytirgich bosqichini tadqiq qilish, dinamik va differensial parametrlarini o‘lchash.
1. Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Elektrod toklari asosiy zaryad tashuvchilarning kristall hajmidagi elektr maydon ta’sirida dreyf harakatlanishiga asoslangan uch elektrodli, kuchlanish bilan boshqariladigan yarimo‘tkazgichli elektr asbobga maydoniy tranzistor (MT) deyiladi. MTlarda tok hosil bo‘lishida faqat bir turli– asosiy zaryad tashuvchilar (elektronlar yoki kovaklar) qatnashgani sababli ular ba’zan unipolyar tranzistorlar deb ataladi.
Turlari:
p–n o‘tish bilan boshqariluvchi n – kanalli MT tuzilmasining ko‘ndalang kesimi va uning shartli belgilanishi 4.1 - rasmda keltirilgan.
4.1-rasm. p–n o‘tish bilan boshqariluvchi n – kanalli MT tuzilmasining ko‘ndalang kesimi va uning shartli belgilanishi.
n–turdagi soha kanal deb ataladi. Kanalga zaryad tashuvchilar kiritiladigan kontakt istok (I); zaryad tashuvchilar chiqib ketadigan kontakt stok (S) deb ataladi. Zatvor (Z) boshqaruvchi elektrod hisoblanadi. Zatvor va istok oralig‘iga kuchlanish berilganda yuzaga keladigan elektr maydoni kanal o‘tkazuvchanligini, natijada kanaldan oqib o‘tayotgan tokni o‘zgartiradi. Zatvor sifatida kanalga nisbatan o‘tkazuvchanligi teskari turdagi soha qo‘llaniladi. Ishchi rejimda u teskari ulangan bo‘lib kanal bilan p – n o‘tish hosil qiladi.
Maydoniy tranzistorlari orqali kuchaytirgichlar hosil qilinishi bipolyar tranzistorlar orqali hosil qilingan kuchaytirgichlarga o’xshaydi. Ularning farqi boshqarishda; maydon tranzistorlari kuchlanish orqali boshqarilsa bipolyar tranzistorlar tok orqali bajarilardi. Maydoniy tranzistorlar bipolyar tranzistorlar singari uch xil ulanish sxemasiga ega. Umumiy istok ulanish orqali kuchaytirgich hosil qilish (UI). Umumiy stok (US) ulanishi orqali kuchaytirgich hosil qilish sxemasi va umumiy zatvor sxemasi orqali kuchaytirgich hosil qilish sxemasi. Umumiy zatvor orqali hosil qilish sxemasida kirish qarshiligi kam bo‘lganligi uchun kam qo‘llaniladi.