Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini



Yüklə 58 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü58 Kb.
#186499
1   2   3   4
Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari

parallel ulashdan foydalaniladi. 57— a rasmda lampa, changyutkich va isitkichning parallel ulanishi, 57- b rasmda esa shunday ulashning sxemasi ko’rsatilgan. Unda 1-isitgich, 2-lampa va 3-changyutgich.

Parallel ulashda tok bir nechta tarmoqqa ajralib ketadi va o’rtasida bir necha orolcha bo’lgan daryoni eslatadi. Parallel ulash haqida gapirilganda, odatda, quyidagi ikki atamadan: “parallel tarmoqlanish” va “parallel tarmoqlanish tuguni” atamalaridan foydalaniladi.
1. Iste’molchilarni parallel ulashda elektr kuchlanish. Parallel ulashda hamma asboblar aynan bir tok manbaiga ulangani uchun ularda kuchlanish bir xil bo’ladi. Buni quyidagicha yozishimiz mumkin:
U = U1 = U2 = U3 = … = Un. (1-formula)
2. Iste’molchilar parallel ulangan zanjirdagi tok kuchi. 59-rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig’amiz. Ampermetrlarning ko’rsatishlarini kuzatib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi uning ayrim tarmoqlaridagi tok kuchlarining yig’indisiga teng:
I = I1 + I2.
Agar bizda ikkita emas, balki n ta iste’molchi bo’lsa, u holda tarmoqdagi tok kuchi n ta iste’molchidan o’tayotgan tok kuchlarining yig’indisiga teng bo’ladi:
I = I1 + I2 + I3 + … + In.  (2-formula)
3. Parallel tarmoqlanishdagi qarshilik. Fizik hodisalarni o’rganishda ikkita usuldan foydalaniladi: hodisa maxsus tajribalar asosida o’rganiladigan eksperimental usul va tajribalarning natijalariga tayangan holda olingan bilimlarni tahlil qilish asosida o’rganadigan nazariy usul.
Shu vaqtgacha biz asosan birinchi usuldan foydalanib keldik. Parallel tarmoqlanish qarshiligini topish uchun esa nazariy usuldan foydalanamiz.
Tajribadan ma’lumki, parallel tarmoqlanishdagi tok kuchi uning ayrim tarmoqlaridagi tok kuchlari yig’indisiga teng (2-formulaga qarang).
Tarmoqlarning har biri qarshilikka ega. Bu qarshiliklarni R1, R2, R3, …, Rn bilan belgilaymiz. Bundan tashqari, hamma tarmoq uchlaridagi kuchlanish bir xil ekanligi bizga ma’lum (1-formulaga qarang).
Parallel tarmoqlanishning qarshiligini topish uchun butun tarmoqqa Om qonunini qo’llaymiz:
I = U / R.

Yüklə 58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin