MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR
Tikuvchilik korxonalarining tajriba sexida yangi model uchun tavsiya etilgan hamma razmer-rostdagi andozalar tayyorlanadi. Andozalar asosan 3 turga bo’linadi: etalon andozalar, ishchi andozalar, yordamchi andozalar va qo’shimcha andozalar.
Etalon andozalar asosan, nusxa ko’chirish va ko’paytish uchun ishlatiladi, ko’pincha ular originallar – asl nusxalar deb ham ataladi va hamma kiyimlar detallar konstruksiyasining etaloni hisoblanadi. Ishchi andozalar detallarni bichish bo’rlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi, ular asosan 5 ta komplektda tayyorlanadi: 2 tasi tajriba sexida gazlama sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi tayyorlov sexida bo’rlama tayyorlash uchun, ikkitasi bichish sexiga nuqsonli gazlamalarni bichish va bo’rlamalar uchib ketgan joylarni bo’rlash uchun ishlatiladi. Andozalar 0,9–1,2 mm qattiq kartondan tayyorlanadi. Yordamchi andozalar detallarni tikishga tayyorlayotganda bo’r yoki qalam bilan yordamchi chiziq o’tkazish va belgilar qo’yish uchun ishlatiladi.
Lentali bichuv mashinasida kiyim detallarini tekislab qirqish uchun qo’shimcha andozalardan foydalaniladi.
Andozalarni tayyorlashda ma’lum talablarga javob berish talab etiladi. Ular quyidagilardir:
- andozalar tayyor bo’lib qirqilgandan so’ng, ularning cheti aylantirib tamg’alab chiqiladi;
- andozaga gazlamani o’rish va arqoq iplari qanday yo’nalishda bo’lishi chiziladi;
- hamma andozalarga modelning nomeri, o’lchami, bo’yib yoziladi
- ishchi va yordamchi andozalarga texnik nazorat bo’limidan tekshirilib tamg’a qo’yiladi va ular oyda bir yoki ikki marta andoza bilan solishtirib tekshiriladi;
- karton qurish natijasida kirishishi mumkin bo’lgani uchun italon andozalari ham chorakda bir marta o’lchash tabeliga asosan tekshiriladi.
Ma’lumki gazlama qiymati tikuvchilik mahsuloti tannarxining 80-90 % tashkil etadi. Mahsulot tannarxini kamaytirish ishlab chiqarish rentabilligini oshirish uchun, bichish paytida chiqindilarni kamaytirish va materiallarni tejash kerak.
Gazlama shaklini tejash asosan, ma’lum fason uchun uning andozalari satxini to’g’ri o’lchashga bog’liqdir. Kiyim detallarining shakli ko’pincha Murakkab va egri chiziqli konturlaridan iborat. Uni satxini hisoblash ancha murakkab hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |