elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan
foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli
imzoning yopiq kalitiga mos
keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va
elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini
tasdiqlash uchun
mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli
imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga
tegishliligi va elektron
hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini
beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.
Izoh: 3-moddada asosan elektron raqamli imzodan foydalanishda qo’llaniladigan
atama va tushunchalar keltirib o’tilgan bo’lib, u juda muhim sanaladi. Bu atama va
tushunchalar xaqida yuqorida xam ma’lumot berib o’tilgan.
Dostları ilə paylaş: