Ўзбекистон республикаси фанлар академияси абу райҳон беруний номидаги шарқшунослик институти



Yüklə 91,85 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü91,85 Kb.
#202078
  1   2   3   4   5   6
AMIR TEMUR DAVLATI TASHQI SIYOSATINING ASOSIY YO’NALISHLARI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa


AMIR TEMUR DAVLATIDA HOKIMIYAT AMALGA OSHIRISH USULLARI VA TASHQI VA ICHKI SIYOSAT


REJA:


Kirish


  1. Amir Temur davrida boshqaruvning o’ziga xos xususiyatlari

  2. Amir Temur davlatining ijtimoiy va ma’muriy tizimi

  3. Temur davlati tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari.

  4. Amir Temur davlati diplomatik yozishmalarining davlatchilikdagi o’rni.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


KIRISH


O’zbek xalqi mustaqillikka erishishi bilan uning milliy o’zligini anglashga katta imkoniyatlar yaratildi. Milliy davlatchilik asoslarimiz yaratilayotgan bugungi kunda tariximizning barcha sohalari qatorida ajdodlarimizdan qolgan siyosiy merosimizni chuqur va xolisona tadqiq etish dolzarb masalalardan biriga aylandi.


Zero, o’zbek xalqining milliy davlatchilik tarixi ming yillar avval shakllangan bo’lib, bugungi kunda qurilayotgan davlat asoslarimiz tarixning bizga bergan tasodifiy imkoniyati emas. Tarixning ildizlar bor joyda taraqqiyot bo’lishi haqidagi o’zgarmas qonuniyatlari mavjud. Bu qoidalar bugungi kunda o’zbek davlatchiligi misolida o’z ifodasini to’moqda. Hozirgi davrda xalqimizning siyosiy merosini qayta tiklash va uni sayqallashtirgan, modernizatsiya etgan holda davom ettirish davr ehtiyojiga aylandi.
Mustaqillik yillarida olimlar tomonidan olib borilayotgan keng ko’lamli tadqiqotlar ajdodlarimiz tomonidan boy tarix, o’ziga xos milliy davlatchilik ta’limotlari, yirik ma’naviy boyliklar yaratilganligini ko’rsatmoqda.
Milliy davlatchiligimiz tarixining ma’naviy asoslaridan bugungi kunda foydalanish maqsadi asosiy qomusimiz bo’lgan Konstitutsiyamizda ham alohida ta’kidlab o’tilgan.
SHuningdek, Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston Res’ublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining faoliyatini takomillashtirish to’g’risidagi maxsus qarori e’lon qilindi. Davlatimiz tomonidan tarix faniga berilayotgan bunday e’tibor milliy o’zligimizni anglashda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston hududida yuzaga kelgan qadimgi Baqtriya (mil.av. VII asr), Xorazm (mil. av. VII asr), Kushon (mil.av. I asr), Turk xoqonligi (VI asr), Amir Temur saltanati (XIV asr oxiri - XV asr boshlari) kabi davlatlar tariximizda alohida o’rin tutadi. Ularda o’ziga xos davlat boshqaruv asoslari yaratilgan bo’lib, o’z davrida davlat, halq va jamiyatning tinchligi, taraqqiyoti hamda farovonligini taьminlashga xizmat qilgan.
Ular orasida orasida Amir Temur saltanati yuksak davlatchilik ta’limoti yaratilgan bosqich sifatida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Sohibqiron Amir Temur saltanatda joriy etilgan boshqaruv asoslari o’z davrida nafaqat mamlakatda istiqomat qilayotgan kishilarning manfaatlari hamda farovonligi uchun xizmat qilgan, balki g’arb va sharq davlatlari o’rtasidagi munosabatlar, halqaro hayotning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy barqarorligi, rivojiga ham samarali ta’sir ko’rsatgan.
Bu ulkan o’zgarishlarning yuzaga kelishida Amir Temurning roli katta bo’lsa-da, uning shaxsi, davlatchilik faoliyati, milliy va umuman tsivilizatsiya tarixidagi o’rni sovet davrida salbiy jihatdan talqin etildi.
Sobiq ittifoq yuritgan bunday siyosatning zaminida o’zbek xalqidan milliy tuyg’u, o’zlikni anglash g’oyalarini tag-tomiri bilan yo’qotish maqsadlari yashiringan bo’lib, yurtimizda mustaqillikning qo’lga kiritilishi bu niyat va harakatlarning bartaraf etilishida katta kuch bo’lib xizmat qildi. Istiqlol tufayli Sohibqironning tariximizdagi, umuman insoniyat tarixidagi katta xizmatlari munosib baholana boshlandi.
Vatanimizda Amir Temurning faoliyatini xolis o’rganishda prezident Islom Abdug’anievich Karimov olib borayotgan siyosat alohida ahamiyatga ega. Hukumatimiz “Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to’g’risida” (1994 yil, 29 dekabr), “1996 yilni Amir Temur yili deb e’lon qilishi to’g’risida” (1995 yil, 26 dekabr), “Temuriylar tarixi” davlat muzeyini tashkil etish va “Amir Temur” ordenini ta’sis etish to’g’risida (1996 yil) qator farmon va qarorlar chiqardiki, bu tadbirlar temurshunoslikning keyingi taraqqiyoti uchun katta zamin yaratdi.

Yüklə 91,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin