2. Laboratoriya ishini bajarish tartibi. 2.1. 12.3– rasmda keltirilgan bipolyar tranzistor asosidagi elektron kalit uzatish xarakteristikasini o‘lchash prinsipial sxemasini elektron stendda (NI Multisim dasturiy muhitida) yig‘ing;
2.2. 12.1– jadvalda berilgan variant bo‘yicha parametrlarni sozlang;
2.3. 12.2– jadval asosida E1=UKIR kuchlanishini berilgan qiymatga mos holda oshirib borib, chiqish kuchlanishi (UCHIQ), baza toki (Ib) va kollektor toki (Ik) qiymatlarini jadvalga yozib oling;
2.4. Olingan natijalar 12.2– jadval asosida 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞= (𝑈𝑘𝑖𝑟); 𝐼𝑘= (𝐼𝑏);
𝐼𝑏= (𝑈𝑘𝑖𝑟); 𝐼𝑘= (𝑈𝑘𝑖𝑟) bog‘liq grafiklarini hosil qiling.
12.2– jadval.
𝑈𝑘𝑖𝑟,𝑉
0
0,2
0,4
0,6
0,8
1
2
3
4
5
𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞,𝑉
𝐼𝑏, 𝑚𝐴
𝐼𝑘, 𝑚𝐴
3. Hisobot mazmuni:
ishning nomi;
amaliyot ish maketi prinsipial sxemasining chizmasi;
bajarilgan ishning xar bir bosqichi uchun bosqich nomi va olingan natijalar (jadval, grafik);
olingan natijalar bo‘yicha qisqacha xulosa.
4. Nazorat savollari. Tranzistorli kalit, qo‘llanish sohasi.
Tranzistorli kalitni ishlash prinsipini tushintiring
Vaqt diagrammasi asosida tranzistorli kalitda o‘tish jarayonlarini tushuntiring.
13– LABORATORIYA ISHI Maydoniy tranzistorlarda yasalgan kalit sxemalarni tadqiq etish
Ishning maqsadi: Maydoniy tranzistor (MT) larni kalit rejimida ishlash xossalarini o‘rganish. MTni yuklama rezistori sifatida qo‘llanilishini o‘rganish.
1. Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Bu ishni bajarishda stok toki zanjiridagi qarshilik qiymatining uzatish xarakteristikasi ko‘rinishiga ta’sirini o‘rganib chiqing. Egri (kvazi) chiziqli yuklama sifatida turli maydoniy tranzistorlar qo‘llanilganda uzatish xarakteristikalar turlicha bo‘lishiga ahamiyat bering.
Mantiqiy signallar sathlarini aniqlashda kalitning uzatish xarakteristikasi UChIQ=f(UKIR) dan foydalanilishiga e’tibor bering. (13.1- rasm)
13.1 – rasm. Elektron kalitning uzatish xarakteristikasi
Mantiqiy nol U0 hamda mantiqiy bir U1 sathlar uzatish xarakteristikasi va uning ko‘zguli aksi (punktir chiziq) kesishgan nuqtalardan aniqlanadi.
ΛU = U1 – U0 mantiqiy signallarning sathlar farqi deb ataladi.