Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining bekor qilingan
sertifikati ro‘yxatga olish markazida kamida uch yil saqlanadi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini
saqlash muddati tugaganidan keyin, u ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli
imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestridan chiqariladi
va saqlashning arxiv
rejimiga o‘tkaziladi.
Qog‘oz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati yo‘qolgan taqdirda, ro‘yxatga
olish markazi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining dublikatini berishi
mumkin.
Izoh: ERIning elektron xujjat shaklidagi ko’rinishi ro’yxatga
olish markazi
tomonidan 3 yil muddatgacha saqlanishi mumkin. 3-yildan so’ng saqlanmalar
ro’yxatidan o’chirib tashlanadi.
ERIning sertifikati yoqolganda, ro’yxatga olish
markazi tomonidan dublikatini olish mumkin bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: