Ўзбекистон республикаси фанлар академияси абу райҳон беруний номидаги шарқшунослик институти


Amir Temur davlati diplomatik yozishmalarining davlatchilikdagi o’rni



Yüklə 91,85 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü91,85 Kb.
#202078
1   2   3   4   5   6
AMIR TEMUR DAVLATI TASHQI SIYOSATINING ASOSIY YO’NALISHLARI

Amir Temur davlati diplomatik yozishmalarining davlatchilikdagi o’rni.

Mavzuni tadqiq etish asnosida XIV asr oxiri va XV asrning boshlarida halqaro munosabatlar, har bir davlat rahbarining o’ziga xos diplomatik salohiyati va strategiyasi mavjudligi, bu aloqalarda Amir Temur kuchli taktikalar qo’llagani, ushbu omillar saltanatning xalqaro maydonda obro’ qozonishiga xizmat qilganligini tushunib yetish mumkin.


Bu davrda Amir Temur Turkiya bilan bilan bo’lajak to’qnashuvda Trapezund (Turkiya, hoz.Trabzon sh.) va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanish maqsadida Genuya va Venetsiyaga sovg’a-salomlar hamda maktublar bilan elchilar yuborgan.
Ispaniya elchisi Klavixoning kundalik daftaridagi ma’lumotlariga qaraganda, o’zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi Ionn VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib borgan. Amir Temurning 1402-yil 15-may kuni Ionn VII Paleolog nomiga yo’llangan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish, xatto unga “odamlar va har qaysisi 20 ta dan 40 ta harbiy kema bilan” yordam berish majburiyatini o’z zimmasiga oladilar.
Bu davrda Amir Temur Frantsiya qiroli Karl VI (1360–1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399 –1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) lar bilan diplomatik aloqalar o’rnatib, yozishmalar olib borgan. Bu davlatlar orasida, ayniqsa Frantsiya, Vizantiya imperiyasi taqdiriga befarq qaray olmas edi. SHu boisdan Frantsiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa Galatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o’z navbatida Amir Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik aloqalar o’rnatishga intilar edi. Amir Temur va Karl VI diplomatik yozishmalarida qayd etilishicha, Sohibqiron qirolni jiddiy qo’llab-quvvatlaydi. SHunday qilib, Amir Temurning Kichik Osiyo va G’arbiy Yevropa davlatlari bilan olib borgan dastlabki diplomatik yozishmalari va elchilik aloqalari uning G’arbda – Turkiya ustiga yurishi munosabati bilan boshlanib, ulardan asosan Sulton Boyazidga qarshi birgalikda kurashish rejalari ko’zda tutiladi. Biroq Anqara yaqinida turklarning 160 minglik qo’shini ustidan qozonilgan buyuk g’alabadan so’ng Amir Temurning G’arbiy Yevropa davlatlari bilan aloqalarining mazmuni tubdan o’zgaradi. Endilikda u ular bilan do’stona munosabatlarni mustahkamlash va o’zaro savdo-sotiq aloqalarini yo’lga qo’yish kabi masalalarga ahamiyat qaratadi.
Vizantiya imperatoridan boj olib, uni bevosita bo’ysundirish bilan kifoyalangan Amir Temur 1402-yilning yozida Frantsiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo’llaydi. Elchilar Parijga 1403-yilning may oyida yetib boradilar. Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta’minlash va agar qirol hamda gertsoglar rozi bo’lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadilar. SHuning uchun ham Amir Temur 1402-yilning 1-avgustida Frantsiya qiroli Karl VI ga yo’llagan maktubida bu haqida quyidagilarni alohida ta’kidlaydi: “Bundan keyin sizning (odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning o’lkangizga o’tgan ajdodlarimiz davridagidek, borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun qoyda keltirishsa, ko’p xursand bo’lar edik. SHuni aytish kerakki, endilikda bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta’minlanadi”.
Frantsiya qiroli Karl VI 1403-yilning 15-iyunida Amir Temurga yo’llagan javob maktubidan ma’lum bo’lishicha, Amir Temur takliflari Frantsiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan. Xuddi shu davrda u buyuk g’arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh (1366-1408) bilan Angliya qiroli Genrix IV o’rtasida olib borilgan diplomatik yozishmalarda ayniqsa faol qatnashadi. 1393-yilda SHimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o’z ichiga olgan xulagular tasarrufidagi mulklarga hokim qilib tayinlangan Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrida G’arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o’zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshiradi. SHu sababli G’arbda Mironshoh tez orada “katolik dinining homiysi” sifatida shuhrat topadi. Amir Temur, Mironshoh va Genrix IV larning o’zaro diplomatik yozishmalaridan ma’lum bo’lishicha, Angliya bilan elchilik aloqalarini o’rnatib, savdo-sotiqni jonlantirish yo’lida olib borilgan harakatlarda, ayniqsa Mironshohning tashabbusi katta bo’lgan. Bu tabiiy hol bo’lib, Amir Temur saltanatining G’arbiy davlatlar bilan olib borgan aloqalari – xoh u elchilar qatnovi, xoh savdo karvonlari bo’lmasin, dastavval Mironshohning tasarrufidagi o’lkalar orqali o’tar edi. Bundan eng avvalo ushbu viloyatning noibi manfaatdor edi.
Amir Temur Osiyo va Yevropa mamlakatlari hukmdorlariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berdi. Markaziy Osiyo orqali o’tadigan Buyuk ipak yo’lida karvonlarning, yo’lovchilarning xavfsizligini ta’minladi.
Misr Arab Respublikasi arab olamining ajralmas qismidir. Markaziy Osiyo davlatlari va arab olami musulmon sivilizatsiyasiga aloqador bo’lib, ularning qadimiy madaniy birliklari mavjud.

Yüklə 91,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin