Aniqlik biti “V” har bir subkadrning “0”da joylashtiriladi va uzatilayotgan signal analog signalga aylantirilishi kerakligini belgilaydi.
Foydalanuvchining biti “U” foydalanuvchi yoki ishlab chiqaruvchining talabiga binonan qo‘llaniladigan bit.
Juftlikni nazoratlovchi bit “P”subkadrdagi sonlar qiymati doimo juft bo‘lmog‘ini ta’minlaydi va shu orqali qabul qilinayotgan kadrning xatosini aniqlaydi.
Sinxronizatsiyalovchi sarlavhalar 3 ta turga bo‘linadi:
Chap kanal subkadrining boshlanishini belgilaydigan sanoqlar uchun;
O‘ng kanal subkadrining boshlanishini belgilaydigan sanoqlar uchun;
Har 192 kadrdan so‘ng (diskretizatsiya chastotasi 48kGs olinganda har 4 msekda qaytariladi) takrorlanadigan bitlar ketma -ketligini belgilash uchun.
AES/EBU standarti bir qator diskretlash chastotalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi, ulardan televideniye uchun 48kGs chastotasi ancha qulaydir, chunki ma’lumot blokining davom etish vaqti 4ms dan iborat. Ovozni diskretlash chastotasi va videokadr chastotasi orasidagi nisbat sodda qilib belgilangan bu o‘z navbatida raqamli video va ovoz signallarini bitta aloqa liniyasidan uzatish va sinxronizatsiya qilishni soddalashtiradi.