8
Hozirda, Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring
tizimi bilan Davlat soliq
qo„mitasi, Moliya vazirligi huzuridagi G„aznachilik, Davlat bojxona qo„mitasi, Adliya
vazirligiga qarashli Yagona darcha markazi, Davlat personallashtirish markazi va Ichki
ishlar vazirligi huzuridagi Davlat yo„l harakati xavfsizligi, shuningdek, “O„zbekenergo”
aksiyadorlik kompaniyasi, “O„ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, “Suvsoz” davlat
unitar korxonasi hamda boshqa kommunal va bir qator xizmat ko„rsatuvchilarning billing
tizimlari integratsiya qilingan holda soliq va boshqa majburiy to„lovlar, elektr energiya
va gaz iste‟moli, shuningdek boshqa qator to„lovlarni real vaqt rejimida
amalga oshirish
imkoniyati joriy etilgan. Bugungi kunga kelib, respublikamizda 30 dan ortiq xizmatlar
bo„yicha Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali to„lovlar real vaqt
rejimida amalga oshirilmoqda.
Tahlillar shuni ko„rsatmoqdaki, Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi
orqali barcha xizmatlar bo„yicha real vaqt rejimida 2016 yil mobaynida 1 957,5 mlrd.
so„mlik to„lovlar amalga oshirilgan bo„lsa, 2017 yil mobaynida to„lovlar summasi 2016
yilga nisbatan 2,6 barobarga ortib, 5 181,3 mlrd. so„mlik to„lov amalga oshirilgan. Joriy
yilning I birinchi yarim yilligida ushbu tizim orqali real vaqt rejimida amalga oshirilgan
tranzaksiyalar summasi 4355,6 mlrd so„mga yetganligini ko„rishimiz mumkin. Bu
esa, o„tgan yilning shu davriga (2 365,02 mlrd. so„m) nisbatan 1,8
barobarga
ortganligini qayd qilish joizdir.
Jumladan, Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali hisobot yilida
amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasining 1 252,1 mlrd. so„mini (amalga oshirilgan
tranzaksiyalar summasining 28,7 foizi) G„aznachilik to„lovlari, 942,2 mlrd. so„mini (21,6
foiz) tabiiy gaz bo„yicha to„lovlar, 795,3 mlrd. so„mini (18,3 foiz) elektr energiya
bo„yicha to„lovlar, 421,7 mlrd. so„mini (9,7 foiz) soliq va boshqa majburiy to„lovlar
bo„yicha to„lovlar, 285,2 mlrd. so„mini (6,5 foiz) Notarius xizmatlari va FHDYo
bo„yicha to„lovlar, 216,05 mlrd. so„mini (5,0 foiz) Davlat
personallashtirish markazi
10
Xulosa qilib aytganda, chakana to„lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish
Kliring tizimi PQ-1989-sonli qarori bilan belgilangan muddatlarda
ishga tushirilgan
bo„lib, hozirgi vaqtda bank tizimi tomonidan ushbu axborot tizimini takomillashtirish va
joriy qilish doirasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, barcha bank plastik kartalari orqali amalga oshirilayotgan
to„lovlar bo„yicha yakuniy moliyaviy hisob-kitoblar Markaziy bankning kliring tizimi
orqali amalga oshirilmoqda.
Shu o„rinda mamlakatimizda bank plastik kartalari infratuzilmasining
rivojlanishiga to„xtaladigan bo„lsak, respublika banklari tomonidan bank plastik kartalari
yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini
kengaytirish maqsadida, 2018 yil 1 iyul
holatiga 18 242 mingta bank plastik kartalari muomalaga chiqarilgan bo„lib, 2017 yil va
2018 yilning o„tgan davri mobaynida DUET tizimi bank plastik kartalari bilan bog„liq
loyihalarning tugatilganligi munosabati bilan umumiy soni qisqargan. To„lov terminallari
soni esa 2018 yil 1 yanvar holatiga 235 712 tani tashkil etgan bo„lsa, 2018 yilning o„tgan
davri mobaynida 6 098 taga ortib 2018 yilning 1 iyul holatiga 241 810 tani, bankomat
va infokiosklar soni esa 2018 yil 1 yanvar holatiga 5 632 tani tashkil etgan bo„lsa,
2018 yilning o„tgan davri mobaynida
qariyb 10 foizga ortib 2018 yilning 1 iyul holatiga 6 174 tani tashkil etgan.
11
Tahlillar shuni ko„rsatmoqdaki, milliy valyutada bank
plastik kartalari orqali
amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 2016 yil mobaynida 53 050,1 mlrd. so„mni
tashkil etgan bo„lsa, 2017 yilda esa 52 972,3 mlrd. so„mga yetgan. Hisobot yili
13
summasi 28 275,9 mlrd. so„mga yetgan bo„lib, o„rtacha bir oylik tranzaksiyalar
summasi 4 712,7 mlrd. so„mni tashkil etmoqda.
Dostları ilə paylaş: