4. Nazorat savollari. 1. OK parametrlariga qanday talablar qo’yiladi?
2. Inverslamaydigan OK sxemasini ishlashini tushintiring?
3. OK chiqish amplituda xarakteristikasini tushuntirib bering.
4. OK xususiyatlari
5. OK sxema turlari.
11– LABORATORIYA ISHI Operatsion kuchaytirgich asosidagi analog qurilmalarni tadqiq etish Ishning maqsadi: Operatsion kuchaytirgich asosidagi analog qurilmalar parametrlarini o‘lchash va ularning xarakteristikalarini tadqiq etish.
1. Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Analog signal solishtirgich - taqqoslash moslamasi (komparator): kirishlarida ikkita analog signalni qabul qiladigan elektron qurilma bo‘lib, agar inverslamaydigan kirishdagi signal inverslaydigan kirishdagidan katta bo‘lsa chiqishda yuqori sathli signal hosil bo‘ladi (mantiqiy “1”), agar inverslamaydigan kirishdagi signal inverslaydigan kirishdagidan kichik bo‘lsa chiqishda past sathli signal hosil bo‘ladi (mantiqiy “0”). Kirishlardagi kuchlanishlar teng bo‘lgandagi holat aniqlanmagan.
Komparator analog signallarni raqamli va raqamli signallarni analog signallarga aylantirish uchun qo‘llaniladi.
11.2-rasm. Komparatorning NI Multisim dasturiy muhitida yig‘ilgan sxemasi.
Summator Summator deb axborot signallarini (analog yoki raqamli) ushbu signallar yig‘indisiga teng ekvivalent signalga aylantiruvchi elektron qurilmaga aytiladi.
Ular analog hisoblash, signalni qayta ishlash, televizor, elektroakustika, aloqa va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi.
11.3-rasm. a). Inverslamaydigan summatorning NI Multisim dasturiy muhitida yig‘ilgan.
11.3-rasm.b). Inverslaydigan summatorning NI Multisim dasturiy muhitida yig‘ilgan sxemasi.