18- modda. Ro‘yxatga olish markazini tugatish
Ro‘yxatga olish markazi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishi
mumkin.
Ro‘yxatga olish markazi tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan
e’tiboran bir oy mobaynida bu haqda maxsus vakolatli organga, shuningdek
mazkur ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari
sertifikatlarining reyestriga kiritilgan elektron raqamli imzo yopiq kalitlarining
barcha egalariga xabar qilishi shart.
Ro‘yxatga olish markazi tugatilgan taqdirda, mazkur ro‘yxatga olish
markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari
elektron raqamli imzo yopiq kalitlari egalarining roziligi bilan boshqa ro‘yxatga
olish markazlariga topshirilishi mumkin.
Boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilmagan elektron raqamli
imzolar kalitlarining sertifikatlari bekor qilinadi va maxsus vakolatli organga
saqlash uchun topshirilib, bu haqda elektron raqamli imzolar ochiq kalitlarining
foydalanuvchilari xabardor qilinadi.
Izoh: ushbu moddada ro’yxatga olish markazlarini tugatilishi xaqidagi qonunlar
keltirilgan bo’lib, unga ko’ra belgilangan tartibdagi qonun hujjatlariga ko’ra
ro’yxatdan o’tkazish markazi belgilangan muddatlarda ogohlantirilib va shu
muddat ichida tugatiladi. ERI ning foydalanuvchilari markazlar tugatilgan
taqdirda, foydalanuvchilar ixtiyori bila boshqa ro’yxatdan o’tkazish markazlariga
topshirilishi mumkin.
19- modda. Chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan
foydalanish
Chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan
foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Izoh: Chet davlatlarning ERIsidan foydalanish qonun xujjatlarida keltirilgan
tartibda qonun qoidalar asosida amalga oshiriladi.