Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi



Yüklə 68,1 Kb.
səhifə3/6
tarix20.10.2023
ölçüsü68,1 Kb.
#157966
1   2   3   4   5   6
Begaliyev Muhammadali ta\'lim

Demokratik markazlashgan prinsip.


  • Ta’lim tizimini boshkarishda markazlashgan raxbarlikni keng demokratiya bilan mustakillik va tashabbuskorlikni rivojlantirish bilan birga ko‘shib olib borish, o‘ziga xos xususiyatlarni va shart-sharoitlarni hisobga olish imkonini beradi.

Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi.


  • O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘quv ishlab chikarish majmuasining (markazlarini) tashkil etish va ularni rivojlantirish, zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jixozlash ragbatlantiriladi, deyiladi. Kadrlar tayyorlash va birgalikda ilmiy-texnologik yechimlar yaratishda korxonalarning ishlab chikarish saloxiyatidan samarali foydalaniladi. Ishlab chikarishda kadrlar tayyorlash qo‘llab quvvatlanadi.

2 – mavzu

O’zbekistonda ta’lim tizimi bosqichlari

O'zbekistonda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Oʻzbekistonda maktabda oʻqish majburiy hisoblanadi. Ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo'lib, ta’lim turlariga ko'ra quyidagilardan iborat:



  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  • professional ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya[


Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi " Ta’lim to‘g‘risida" gi Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.

Yüklə 68,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin