Ўзбекистон республикаси халқ таьлими вазирлиги



Yüklə 55,25 Kb.
səhifə4/4
tarix22.08.2022
ölçüsü55,25 Kb.
#63204
1   2   3   4
Malakaviy ish. Ortiqova

uch maqsadga xizmat qiladi:

  • talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini har tomonlama, xolis baholash;

  • talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash;

talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan istikbol reja (maqsadli dastur)ni shakllantirish.
Yuqorida keltirilgan metodlarni “ Do’nan” hikoyasini o’rgatishda qo’llanilsa, ko’zlagan maqsadga yetilgan hisoblanishi bilan birgalikda, asarni tushunganlik darajasini aniqlash soddalashadi.

XULOSA
Mustaqillik davri adabiy ta’limining yetakchi maqsadlaridan biri, о‘quvchi ma’naviyatini yuksaltirish tashkil etganligi uchun ham ijodkor hayoti haqidagi ma’lumotlarni о‘rgatish vositasida yoshlarda yaratuvchilik, bunyodkorlik xislatlarini tarkib toptirish, ijodkor shaxsiga xos namunaviy sifatlar ta’sirida о‘quvchilarning ilmga, san’at va adabiyotga mehrini о‘stirishdan iborat ekan, ushbu risolamiz shu yо‘ldagi bir urinishimiz namunasidir. Umumta’lim maktablarining VI sinfida Turob To’la hayoti va ijodini о‘rganishga, ya’ni tarjimai holi va “Do’nan” hikoyasini imkon qadar adabiyot о‘qitish metodikasi qoidasiga xos uslubda о‘rganishga harakat qildik. Yuqoridagi tahlilardan ham kо‘rinib turibdiki, yozuvchi о‘z badiiy asarida hayotning muayyan jihatlarinigina gavdalantirar ekan, о‘zining qarashlari, bilimi, ongi, tuyg‘ulari, xarakterini asar qahramonlari, ularning xatti-harakatlari, kurashu intilishlariga namoyon etar ekan, Turob To’la asarlarini о‘rganish orqali, ularni ma’naviy omil tarzida qarash ta’limni qiziqarli qilib, uning samaradorligini oshirishini, shu bilan birga, yozuvchining qalb haroratini, tuyg‘ulari va ruhiyatini his qilishga о‘rgatish vositasida о‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirishga erishiladi, degan xulosaga keldik. Chunki, badiiy asar adabiy talqin vositasida yaxlit holda tasavvur qildiriladi, о‘quvchining obrazlar mohiyatini tushunishiga erishiladi. Talqinchi-о‘qituvchi badiiy asar haqida asosli, mantiqiy, izchil mulohaza yuritishga о‘quvchini yо‘llashi muhim ahamiyatga ega. Talqin qanchalik ehtirosli, jozibali, haroratli bо‘lsa, shunchalik ta’sirchanlik kasb etadi. Talqin о‘quvchini badiiy asarni о‘qish, о‘zlashtirish va tahlil qilishga yо‘llash vositasigina bо‘lib qolmay, ijodkor qiyofasini о‘quvchi kо‘z о‘ngida jonli tasavvur etilishida, ijodkor e’tiqodi mohiyatini, nuqtai nazari bilan badiiy tafakkurining о‘ziga xos qirralarini ilg‘ab, tushunib olishlarida kо‘mak beradi. Demak, shu ma’noda adabiyot о‘qituvchilari talqinchi mahoratini egallashlari zarur. Adabiy tahlil vositasida esa badiiy matn mohiyatiga kirib boriladi, о‘quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish natijasida ijodkorning о‘ziga xos badiiy olamini о‘rganish malakasi tarkib toptiriladi. Shu bilan birga, adabiy ta’limga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni olib kirish, yozuvchi hayoti va ijodini о‘rgatishda loyihalashtirilgan dars ishlanmalaridan, interfaol, “aqliy hujum”, “klaster”, “birgаlikdа о‘qiymiz” tехnikаsi, blist о‘yini, zig–zak metodi, og‘zaki bayon, insert, venn diagrammasi, tarmoqlash va boshqa metod va usullardan foydalanish yuqori samara beradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI


1. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5–jild. –T.: О‘zbekiston, 1997. – 384 b.
2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q. – T.: Sharq, 1998. – 31 b.
3. Kadrlar tayyorlash millliy dasturi // Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1997. – B. 32–61
4. О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni. (Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T. : О‘zbekiston, 1997. – 214 b.
5. Abduqodirov A. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muammolari // Uzluksiz ta’lim j. – 2002. №4. – 60–73 b.
6. Adabiyot о‘qitish metodikasi (Universitetlar, pedagogika institutlarining filologiya fakultetlari uchun dasturiy qо‘llanma.) Tuzuvchilar: Q. Yо‘ldoshev, O. Madayev, A. Abdurazzoqov. T.: 1994. –B. 94.
7. Aliyev A. Maktabda yozuvchi uslubini о‘rganish. –T.: О‘qituvchi, 1997. – 88 b. 8.Zunnunov A. Badiiy asar tahlili metodikasi. –T.: О‘qituvchi, 1989. – 120 b. 9.Matjonov S. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. О‘quv qо‘llanma. T.: О‘qituvchi, 1997. – 297 b.
10.Mirqosimova M. О‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari. Monografiya. –T.: Fan, 2006. –112 b.
11.Musurmonova O. Adabiyot darslarini tashkil etishning samarali shakllari. – T.: О‘qituvchi, 1993. –78 b.
12.Rasulov A.R. Tanqid, talqin, baholash. –T.: Fan, 2006. – 232 b.
13.S.Ahmedov, Qosimov B,R.Qо‘chqorov, Sh.Rizayev. Adabiyot 6–sinf uchun darslik– –T.: “Sharq”,2007. – b.
14.www.ziyouz.com


Yüklə 55,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin