108
4.
Alternativ qarorlarni yaratishga ijrochilarni undaydi.
5.
Qarorlarni muvaffaqiyat keltirishini chamalaydi va ko„plab har xil
insonlarning reaktsiyasini aniqlaydi.
6.
Qarorni oxirgi variantini asta sekin yaratib
borishi bilan birga uning
tarafdorlarini ham oshirib borishga harakat qiladi.
7.
Bunda rahbarlar yakuniy qarorlarni qabul qilishni orqaga suradilar. Bundan
maqsad:
-
kerakli axborotni to„plash;
-
nima qilish kerakligini bilish uchun vaziyatni oydinlashtirish;
-
tashkilotdagi har xil siyosiy kuchlar va guruhlar bilan qarorni kelishish.
Strategik muvofiqlashtirish faqat o„tgan voqea va hodisalarga munosabatni
bildirishdan iborat bo„lishi kerak emas.
Muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatuvchi menejerlar
turli-tuman ogohlantiruvchi
tadbir-choralarni yaratadilar:
1.
Muvofiqlashtirishni talab etuvchi muammolarni mukammal o„rganish uchun
ilmiy izlanishlarga buyurtma beradilar.
2.
Ishonchli hamkasblar bilan muammo muhokama etiladi va sinov yechimlar
taklif etiladi.
Har xil mutaxassislardan har xil manfaat va tajribaga ega brigadalar tuziladi.
Ushbu brigada qiziqarli g„oyalarni va yondashuvlarni muhokama etadi.
Quyi pog„onalardan keladigan sifatli takliflar rag„batlantiriladi, g„oyalar va
yondashuvlar musobaqasi tashkil etiladi. Ulardan maqsadga
muvofiq keladiganlari
tanlab olinadi.
Tanlangan yo„nalishni tarafdorlarini hamfikrligini ta‟minlash maqsadida
o„zgarishlar siyosati boshqariladi.
Sardorlarning muvofiqlashtirish jarayoniga tegishli ogohlantiruvchi harakatlari
odatda o„xshashdir:
ular ehtiyojni aniqlaydilar, axborot to„playdilar, vaziyatni
oydinlashtiradilar, sinov takliflarini tatbiq etadilar, muammoni tahlil etish jarayonida
«tarafdor» va «qarshilar»ni hisoblaydilar, vakolatlar taqsimotini
tashkil etadilar va
kelishilgan holda harakat qilish uchun qaror qabul qiladilar.