1-taklif. Soliq to'lovchilar bilan ishlashda soliq solish tartibi va soliq tizimi
xodimlariga nisbatan jamoatchilik fikrini o'rganib borish tizimini joriy etish.
2-taklif. Amaldagi soliq kodeksining 197-moddasiga aosoan yagona soliq
to'lovini to'lovchilar bo'lgan yuridik shaxslar soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi
davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar
bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq to'lovini
to'lovchilar bo'lgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim
etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qo'shilgan qiymat solig'ini
to'lashi mumkin. Yil davomida kichik korxonalarning qo'shilgan qiymat solig'i
to'lashga o'tishi yoki qaytishi xom ashyo materiallarga tegishli qo'shilgan qiymat
solig'ini qayta hisob-kitob qilishni majbur qilib qo'yadi. Ushbu jarayondagi
murakkablik va noaniqliklarni bartaraf etish uchun mukammal uslubiyat ishlab
chiqish lozim.
3-taklif. Qo'shilgan qiymat solig'ining soliq stavkasini 12 foiz miqdorida
belgilashni taklif qilamiz va qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash uslubiyatini
barcha uchun tushunarli hamda sodda tartibda ishlab chiqish zarur deb
hisoblaymiz.
4-taklif. Soliq kodeksining 360-moddasiga binoan qo'shilgan qiymat solig'i
to'lovchilar uchun yagona soliq to'lovi summasi byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan
qo'shilgan qiymat solig'i summasiga, lekin yagona soliq to'lovi summasining 50
foizidan ko'p bo'lmagan miqdorga kamaytiriladi. Kichik korxonalarning ixtiyoriy
asosda qo'shilgan qiymat solig'ini to'lashga o'tishida yagona soliq to'lovi bo'yicha
taqdim etilgan ushbu chegirmaning miqdorini oshirish maqsadga muvofiq.
69
5-taklif. 2018 yil 1 yanvardan boshlab soliq kodeksining 22 va 54-
moddalariga ―insofli soliq to'lovchilar‖ tushunchasi kiritildi. Fikrimizcha ―insofli
soliq to'lovchilar‖ tushunchasini ―namunali soliq to'lovchilar‖ deb nomlanishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
6-taklif. Yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga mol-mulklar (uy-
joy, avtomobil, dala hovli, er uchastkasi va boshqalar) foydalanishga berilganda
daromad to'lash manbaidan hamisha ham belgilangan tartibda soliq undirish
imkoni bo'lmaydi. Shuning uchun yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga
ijaraga
berilgan mol-mulklar
bo'yicha
ro'yxatdan o'tgan
davlat
soliq
inspektsiyalariga alohida tartibda ma'lumotnoma berishni yo'lga qo'yish lozim.
7-taklif. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha ishlovchilar
umumiy sonida yoshlarning ulushdan kelib chiqib yuridik shaxslar uchun yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig'i summasini kamaytirish asosidagi imtiyozlarni
takomillashtirish.
8-taklif. Chekka hududlarda yashovchi aholiga quyosh batareyalarini
o'rnatish orqali xizmat qo'rsatuvchi korxonalarga soliqlar va boshqa majburiy
to'lovlar orqali rag'batlantirish tizimini joriy etish.
Fikrimizcha, yuqorida berilgan takliflarni inobatga olinishi, yuridik
shaxslarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirishga, mustahkam soliq
to‘lovchilar sonininig ortishiga hamda davlat byudjetiga soliq tushumlarini
barqaror tushishini ta‘minlashga olib keladi.
|