Amir Temur davrida boshqaruvning o’ziga xos xususiyatlari
So’hibqiron Amir Temur davrida boshqaruvning o’ziga xos hususiyatlari mavzusini o’rganishimizda va uning siyosiy mavqei haqida gagirilganda B.Ahmedov, O.Bo’riev, A.Ziyo, H.Boboev, A.Saidov, L. Keren, B. Mants va boshqa olimlarning tadqiqotlari o’zining ahamiyatliligi bilan e’tiborga loyiqdir. Bu manbalarda Amir Temur kuchli xarakter sohibi, mohir siyosatchi va lashkarboshi, ilmli inson sifatida ta’riflanadi.
Masalan, B. Mants Amir Temur o’z davrida arab-fors dunyosining eng peshqadam kishilaridan biri bo’lganligini aytib, uning turk va fors tilida ham birdek muloqot qila olishi, olimlar bilan munozaraga kira olishdek yuksak ilmi borligi, o’zi yurish qilgan yerlarni avvaldan to’liq o’rganganligi, o’z davrining mashhur olimi Ibn Xaldun bilan bo’lgan munozarasi haqida to’xtalib, ko’pincha bahs munozaralarda uning ilmi baland kelganligini aytib o’tgan.
SHunga qaramay, fanda uning saltanat taraqqiyotida tutgan siyosiy mavqei to’liq ochib berilmagan. “Temur tuzuklari”da uning siyosiy mavqei haqida ba’zi ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Unda davlat boshlig’i o’zini tutishi, qanday asoslarga tayanilganda davlatni mustahkam boshqara olishi haqida ba’zi yo’riqnomalar keltirilgan.
Jumladan, hukmdor o’zining qat’iy so’zi va mustaqil fikriga ega bo’lishi, masalalar yechimini to’ishdan avval yon-atrofdagi kishilarning fikrini inobatga olsa-da, so’nggi so’zni uning o’zi hal qilishi, turli gap-so’zlarga uchmasligi, barcha bilan yaxshi munosabat o’rnata bilishi kerakligi ta’kidlangan.
Amir Temur mamlakatda hukmdor chiqargan buyruq va qarorlar faqat uning ixtiyorida bo’lishi kerak deb hisoblagan va o’zining boshqaruv faoliyatida bu qoidaga amal qilgan. Bizningcha, ushbu davlatchilik ta’limoti davlat hokimiyatini amalga oshirishning eng muhim usullaridandir.
Amir Temur o’zi tayinlagan vazirlar, amaldorlar va sipohiylar vositasida davlat boshqaruvini amalga oshirganligi uning eng kata yutuqlaridan biridir.
Amir Temur ayniqsa, vazirlar tanlash masalasini to’g’ri hal qilishga intilgan. U podshoh “qoshida adolatli vazirlar tutsin, toki podshoh zulm qilgudek bo’lsa, odil vazir uning chorasini to’sin. Agarda vazir zolim bo’lsa, ko’p o’tmay saltanat uyi qulaydi”, - deb tag’lim bergan.
Hukmdor davlat qudratining ramzi bo’lganligi sabab uning ozgina salbiy hatti-harakati ham ommaga tez ta’sir etadi. Uning har qanday masalada adolatli, rahmdil va mehribon bo’lishi hamda qonunlarning ijrosini ta’minlay bilishi yutuqlariga kafolat bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy saboqlar shaxsan Amir Temurning o’zi va oilasi qonunlar ijrosini ta’minlashda xalqqa o’rnak bo’lganligini ko’rsatadi.
Amir Temur boshidanoq boshqaruv jilovini o’z qo’lida mustahkam ushlagan bo’lsa ham hokimiyatni o’z xodimlariga bo’lib berish, ammo ularning ustidan nazorat o’rnatish yo’lidan borgan. Bundan Amir Temurning mamlakat ichkarisidagi muxolif kuchlarga nisbatan qo’llagan taktikasini anglab yetish mumkin. Uning fikriga ko’ra “saltanat ishlarini ishonchli va mo’’tabar bir necha kishiga bo’lib berish lozim. SHunda har biri o’z ishiga bog’lanib, saltanat taxtiga ko’z olaytira olmaydi”.
Har taraflama mustahkam va qudratli davlatni bar’o etish uchun albatta bilimli, yuksak ahloqiy sifatlar egasi, nozikta’b, sezgir, olg’ir, tezkor harakatlana oladigan, har qanday vaziyatlarda ham o’z maqsadini amalga oshiradigan, nizo va kamchiliklarni bartaraf eta biladigan, insonning ruhiyatini anglay oladigan, irodali va boshqaruv ilmi egasi bo’lgan kuchli shaxs davlatni boshqarishi talab etiladi. Amir Temur o’z davrining ana shu talab va ehtiyojlarga javob bera olgan davlat arbobi edi.
Amir Temur davri tarixini o’rganishda Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Dnevnik puteshestviya v Samarkand ko dvoru Timura (1403-1406)” asari katta ahamiyat kasb etadi. Klavixo o’z davrining qudratli davlati sanalgan Ispaniyaning elchisi sifatida 1403–1406 yillarda Movarounnahrga kelgan. U diplomatik munosabatlarning ishtirokchisi, rasmiy vakil sifatida Movarounnahrda ko’rgan bilganlari, unga ko’rsatilgan yuksak ehtirom va boshqa tassurotlari haqida maьlumotlar qoldirgan.
“Kundalik” Amir Temur davlatining kuch –qudrati, ichki va tashqi siyosati, rasmiy marosimlar, oilaviy munosabatlari, ilm – fan taraqqiyoti, urf –odatlar, me’morchilik va boshqa milliy an’analar haqida bizga ko’plab qimmatli maьlumotlarni beradi.
Amir Temur davriga oid yana bir mashhur manba SHarafiddin Ali Yazdiy (1454-yilda vafot etgan) qalamiga mansub “Zafarnoma” hisoblanadi. Bu asar qahramonlik, yuksak optimistik ruhda yozilgan. SHarafiddin Ali Yazdiyning bu asarida Amir Temur tavallud topgan davrdan to Xalil Sulton davrigacha yuz bergan tarixiy voqealar yoritilgan. Unda ahamiyatga molik bazi to’ldirish va qo’shimchalar mavjud. Bu asar fors hokimi temuriyzoda Ibrohim Sulton rahbarligi va topshirig’i asosida 1425-yilda yozilgan. Ibrohim Sulton bu asarning haqqoniy va ishonchli chiqishida unga juda katta yordam bergan. SHuning uchun SHarafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”si manbalar orasidagi eng ishonarli va haqqoniysi hisoblanadi.
Ibn Arabshoh-SHihobiddin Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim (1389 - 1450)ning “Ajoyib al – maqdur fi axbori at - Taymur” (“Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari”) asari Amir Temur davriga oid muhim manbalardan biri hisoblanadi. 1401 yilda Amir Temur Damashqni zabt etgan vaqtda Ibn Arabshoh 12 yoshda edi. U 1401 yilda asir sifatida Samarqandga keltirilgan, bu yerda 1408 yilgacha yashagan va o’z vataniga qaytgach 1419 yilda Amir Temur davri tarixini yozib qoldirgan. Bu asar Amir Temurga nisbatan salbiy va dushmanlik munosabatida, manba va dalillarga kam asoslanib, o’zining ichki sub’ektiv tassurot va munosabatlari asnosida yozilgan bo’lsa ham undagi baьzi salotanat tarixini o’rganishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Tarixchi Amir Temurni irodasi mustahkam, qattiqqo’l va adolatli davlat rahbari ekanligi, davlatni qonunlarga asoslangan holda boshqargani, o’zi shohid bo’lgan voqealar haqida qimmatli ma’lumotlar berib o’tgan.
Jumladan, u o’z kitobida: “Temur o’z g’oyibligida mamlakati va raiyasi ishlarida nelar yuz berganini surishtirib, yeru mulklari masalalarini diqqat bilan o’rgana boshladi va hokimlarga yo’l-yo’riqlar ko’rsatdi; atrof va chegaralar, tevarak-chetlar foydasi tadbirini ko’rib, kattayu kichikning g’amini yeb, boyu faqirning manfaati bilan mashg’ul bo’ldi, o’z mulohazasi taqazosiga ko’ra barcha ash’yolarni o’z o’rniga qo’yib, jami mansabu martabalar jilovini o’shanga sazovor kishilar qo’liga tutqaza boshladi. U sayyidlarni e’zozlab, karomatlar sohiblari bo’lgan avliyolarni izzatu ikromli qildi, ilmu fanni va uning ahllari hurmatini oshirib, ularga muruvvatini sochib, martabalarini ulug’ladi…”, - kabi fikr-mulohazalarni ham keltirib o’tgan edi.
Amir Temur davri davlatchilik tarixiga oid yana bir eng muhim asar “Temur tuzuklari”dir. Asl nusxasining topilmaganligi uchun uning yozilish davri sanasi olimlar tomonidan aniqlanmagan bo’lsa-da, ammo unda tavsiflangan tarixiy jarayonlar, voqealarning aksariyati Amir Temur davrida yozilgan boshqa maьlumotlar bilan mos keladi, ba’zi qimmatli dalil va voqealar boshqa manbalarda uchramaydi.
“Tuzuklar” o’zining siyosiy-falsafiy, maьnaviy-axloqiy mazmunining boyligi bilan mashhur bo’lgan va turli davrlarda ko’plab tillarga tarjima qilingan, davlat boshqaruvida undagi g’oyalardan foydalanilgan. Bizningcha, “Tuzuklar” Amir Temur davlatchilik tarixini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi va uning mazmun-mohiyatini alohida mavzularda ochib berish dolzarb masaladir.
Yuqoridagi fikr – mulohazalardan shunday xulosa qilish mumkinki, Amir Temur shaxs sifatida saltanat taraqqiyotida katta siyosiy mavqega ega bo’lgan. U qat’iyat bilan o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishgan, davrining eng zukko kishilarini pirlari deb tan olgan, olimlarning yordamiga tayangan.
Uning o’ziga muxolifatda bo’lgan kuchlarni yengib, sobiq dushmanlarining kuch va imkoniyatlaridan davlat taraqqiyoti yo’lida foydalangan.
Moliyaviy siyosatni to’g’ri yuritgani ham uning muvaffaqiyatlariga zamin bo’lib xizmat qilgan. U kirim va chiqimlarni, sarf – xarajatlarni me’yorida olib borgan, yo’qsillarga doimiy ravishda xayr – ehsonlar in’om etib turgan, ilm – fanga homiylik qilgan.
Qisqa qilib aytganda, Amir Temurning davlat rahbari sifatida o’zi tuzgan davlat taraqqiyotida bemisl o’rni bor. Ushbu saboqlar “davlat boshlig’i mukammal davlat qurishning muhim vositasi bo’lib, u davlat ijtimoiy - siyosiy organizmining yuragi hisoblangan va barcha olib borilgan islohotlar bevosita Amir Temurning rahbarlik salohiyati orqali amalga oshirilgan, bu noyob iqtidor, va fidoiylik Amir Temur siyosiy mavqeining mustahkamlanishiga zamin bo’lib xizmat qilgan”, - degan xulosaga kelishimizga asos bo’lib xizmat qiladi.
Temuriylar davri mavzuida tadqiqotlar olib borgan olimlarning ma’lumotlariga tayangan holda Amir Temur davlatining paydo bo’lish shart-sharoitlari, bu davlatning o’z davridagi boshqa davlatlar boshqaruvidan farqi, yo’nalishlari, o’rta asr davlatchilik tizimidagi o’ziga xos xususiyatlar tahlil etishga va Amir Temur o’z davridagi turk-mo’g’ul, forsiy - islomiy davlat boshqaruv ag’analaridan davlat va jamiyat ravnaqi yo’lida ijobiy foydalanganligni ochib berishga harakat qilamiz.
Xorijlik mualliflar T. Lents va G. Louri Sohibqiron Amir Temur saltanati nafaqat harbiy kuch bilan barqaror turganligi, balki bu davlat boshqaruvidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotdagi turk-mo’g’ul an’analarining eng maqbul va afzal jihatlarining saqlanib qolinganligi va ular o’z davridagi davlat boshqaruvining eng ilg’or tizimlaridan ekanligini alohida ta’kidlaydilar.
SHuningdek, hind olimasi M. Haydar davlat boshqaruv institutlarida o’troq va ko’chmanchi aholi madaniyati aks etganligi, har ikki toifa madaniyati an’analari boshqaruvga singdirilsa-da, barcha jabhalarda turkiy davlatchilik an’analari yetakchilik qilganligi haqida asosli fikr - mulohazalar bildirib o’tgan.
Dostları ilə paylaş: |