Ўзбекистон республикаси фанлар академияси абу райҳон беруний номидаги шарқшунослик институти



Yüklə 91,85 Kb.
səhifə6/6
tarix07.01.2024
ölçüsü91,85 Kb.
#202078
1   2   3   4   5   6
AMIR TEMUR DAVLATI TASHQI SIYOSATINING ASOSIY YO’NALISHLARI

Xulosa


Buyuk bobomiz Amir Temur, jahonga mashhur mutafakkirlarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Al-Marg’inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad al-Farg’oniy, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Pahlavon Mahmud va yurtimizda yashab ijod etgan boshqa ko’plab siymolar jahon ilm-fani, madaniyati va tsivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shganlar.


SHu sababli mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov o’z asarlarida doimo xalqimiz boy madaniy merosini izchillik bilan o’rganishga, ulardan mustaqillik ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda foydalanishga da’vat etib kelganlar. Zero, ajdodlarimiz qoldirgan madaniy meroslarda shunday fikrlar borki, ular bugungi kunda ham taraqqiyotimizning o’ziga xos yo’lini belgilashda o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Xalqimiz madaniyatini, milliy istiqlol mafkurasini yaratish va uni rivojlantirishda madaniy merosimiz, undagi ilm-fan, ijtimoiy-siyosiy, ta’lim-tarbiyaga oid fikrlarni o’zlashtirish va amalga tatbiq qilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir.
Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning: “Buyuk strateg, mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabatlarning qat’iy islohotchisi, savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniyatning homiysi bo’lgan Amir Temur “Qonunlar va urf-odatlarga asoslangan” davlatni barpo etdi”, -degan so’zlari Amir Temurning davlatchiligimiz tarixida o’rni beqiyos darajadaligini ko’rsatadi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, Amir Temur davrida yaxlit davlatchilik kontseptsiyasi yaratilgan bo’lib, saltanat boshqaruvining barcha sohalari, xususan har bir sohaning ichki jarayonlari, tarmoqlararo aloqalar qonun yo’li bilan tartibga solingan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. Ahmedov B. Amir Temurni yod etib.- Toshkent.: O’zbekiston, 2016.

  2. Ahmedov B. Amir Temur darslari. – Toshkent.: Sharq, 2020.

  3. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. – Toshkent.: SHarq, 2019.

  4. Azamat Ziyo. Amir Temur va temuriylar davlat boshqaruvi, qonunchilik va harbiy siyosat.//O’zbekiston ovozi. 2015.-10 oktyabr.

  5. Abduraimov M. Temur va To’xtamish. - Toshkent. 2020.

  6. Azimov E. Amir Temur saltanati. – Toshkent. 2016.

  7. Boboyev H. Amir Temur va temuriylar saltanati. – Toshkent.: Kamalak, 2016.

  8. Vohidov SH., Xoliqova R. Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruvi tarixidan. Toshkent.: Yangi asr avlodi, 2006.

  9. O’ljaeva Sh. Amir Temur va temuriylar davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi. - Toshkent: Fan, 2005.

  10. O’zbek davlatchiligi tarixida Farg’ona vodiysi. – Farg’ona: 2014.

  11. Bahodir Iso. Tasviriy san’atda Sohibqiron siymosi. // Farg’ona haqiqati.- 2016-yil. 9-apr.



Yüklə 91,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin