Ўзбекистон Миллий Университети тарих факультети 5А120402 – Этнология, ижтимоий (маданий) антропология йўналиши магистранти Аманкулова Ҳулкар Султановнанинг “Ўзбекистондаги этнолингвистик жараёнлар”
“70230501” – Etnografiya,etnologiya va antropologiya yo‘nalishi II kurs magistranti Sirliboyeva Gulrux Umar qizining “XXI asrda o‘zbek yoshlari mentalitetida oila va nikohga bo‘lgan munosabat (Jizzax viloyati misolida) mavzusidagi dissertatsiyasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotiga ilmiy rahbar Xulosasi. Magistrant Sirliboyeva Gulrux umar qizi magistr akademik darajasini olish uchun “XXI asrda o‘zbek yoshlari mentalitetida oila va nikohga bo‘lgan munosabat” (Jizzax viloyati misolida)mavzusida tadqiqot olib bordi.. Oila va uning asosi bo‘lgan nikoh masalasi hamma davrlarda ham dunyoning barcha xalqlarida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega masala hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi kunda dunyo miqyosida jadallik bilan kechayotgan globallashuv jarayonida har qachongidan ham muhimroqdir. Xususan,bu jarayonda turli xalqlar madaniyatining boshqasiga tasiri, yani dunyo miqiyosida turli etnoslar o‘rtasidagi madaniyatlarning aralashuvi borgan sari ularning umumiylashuviga olib kelmoqda. Bu jarayon o‘z navbatida mentalitetning bir qismi bo‘lgan oila va nikoh munosabatlariga ham salbiy tasirini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham magistrant Sirliboyeva Gulruxning dissertatsiya mavzusi bugungi kun uchun ham dolzarb hisoblanadi.
Magistrant ilmiy izlanishlari davomida o‘z mavzusiga doir ko‘plab adabiyotlar va tadqiqotlarni tahlil qilib chiqdi. Shuningdek, xorijiy adabiyotlardan ham yetarli darajada foydalanildi. Tadqiqotning obyekti bo‘lgan Jizzax viloyatida ko‘plab etnografik tadqiqotlar olib bordi, xususan, yoshlarning oila va nikohga oid munosabatlarini o‘rganishda sotsialogik so‘rovnoma va intervyu shaklidan foydalanib kerakli malumotlarni to‘plab disseratsiyaga kiritdi. Shu bilan birga davlat statistika qo‘mitasi malumotlari bilan ham ishladi. Izlanishlar davomida mavzuga oid 4 ta ilmiy maqola va tezislar nashr ettirdi. Shu kungacha har semestrda magistrlik ishining tugallangan qismi yuzasidan to‘rt marotaba ilmiy seminarda chiqish qildi. Magistrantning ilmiy seminardagi maruzalari kafedra tomonidan muhokama qilindi va alo baholandi. Magistrant ilmiy izlanish davomida rejalashtirilgan ishlarni tizimli va faollik bilan olib bordi. Dissertatsiya kirish, uch bob, yetti paragrafdan iborat.
Tadqiqot ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekt va predmetlari belgilangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Oila va nikoh masalalari deb nomlangan birinchi bobida oila va nikoh shakllari va ularning tarixiy taraqqiyot davomida o‘zgarishlari, shuningdek, o‘zbek oilasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida bayon qilingan.
Dissertatsiyaning nikoh va oila munosabatlarining diniy va huquqiy asoslari deb nomlangan ikkinchi bobida oilaviy munosabatlarda islom dining o‘rni, shu bilan birgalikda, oila va nikohning tarixiy va bugungi kundagi huquqiy asoslari haqida yozilgan. Yoshlarning oila masalasida diniy va huquqiy jihatdan qanchalik xabardor ekanligi ham yoritilgan.
Zamonaviy o‘zbek yoshlari hayotida nikohga bo‘lgan munosabat nomli dissertatsiyaning uchinchi bobida asosan yoshlarning mavzu bo‘yicha fikrlari bayon etilgan. Asosiy etibor yoshlar hayotida oilaning o‘rni, yoshlarni umr yo’ldosh tanlash mezonlari va ideal oila qanday bo’lish kerakligi haqida fikr-mulohazalari tahlil qilingan.
Magistrantning tadqiqot ishi yakunlangan. Ishda dala etnografik va sotsiologik so‘rovlardan o‘z o‘rnida foydalanilgan. Shuningdek, mavzuga oid statistika ma'lumotlaridan ham foydalanib, tahliliy xulosalar berilgan.