Jami talab ko’rsatkichi. Har bir iste’molchining o’z, shaxsiy talabi bozordir. Jami bozor talabi yoki umumiy bozor talabi barcha iste’molchilar talabi yig’indisidan kelib chiqadi. Shunday ekan, jami talab ko’rsatkichi narxlarning muayan darajasida barcha iste’molchilar sotib oladigan tovarlar miqdorining ifodasi sifatida keladi.
Jami taklif ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkichning shakllanishi ham xuddi talabniki singari, jami taklif yig’indisidan kelib chiqadi. Bu esa jami sotilishi lozim bo’lgan Tayyor mahsulot ifodasi sifatida keladi.
3. Korxona mahsuloti va xizmatiga bo’lgan talab darajasini aniqlovchi omillar tahlili
Korxona mahsuloti va xizmatiga bo’lgan talabni tahlil etishning asosiy maqsadi bo’lib – korxona mahsulotiga bo’lgan talab darajasini aniqlash hamda buyurtmalar portfelini tashkil etish hisoblanadi. Buyurtmalar portfeli korxonaning quvvati va undan kelajakdagi foydalanish darajalariga bog’liq bo’ladi. Agar korxona mahsulotiga bo’lgan talab qaysidir sabablarga ko’ra pasayadigan bo’lsa, bunga mos ravishda buyurtmalar portfeli ham qisqaradi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish sur’ati pasayishi, mahsulot tannarxining oshishi hamda korxona zarar ko’rish ehtimoli kuchaya boradi. Bu jarayon uzoq davom etadigan bo’lsa korxonani bankrotlikkacha olib borishi mumkin.
Bozor muvozanatining muhim elementi bo’lgan talab va taklifni, uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish asosida korxonaning ishlab chiqarish sur’ati va uning tuzilishiga baho beriladi. Talab – iste’molchilar tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdoridir. Uni to’lovga qobil ehtiyoj deyish ham mumkin. Talab iqtisodiy kategoriya bo’lib, uning darajasiga ko’plab omillar ta’sir etadi, ya’ni taklif etilayotgan tovar bahosi, uning sifati, xaridorlarning daromadlari, xarid qobiliyati, o’rindosh tovarlarning bahosi, iste’molchilarning daromadlari va tovar bahosini o’zgarishi, bozorning tovarlar bilan to’yinganligi hamda jamg’armalar bo’yicha foiz stavkalarining o’zgarishi kabi omillardir.
Omillarning talab hajmi o’zgarishiga ta’sirini quyidagi bog’lanishlarda talab funksiyasida ifodalash va aniqlash mumkin, ya’ni:
Dostları ilə paylaş: |