Elektron raqamli imzo to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II-sonli «Elektron rakamli
imzo to‘g‘risida» qonuni asosida elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solish belgilab qo‘yilgan.
elektron raqamli imzo - yopiq kalitini qo‘llagan holda
axborotning kriptografik
o‘zgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron
hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlovchi hamda
imzo kaliti sertifikatini
imzo egasiga taalluqligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi;
elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur
elektron hujjat axborotini
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish
natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo
yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo kalit vositalaridan
foydalangan
holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum
bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratish uchun mo‘ljallangan
belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo kalit vositalaridan
foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzo yopiq kalitiga mos keluvchi,
axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana
oladigan va elektron
hujjatdagi elektron raqamli imzo kalit haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan
belgilar ketma-ketligi;
Dostları ilə paylaş: