LM324 mikrosxemasi turli ko‘p funksional qurilmalarini yaratishda qo‘llaniladi: integratorlar, differensiatorlar, demodulyatorlar, logarifmik kuchaytirgichlar, summatorlar (jamlagichlar), qo‘shuvchi – ayiruvchi qurilmalar, amplitudali regulyatorlar, generatorlar va boshqalarda.
2. Laboratoriya ishini bajarish tartibi. (LM324 asosidagi oddiy kuchaytirgich sxemasi). Kuchlanish takrorlagichi - manfiy teskari aloqali (MTA) LM324 oddiy sxemasini ko‘rib chiqamiz. Ideal OK singalni kuchaytirilishini ta’minlamaydi shuning uchun chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishiga mos keladi, ya’ni 5V OK ning kirishiga berilsa, uning chiqishida ham 5V bo‘ladi.
10.2– rasm. Inverslaydigan OK sxemasi.
Inverslaydigan OK ning kirishidagi signal va chiqishida 180° ga siljiydi. Chiqish signalining kirish signaliga nisbatan o‘zgarishi kirishga parallel bog‘langan R2 qarshilik yordamida teskari aloqa kuchlanish berish orqali hosil qilinadi.
Kirish signali R1 qarshilik yordamida OK ning teskari kirishiga beriladi. OK ning inverslamaydigan kirish va chiqishlari umumiy yerga ulanadi. Ushbu sxema uchun kuchaytirish koeffisiyentini quyidagi formula orqali hisoblash mumkin.
; (1) ; (2) 2.1. 10.2– rasmdagi inverslamaydigan OK sxemasini elektron stendda (Multisim dasturiy muhitida) yig‘ing. Generatorni sozlashda chastota qiymatini 1 kHz, amplitudasini 100 mV qilib o‘zgaruvchan signalga sozlang. Berilgan variant bo‘yicha R1 = 1 kOm qarshilik qiymatidan foydalangan holda OK kuchaytirish koeffisiyenti ni hisoblang va 10.1-jadvalga R2 qiymatlariga mos holda kiriting. Ossillografdan signal qo‘rinishini chizib oling.
10.1- jadval
R2, kOm
1
2
3
4
Dastlabki hisoblash
K
O‘lchash natijalari
K
Ukir, V
Uchiq, V
10.3- rasm. Inverslaydigan OKni NI Multisim dasturiy muhitida yig‘ilgan sxemasi.