Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdan bosh maksad va pirovard natija har jixatdan barkamol avlodni tarbiyalash, XXI asrning erkin fikrli, o‘z vatani va xalkini manfaatlariga sadokatli yorkin shaxslarni voyaga yetkazishda namoyon bo‘ladi. Bu maksadga erishish umumiy demokratik yangilanishlar jarayoni,jamiyatni erkinlashtirish, mamlakatda yangi ijtimoiy-siyosiy muxitni shakllantirish bilan boglikdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, xayotga tadbik kilish, xech bir mubolagasiz, strategik maksadlarimiz farovon kudratli demokratik davlat, erkin fukarolik jamiyati barpo etishimizning asosi bo‘lmogi lozim.
Davlat va jamoat tashkilotlari, tabiiyki, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari faoliyati mazmunini tubdan kaytadan ko‘rib chikishni takozo etadigan murakkab jarayondir. Ijtimoiy amaliyot, jamoatchilik tarbiyasi, ta’lim va tarbiyaning anik maksadga karatilganligi - erkin shaxsni shakllantirishning asosini tashkil etadi.
Erkinlashtirish, jamiyatni ma’naviy yangilash, birinchi navbatda, yosh avlod an’analari insonparvarlik va demokratik kadriyatlarni singdirish orkali ta’minlanadi.
Ta’lim tarbiya tizimiga rahbarlik qilish prinsiplari.
Ta’lim oldiga ko‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish ta’lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik kilish faoliyatining saviyasiga boglik. Kelajagi buyuk jamiyatning rivojlanish talablaridan kelib chikib, maorifning o‘rni va roliga yangi avlodni tarbiyalash nuktai nazaridan karab, Oliy Majlis materiallarida, Prezidentimiz ma’ruzalarida, maxsus qarorlarida rahbarlikning yuqori ilmiy darajada amalga oshirish zarurligiga alohida e’tibor berib kelmoqda.
Ilmiylik va pedagogika fani amaliyot bilan bog`lanish prinsipi.
Bu prinsip xalq ta’limi organlari va maktabning hamma ishini O‘zbekiston Respublikasi davlatining ko‘rsatmasi, fan va texnika yutuklari hamda ijtimoiy tarakkiyotning ob’ektiv konuniyatlari asosida amalga oshirishni talab etadi. Chunki idora kilish uchun ishni bilish kerak. Hamma narsadan xabardor bo‘lmasdan turib, to‘la-to‘kis bilimga ega bo‘lmasdan turib, idora kilish ilmini bilmasdan turib, boshkarish mumkin emas. Xalk ta’limi ishlarini, maktab ishini, kasb-xunar kollejlari ishini va unga raxbarlik kilishda ko‘zlangan maksadlarga erishish uchun milliy mafkura, milliy goya, pedagogika, pedagogika tarixi, psixologiya, xususiy metodika, mantik, etika va estetika kabi fanlar erishgan yutuklarni muntazam o‘rganib borish, taxlil kilish hamda bu muvaffakiyatlarini keng ko‘llanishi zarur.