Ўзбекистон республикаси фанлар академияси абу райҳон беруний номидаги шарқшунослик институти


I.3. Amir Temur davlatining sud – huquq, mudofaa va harbiy tizimi



Yüklə 394,5 Kb.
səhifə6/11
tarix27.04.2023
ölçüsü394,5 Kb.
#103652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi

I.3. Amir Temur davlatining sud – huquq, mudofaa va harbiy tizimi.
Amir Temur tinchlik, qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida davlatning sud-huquq tizimiga tayangan.
Saltanatda jinoyatga jazo berish emas, ularning oldini olishga katta e’tibor berilgan. Dorul amorat, el-ulus hokimlari va ma’muriy organlar ham ana shu maqsad yo’lida faoliyat yuritgan. Amir Temur saltanatida qoziliklarning fuqarolik, shariat, harbiy ishlar bilan shug’ullanuvchi sohalari mavjud bo’lgan. Ular o’z yo’nalishidagi nizo va jinoyatlarni ko’rib chiqqan. Qoziliklarning faoliyatlarini tekshirib turish va markazga hisobot berish uchun har bir viloyat va shaharda adolat amiri tayinlangan.
Qonunlarda sodir etilgan jinoyatga jazoning muqarrarligi tamoyiliga amal qilingan. Davlat uchun nafi tekkan, obro’li, fidoyi shaxslarning aybiga beriladigan jazolar yengillashtirilgan. Amir Temur davlatida davlat qo’poruvchiligi, sotqinlik, poraxo’rlik va boshqalar og’ir jinoyatlardan hisoblangan va bunday hatti - harakatlar ayovsiz jazolangan. Jinoyatchilarga adolatli jazolar berilgan va bunday tartibotlar davlatda intizom saqlanishiga olib kelgan.
Saltanatda har bir shaharda qozixona (sud idorasi), adliya boshqarmasi (Dorul adolat) mavjud bo’lgan.
Amir Temur saltanatining sud - huquq tizimi qonuniylik va adolat tamoyiliga asoslangan bo’lib, davlatning majburlov kuchini saqlab turishda ular muhim kuchni tashkil etgan.
Joylardagi qoziliklarning faoliyati markazdan bosh qozi tomonidan nazorat qilib turilgan.
Amir Temur yoshlarga huquqiy tarbiya berish haqidagi mulohazalarida qonunchilikda, xususan shariatga, shariat qonun – qoidalarini biluvchi qozilarga ham katta e’tibor berishni muhim deb bilgan. Islom qozilari shariat ishlarining borishini kuzatsa, ahdos qozisi dunyoviy ishlar haqida arz qilib turishini ta’kidlagan.
SHuningdek, huquqni muhofaza etuvchi idoralar ixtisoslashgan bo’lib, ular kunduzgi, tungi, fuqarolik va harbiy ishlarini nazorat qilish va sodir etilgan huquqbuzarlik hamda jinoyatlarni fosh etishda muhim rol o’ynagan.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur saltanatining sud-huquq tizimi mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlashda asosiy vazifani bajargan.
Amir Temur davlatining mudofaa va harbiy tizimi to’g’risida so’z yuritganda shuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, bu davrda davlat tinchligiga raxna soluvchi ikki tahdid - ichki va tashqi xavflarni bartaraf etishga e’tibor berilgan.
Amir Temur mamlakat ichkarisi va yon - atrofda ro’y berayotgan voqealardan ogoh bo’lish hamda xavflarni o’z vaqtida bartaraf etishga erishgan. Bu davrda amir saroyi, devonxona, mamlakat ichkarisi va chegara hududlarini himoya qilish uchun maxsus bo’linmalar tashkil etilgan.
Sohibqiron Amir Temurning saltanatni asrash mahorati to’g’risida ham bizga qimmatli ma’lumotlar beruvchi manba bu “Temur tuziklar”idir
Mashhur tarixchi Lyangle bu haqida: “Temur vorislariga saltanat bilan birga undan ham qimmatli sovg’a – ushbu saltanatni asrash san’atini ham tuhfa etdi”,-degan edi.
Buyuk sarkardaning ta’kidlashicha, saltanatda kuchli hokimiyatga ega bo’lishni xohlagan har bir hukmdor shuni unitmasligi lozim, “...Sen hamisha hushyor va ehtiyotkor bo’lgin, - maslahat beradi Sohibqiron,- Toki vazirlar, lashkarboshilar, amaldorlar, ish boshqaruvchilar, sipohsolorlardan hech biri o’z martabasi chegarasidan chiqmasin. Har toifa va qavmni o’z martabalarida tutginki, saltanatning nizomiga kelib, intizomga kirgay”1.
Amir Temur mintaqalardagi barqarorlikni saqlash uchun harbiy sohani kuchaytirishga harakat qilgan. Mamlakatda yaratilgan harbiy siyosat saltanatda davlat tinchligi, barqarorligi va yaxlitligini saqlashda katta kuch bo’lib xizmat qilgan. Bu esa bizga “Amir Temur o’z davrining eng peshqadam harbiy tizimini yaratgan”, - degan xulosaga kelishimizga asos bo’ladi.
Amir Temur harbiy sohani iqtisodiy, harbiy sang’at va di’lomatiya yo’li bilan yana-da mukammallashtirdi. Urushlar xavfi kuchli bo’lgan o’rta asrlarda harbiy tizimga alohida eg’tibor berilishi Amir Temurning mintaqada faol harakat olib borishiga, siyosiy mavqei ko’tarilishiga zamin yaratdi. Kuchlilar zaiflarga o’lja bo’lgan o’rta asrlarda Amir Temurning Osiyo mintaqasida tinchlik va farovonlikni tag’minlaganligi uning buyuk xizmatlaridandir.
Amir Temur mulk, xazina va lashkar manfaatlarini muvofiqlashtirilishga erishishni davlat taraqqiyotining bosh omili deb hisoblagan. U xalqning to’qligi hazinaning to’lishiga, hazina mustahkamligi askarning jangovarligiga olib keladi. Aks holda xalqning kambag’allashishi hazinaning kamayishiga, hazinaning kamayishi lashkarning tarqalishiga, bu esa davlatning barqarorligi hamda yaxlitligining buzilishiga olib keladi, shuning uchun avvalo xalqning to’qligini ta’minlash zarur, degan tushunchaga amal qilgan.
Sohibqiron qo’shinni o’nlik, yuzlik, minglik, va o’n minglik qismlarga ajratib boshqardi. SHuningdek, qo’shin soniga qarab jang qilish usullari, lashkarni rag’batlantirish, maosh tayinlash kabi barcha sohalariga e’tibor qaratildi. U harbiy sohani yangicha asosda boyitdi.
Amir Temur qo’shinni pahlavon yigit tanasiga, lashkar qismlarini uning a’zolariga qiyoslagan va janglarda qaysi a’zolarni vaqtida ishlatishni yaxshi bilgan. Qo’shinda har bir bo’linmaning maxsus kiyimi, rangi, quroli mavjud bo’lib, bu usullar uning qismlarni jangga yo’naltirishda maxsus belgi bo’lib xizmat qilgan.
Amir Temur qo’shin tizimidagi ixchamlik, ularning o’zaro uzviy bog’liqiligi, bir-biriga bo’ysunishi, pog’onalar tuzimi mukammal ishlab chiqilgan.
Jan-Pol Ru Amir Temur va Boyazid Yildirim munosabatlari va ular o’rtasida bo’lib o’tgan Anqara jangini tahlil qilib o’tgan. U usmoniylar armiyasining o’z harbiy boshliqlariga Amir Temur qo’shini kabi mustahkam bog’lanmagani, Boyazid Yevro’paga yurish qilgani bilan jang harbiy harakatlar mazmunini Amir Temurchalik anglab yetmaganligini alohida ta’kidlab o’tgan edi. Amir Temur Rodos ritsarlariga tegishli salbchi g’ayridinlar maskani Smirnani ikki hafta mobaynida qo’lga kiritgani, Boyazid Yildirim esa o’n ikki yil ovora bo’lib bu yerni zabt eta olmaganligi, Sohibqironning harbiy layoqati Boyazidnikidan bir necha barobar ustun bo’lganligini ko’rsatib o’tgan.
Bundan tashqari Amir Temur shaxsi haqida shuni ham alohida tahkidlashni joiz deb topdikki, mana tarix sahnasida Sohibqiron Amir Temur nomi paydo bo’lganidan buyon olti yarim asrdan ziyod vaqt o’tdi. Bu davr ichida qancha xonu-sultonlar, imperatoru-qirollar hukmronlik qilgan bo’lsa-da, ularning birortasi ulug’ Sohibqironchalik shonu-shuhratga erisha olmadi.
Yevropa xalqlarini muntazam asoratga solib turgan Turk sultoni Boyazid Yildirimni o’z saltanati ichida uning qo’shiniga nisbatan ancha oz askar bilan mag’lub etgan Amir Temurni butun boshli Yevropa o’z xaloskori deb tan olgan. Frantsiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV, Italiya va Kastiliya hukmdorlari, shuningdek, Vizantiya imperatori Amir Temurning Boyazid Yildirim ustidan qozongan g’alabasi bilan tabriklab, Yevropani Boyazid xavfidan qutqarganligi uchun chuvur minnatdorchilik bildirib maktublar yo’llaganlar.
Yillar va asrlar o’tgan sari buyuk xaloskorga yevropaliklarning hurmat va ehtiromi tobora ortib bordi. Buning ifodasi o’laroq, Yevropa adabiyoti, san’ati va tarixida Amir Temurni ulug’lovchi asarlar dunyoga keldi.
1588 yilda ingliz dramaturgi Kristofer Marlou “Buyuk Temur” nomli tarixiy pesa, XVII asr boshlarida esa italьyan kompozitori Gaspirni “Temur” nomli operasini yaratdi. 1827 yilda Amerika yozuvchisi Edgar Allan Po Amir Temurga bag’ishlab she’riy poema bitdi1.
CHor Rossiyasi hamda sobiq ittifoq davrida talon-tarojchiliklar, tazyiq va taqiqlar natijasida yoqilgan va yo’q qilingan son-sanoqsiz noyob kitoblar ichida Sohibqiron, uning davri tarixiga, o’zbek milliy davlatchiligiga tegishli bo’lgan manbaalarning ham kuli ko’kka sovurildi ehtimol.
Mamnuniyat bilan aytishimiz mumkinki, XXI asr xalqimizning tarixiy yutug’i bo’lgan mustaqilligimiz sharofati bilan ozod yurtimizda barcha buyuk bobokalonlarimiz, xususan, Amir Temur bobomizga ehtirom asriga aylandi. Bu ulug’ zot haqidagi uydirmalar yo’qqa chiqib, uning asl siymosiga loyiq haqiqatlar tiklandi.
Haqiqatdan ham Amir Temur yaratgan “Tuzuki Temuriy” (“Temur tuzuklari”), “Malfuzoti Temuriy” (“Temurning aytganlari”), yana “Voqioti Temuriy” (“Temurning boshidan kechirganlari”) deb nomlangan asari faqat tarixiy jihatdan emas, balki falsafiy, ijtimoiy-pedagogik, huquqshunoslik, iqtisodiy, psixologiya, harbiy ilm haqidagi fikrlarga boyligi jihatidan ham alohida ahamiyatga egadir2. Uning “Tuzuklar”idagi davlatni idora qilish nazariyalari, tajribalari adolatli jamiyat tuzish to’g’risidagi fikrlari, ta’lim-tarbiyaga oid g’oyalaridan o’z davrida va undan keyin ham dunyoning kshpgina davlat boshliqlari o’zlarining siyosiy faoliyatlarida samarali foydalanganlar.
Amir Temurning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy fikrlari XVI-asrdagi ko’pgina mutafakkir donishmandlardan o’ziga xos tomonlari bilan alohida ajralib turadi. CHunki, Amir Temur buyuk davlat rahbari sifatida ijtimoiy fikrlarini o’zining amaliy faoliyati, rahbarlik tajribasi, shaxsiy hayotida ko’rgan va bilganlari asosida bayon qiladi. Amir Temur mamlakat iqtisodiyotini, madaniyati, harbiy hunar va ilm, ma’rifatni qanchalik yuqori darajaga ko’targan bo’lsa, bular undagi katta bilim, iqtidor, salohiyatning samarasidir.
Amir Temurning ijtimoiy fikrlari, donishmandligi, tajribalari hozirgi kunda ham o’zing qimmatliligini aslo qo’qotgani yo’q.
“Biz, -degan edi muhtaram yurtboshimiz Islom Karimov,- Amir Temur davrini boshqatdan o’rganishimiz lozim. Nega deganda Amir Temur tuzuklarini o’qisam, xuddi bugungi zamonning katta-katta muammolariga javob topganday bo’laman”1.
SHarq hamda G’arb davlatdlarida Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning davlat siyosati borasidagi tajribalari, har doim katta qiziqish uyg’otib kelgan. Anashu holat ko’plab yirik tarixiy- siyosiy asarlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Amir Temur va uning saltanati to’g’risidagi asarlarda Sohibqironga bo’lgan munosabat va qarashlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
Birinchisi, Amir Temur va uning siyosatiga ijobiy munosabatda bo’lgan elchilar, tarixchilar, olimlarning asarlari;
Ikkinchisi, salbiy yoki Sohibqironning shaxsini kamsitish, yomonlash maqsadida yozilgan asarlar.
Birinchi guruh asarlariga Amir Temurning Hindistonga harbiy yurishini hikoya qiluvchi G’iyosiddin Ali, Nizomiddin SHomiy (“Zafarnoma”) va SHarafuddin Ali Yazdiy (“Zafarnoma”), Muynitdin Natanziy, Hofiz Abru, Abdurazzoq Samarqandiylarning asarlarini kiritish mumkin. Bundan tashqari, Ispaniya qiroli Genrix III ning elchisi Rui Gonsales de Klavixo Sohibqiron bilan elchilik faoliyati davomida yuz ko’rishgan. Klavixo Amir Temur va uning saltanati haqidagi o’zining qimmatli ma’lumotlarini o’z “Kundaliklar” ida yozib qoldirgan. Frantsiya qiroli Karl VI hamda ingliz qiroli Genrix IV o’rtalarida bir necha marta elchilik qilib, maktublar, shartnomalar tuzishda ishtirok etgan elchi – arxiepiskop Ioann va boshqalar ham Amir Temur faoliyatiga, siyosatiga yuksak baho berganlar.
Ikkinchi guruh manbalarda esa Amir Temurga salbiy munosabatda qaralib, u zolim, bosqinchi sifatida e’tirof etilgan. Masalan, arman tarixchisi Foma Metsopskiy, arab tarixchisi Ibn Arabshoh asarlarida, ba’zi rus tarixiy manbalarida shunday tamg’a bosilib, Sohibqiron Amir Temur mo’g’ul bosqinchilari bilan bir qatorga qo’yilgan.

Yüklə 394,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin