Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix02.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#122302
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
1-Mustaqil ish L Dilmurodov Kriptografiya(2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Izoh
4- 
modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan 
tartibga solish
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga 
solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan 
organ amalga oshiradi. 
Izoh: 
Elektron 
raqamli 
imzodan 
foydalanish 
sohasini 
O’zbekiston 
Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus vakolat berilgan 
organlargina boshqara oladi. Masalan: UNICON.UZ 
5- 
modda. Maxsus vakolatli organ 
Maxsus vakolatli organ:
elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini 
ishlab chiqadi; 
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini (bundan 
buyon matnda ro‘yxatga olish markazi deb yuritiladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi; 
ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslariga tegishli elektron raqamli 
imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritadi hamda yuridik 
va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalana olishini ta’minlaydi; 
ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli 
imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi; 
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan ro‘yxatga olish 
markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini 
tasdiqlaydi; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Izoh: 5-moddada Maxsus vakolatli organlarning vazifa va majburiyatlari keltirib 
o’tilgan bo’lib, uni bajarish shart va zarurdir. 
6- 
modda. Ro‘yxatga olish markazi
Ro‘yxatga olish markazi maxsus vakolatli organda davlat ro‘yxatidan 
o‘tgan va ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik 
shaxsdir. 


Ro‘yxatga olish markazi: 
elektron raqamli imzolarning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi; 
elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini ta’minlaydi; 
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestrini yuritadi, 
uning o‘z vaqtida yangilanishini hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning 
erkin foydalana olish imkoniyatini ta’minlaydi; 
yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining 
sertifikatlarini elektron hujjatlar shaklida va qog‘oz hujjatlar shaklida beradi; 
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishini to‘xtatib 
turadi va qayta tiklaydi, shuningdek ularni bekor qiladi; 
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron raqamli 
imzolar kalitlari sertifikatlarining ko‘chirma nusxalari berilishini, shuningdek 
elektron raqamli imzolar kalitlarining to‘xtatib turilgan va bekor qilingan 
sertifikatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanilishini ta’minlaydi; 
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron hujjatlardagi 
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlaydi; 
elektron raqamli imzoli qog‘ozdagi elektron hujjatlarning ko‘chirma 
nusxalarini tasdiqlaydi; 
elektron raqamli imzo kalitining sertifikatidan bundan buyon foydalanish 
imkoniyatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan hollar haqida elektron raqamli imzo 
yopiq kalitining egasini xabardor qiladi; 
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egalarini elektron raqamli imzodan 
foydalanish qoidalariga o‘qitish imkoniyatini ta’minlaydi. 
Ro‘yxatga olish markazi bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi 
munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. 
Ro‘yxatga olish markazining yuridik va jismoniy shaxslar uchun yaratilgan 
elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini saqlashi hamda elektron raqamli 
imzo kalitining sertifikatini berish maqsadiga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni 
so‘rab olishi taqiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi ro‘yxatga olish 
markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga ega bo‘lgan 
shaxslar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi 
xizmatlardan erkin foydalana oladi. 
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ- 391-
sonli 
Qonuniga 
asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan - O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 
439-modda)
 
Ro‘yxatga olish markazlari faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin