126
- jarayonning ma‟lum bir qismlarini chiqarib tashlash va qolgan qismarni
modernizatsiyalash imkoniyatini tahlil qilish yo„li bilan jarayonni soddalashtirishga
harakat qilish;
- jarayonning qaysi qismlarini avtomatlashtirish mumkinligini aniqlash (odatda
bu qaror qabul qilishda ko„p fikr va mulohaza yuritishini talab qilmaydigan sodda va
takrorlanuvchan operatsiyalar); yangi imkoniyatlar bilan ta‟minlashi va kelajakda
yuqori mahsuldorlik natijasida katta yutuqqa ega bo„lishga imkon beruvchi ilg„or
texnologiyalarni joriy qilish masalasini ko„rib chiqish;
- jarayonning har bir qismining (har bir faoliyat turining) strategiyaga nisbatan
ahamiyatini baholash; strategik ahamiyatga ega uchastkalar tarmoqdagi yoki
jahondagi eng yaxshi ko„rsatkichlarga erishish imkoniyatlari nuqtai nazaridan
baholanishi lozim;
- asosiy bo„lmagan, tashkilot imkoniyatlari va asosiy ustunliklarini yaratishga
sezilarli hissa qo„shmaydigan faoliyat turlarini kompaniyadan chetga chiqarish
tarafdori va bunga qarshi bo„lgan barcha jihatlarni solishtirish;
- qolgan faoliyat turlarini bajarish uchun yangi tuzilmani ishlab chiqish;
xodimlar tarkibini yangi tashkiliy tuzilmaga mos ravishda qayta ko„rib chiqish.
Dostları ilə paylaş: