Tashqi muhitning ish temperaturalar diapazoni TA: 0…+70°C;
Saqlash temperaturasi Tsaq. (Tstr):-65… +150 °C.
Har xil ishlab chiqaruvchilarning LM324 mikrosxemalari parametrlari bir biridan farq qiladi, shuning uchun o’z sxemalaringizni ishlab chiqishda qo‘llanilayotgan qurilmaga aniq ishlab chiqaruvchi tomonidan rasmiy texnik xujjatlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Xususiyatlari Kirish kuchlanishining differensial diapazoni iste’mol kuchlanishiga erishiladi (yetadi). LM324 uchun sinfazali signalning quyi kirish chegarasi V- ga qaraganda 0.3V ga past, chiqish kuchlanishining kengligi esa pastki V- qiymatlari bilan chegaralangan. Kirish va chiqishlaridagi kabi chegaraviy qiymati V+ ga nisbatan 1.5V ga kam. Birlamchi kuchaytirish chastotasi f1 (100 KGs dan 30 MGs gacha), ushbu chastotada (K) mikrosxemaning kuchaytirish koeffisiyenti birga (0 dB) teng bo‘ladi. Birlamchi kuchaytirish uchun ichki chastot korreksiyaga (sozlash, to‘g‘rilash) ega. Chiqishidagi qisqa tutashuv davomiyligi Tqt (Tsc) chegaralanmagan.