1.2. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan
strategiya
Respublika iqtisodiyoti bir yoqlama tarzda, faqat xom ashyo etishtiradigan
holga tushib, kompleks rivojlanish yo’liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga
o’tkazilmagan ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklarda
namoyon bo’ladi.
19
Sovet
davrining
keyingi
o’n yilliklari mobaynida iqtisodiyotni
rivojlantirishda xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan va
chetga yuboriladigan, mehnatni nisbatan kamroq talab qiladigan xom ashyo
tarmoqlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu nomutanosibliklarni
yanada kuchaytirdi.
Ishlab chiqarishning umumiy hajmida engil sanoatning ulushi keyingi 50 yil
ichida 54 ofizdan 37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30 foizdan 14 foizga
tushib qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga o’sib, 16 foizni tashkil
etgan. Qisqargan tarmoqlar o’rniga yoqilg’i sanoati, kimyo va neft kimyosi, qora
va rangli mutallurgiya, ya’ni xom ashyo tarmoqlarining ulushi ancha ko’paydi. Bu
esa mehnatga layoqatli aholini ishlab chiqarishga jalb etish jarayonlarini yanada
pasaytirib yuborgan. Chunki 1 million so’mlik asosiy ishlab chiqarish fondlariga
ish bilan ta’minlash darajasi turlicha bo’lib, ayrim sohalarda mehnattalablik
ko’lami hatto 300-400 kishiga qadar etishi mumkinligi hisobga olinmagan.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkib toptirish va rivojlantirishda qator
nuqson va kamchiliklarga yo’l qo’yildi. Jumladan:
- respublika mashinasozlik kompleksi faoliyati paxtachilik, paxtachilik
uchun mashinalar ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab uy-ro’zg’or
texnikasi, yo’l qurish mashinalari, plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati
jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun kerakli asbob-uskunalar
deyarli ishlab chiqarilmaydi;
- kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga afzallik berilishi
respublikadagi ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi;
- yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki qayta
ishglangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning mahsulotlari
ham asosan respublikadan tashqariga chiqarishga mo’ljallandi.
1990 yili O’zbekistonda sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish
hajmining o’sishi ta’minlangani respublikadan tashqaridagi ko’plab mutaxassis va
siyosatchilarda qiziqish yo’qotdi. Respublikamiz rahbari o’ziga xos murakkab
20
sharoitlarda erishilayotgan muvaffaqiyatlarning sababini o’ylab qo’yilgan rejalarni
qat’iyat va izchillik bilan ado etishda, deb ko’rsatib berdi. Respublikadagi rahbar
kadrlarning amaliy harakat qilishi, ayniqsa, “Yangi uy qurmay turib, eskisini
buzmang” degan qoidaga amal qilinishi hokimiyatda bo’shliq paydo bo’lishining
oldini oldi.
Prezidentimiz “Komsomolskaya pravda” gazetasi muxbiri savollariga
bergan javobida birinchi marotaba sovetlarning yuksak minbaridan O’zbekistonda
9 milliondan ziyod kishi bechorahol kun ko’rayotganini, aholining 47 foizga
yaqinini alohida shart-sharoitga muhtoj bolalar tashkil etishini, respublikada o’lim
ko’rsatgichi mamlakat bo’yicha juda yuqori darajada bo’lib qolayotgani
to’g’risidagi haqiqatni aytgani, bu esa odamlar o’rtasida yangi rahbarga nisbatan
ishonch tuyg’usini mustahkamlaganini ta’kidladi.
Respublikamiz rahbari o’z vazifasini boshlagan davrdan har bir jamoa va
davlat xo’jaligi etishtiriladigan paxta hajmini, avvalo, o’zining iqtisodiy
manfaatlaridan, o’z daromadlaridan kelib chiqib, iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiqligini hisobga olib, o’zi belgilashini, shunga ko’ra 1990 yilda 1988 yildagi
1710 ming tonna o’rniga 1500 ming tonna paxta tolasi, ya’ni 210 ming tonna kam
tola xarid qilish rejalashtirilganini qat’iy ko’rsatib berdi. Shuningdek, hal qilinishi
respublikamizning deyarli butun aholisi manfaatlari va farovonligiga ta’sir
ko’rsatuvchi muammo - paxta narxini qayta ko’rib chiqish maslasini o’z
mas’uliyatiga oldi. Holbuki, o’sha davrda bu muammoni hal qilish uchun kamida
1,5 milliard so’m talab qilinar edi.
Biroq, o’sha davrda sobiq Ittifoq rahbariyati Prezidentimizning o’z xalqi
manfaatini o’ylab qilayotgan bu kabi haqli talablarga quloq solishni istamas edi.
Bu borada Yurtboshimizning “Men uzil-kesil qilib: paxta etishtirishni 700 ming
tonnaga qisqartiramiz dedim. Bu 250300 ming gektar er, degan gap. Ittifoq
mahkamalarida, Davlat plan komitetida masalani siz nimani istasangiz. Yozib
qo’yavering, men baribir bajarmayman, degan qabilda o’rtaga qo’ydim. Biz
so’nggi nuqtaga o’tganimizni tushunishganidan keyin bu masalalarni echishga
21
yordam berisha boshlashdi. 165 ming gektar maydon odamlarga bo’lib berildi,
dehqonlarning tomorqalari qariyb ikki barobar ko’paydi. Odamlarda qiziqish
paydo bo’ldi”, degan so’zlari bu boradagi har bir jarayonning o’ta ziddiyatli,
qizg’in va tortishuvlar asosida o’tganidan darak beradi.
Respublika iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishining yanada takomillashtirilishi
tashqi iqtisodiy imkoniyatlar samaradorligini oshirishni ham taqozo etib, bu
boradagi quyidagi muammo va vazifalarni hal etish muhim o’rin tutar edi:
-tashqi iqtisodiy imkoniyatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi
iqtisodiyotdagi chuqur strukturali o’zgarishlarning sustligiga barham berish. Faqat
160 ta korxona o’z mahsulotini xorijga chiqarib, asosan, xom ashyo va materiallar
eksport qilmoqda. Chet el firmalari ishtirokida atigi 14 ta qo’shma korxona tashkil
etilgan;
- ko’plab korxonalarning chet el bozoriga chiqish sohasida berilgan
imkoniyatdan to’g’ri foydalanmayotgani;
- tashqi iqtisodiy aloqalarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida
tuzilgan respublika Tashqi iqtisodiy banki (Vneshekonombank), tashkil etilayotgan
O’zbekiston SSR Tashqi savdo va chet ellar bilan aloqa davlat komiteti barcha
mehnatkashlar mehnati evaziga qo’lga kiritilgan valyutani respublikaning hayotiy
muhim manfaatlariga, uning butun aholisiga xizmat qilishini ta’minlashi;
- xalqaro munosabatlar sohasidagi konstituttsion huquqlarning to’la-to’kis
amalga oshirilishini respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini
rivojlantirishda hal qiluvchi mezonga aylantirish.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini
ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, bu boradigi strategiyaga quyidagi
yondashuvlar asos qilib olinishini belgilab berdi:
- mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e’tiborga
olinmay, ma’muriy- buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning
hammasiga barham berilishi kerak;
22
- mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga avvalo respublika aholisining
manfaati nuqtai nazaridan qaramoq kerak.
Respublikani iqtisodiy mustaqillik yo’liga olib chiqish, uni inqiroz
girdobidan chiqarish vazifalarini hal etishda O’zbekiston resurslari va
imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo yangicha yondashish zarurligi, mavjud
imkoniyatlarni Ittifoq va jahon bozori uchun qanchalik jozibali ekani nuqtai
nazaridan ko’rib chiqish kerakligi ta’kidlandi:
- birinchidan, respublikaning ajoyib tabiiy iqlim sharoitlaridan samarali
foydalanish, etishtirilishi lozim bo’lgan eng foydali va daromadli ekinlarni aniqlab
olish;
- ikkinchidan, mavjud 500 ming gektar juda sho’rxok va o’rtacha sho’rxok
erlarning irrigatsion va meliorativ holatini yaxshilash masalalariga e’tiborni
kuchaytirish;
- uchinchidan, O’zbekistonning gaz kondensanti, ko’mirga bo’lgan talab-
ehtiyojini to’la-to’kis ta’minlash, yaqin vaqt ichida neft qazib olishni 3-4 barobar
ko’paytirish, Qizilqumda fosforitlarning juda katta konini o’zlashtirish, rangli va
qimmatbaho metallarning juda katta resurslaridan respublika manfaatlari yo’lida
samarali foydalanish;
- to’rtinchidan, respublikaning eng katta boyligi bo’lgan uning mehnatsevar
xalqi uchun keng imkoniyatlar yaratish singari bu boradagi muhim vazifalarga
alohida e’tibor qaratilib, ularni amalga oshirish yo’llari ko’rsatib berildi.
Shuningdek, mamlakatimiz rahbari xalqimiz hayotini munosib darajaga
ko’tarish uchun mavjud resurs va boyliklardan foydalanish yo’llariga alohida
e’tibor qaratdi.
O’sha davrda O’zbekistonda iste’mol qilinayotgan kiyim- kechaklarning 25
foizi, trikotaj buyumlar va ip gazlamaning 30 foizdan ko’prog’i, poyabzalning
deyarli 50 foizi chetdan keltirilar edi. Prezidentimiz o’z faoliyati boshidanoq
respublikamizning xalq iste’moli mollari jihatdan bunday qaramligini tugatish
uchun sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratdi. Jumladan:
23
- engil va mahalliy sanoatni rivojlantirishning tashib kelish va chetga
chiqarish balanslariga asoslangan konkret dasturlarini ishlab chiqish;
-
zamonaviy
fan-texnika
taraqqiyoti
yutuqlarini
egallash,
ishlab
chiqarishning fan yutuqlari va intellektual mehnat ko’p sarflanadigan tarmoqlarini
jadal rivojlantirishga keskin burilish;
- mashinasozlik, radioelektronika, asbobsozlik korxonalarini tubdan
yangilash va yangilarini qurish hamda chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash;
- fan va texnika taraqqiyotining oldingi marrasiga chiqish uchun mavjud
barcha resurs va shart-sharoitlar, ilmiy texnikaviy va loyiha-konstruktorlik bazasi
imkoniyatlaridan foydalanish;
- shu asosda boshqa mintaqalar va chet ellar bilan teng huquqli sheriklar
sifatida aloqalarni yo’lga qo’yish.
Prezidentimiz iqtisodiy suverenitetga erishishning amaliy masalalariga
batafsil to’xtaldi:
- iqtisodiyotimizning hayotiy qobiliyatini ta’minlab turgan Ittifoq
qaramog’idagi barcha korxona va tashkilotlarni respublika tasarrufiga o’tkazish;
- Ittifoq qaramog’ida qoldirish maqsadga muvofiq bo’lgan tarmoq va
korxonalar, jumladan, yopiq turdagi korxonalar to’g’risidagi masalani ana shu
korxonalarning respublikamiz bilan o’zaro iqtisodiy munosabatlarini tubdan
o’zgartirish asosida alohida hal etish. Zaminimizdan qazib olinadigan oltin,
mineral xom ashyo, foydalaniladigan er, suv, ishchi kuchi uchun respublikaga
muayyan miqdorda pul to’lanadigan, shuningdek, mahsulotning ma’lum qismi
respublika byudjetiga o’tkaziladigan shartnoma munosabatlarini o’rnatish
maqsadga muvofiq;
- konvertatsiya qilinadigan valyutada etkazib beriladigan oltinning uchdan
bir qismi qiymatini O’zbekistonga qaytarish;
- xalq iste’moli mollari ishlab chiqaradigan deyarli barcha korxonalar,
jumladan, “O’zmaishiykimyo” tashkilotiga qarashli korxonalar, Toshkent zargarlik
buyumlari zavodi, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo korxonalarining ancha
24
qismi, gaz kompleksining yirik bo’linmalari respublika qaramog’iga o’tkazilishi
kerak;
- kichik korxona va tashkilotlarni, ayniqsa, aholiga xizmat ko’rsatish,
odamlarning kundalik ehtiyojlarini ta’minlash bilan bog’liq shunday korxona va
tashkilotlarni mehnat jamoalariga va xususiy kishilarga topshirish.
O’zbekistonning suveren davlatchilik sari ana shunday bosqichma- bosqich
intilib borishiga qaramay, Ittifoq idoralarining son- sanoqsiz nizomlari va yo’l–
yo’riqlari respublikaning biron-bir iqtisodiy masalani mustaqil hal etish imkonini
bermas edi. Bunday umrini o’tab bo’lgan huquqiy qoida va nizomlarga ko’r-
ko’rona itoat qilinishi esa yangidan- yangi ijtimoiy mojarolarni keltirib
chiqarishga sabab bo’ladi.
Shunga ko’ra, Prezident Farmoniga binoan, O’zbekiston SSR Ministrlar
Soveti huzurida xom ashyo va engil sanoat mahsulotlari ta’minoti hamda ularni
sotish bosh boshqarmasi hamda Tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa
davlat komiteti tashkil etildi. Chunki, oltita Ittifoq va respublika tashkiloti mavjud
bo’lishiga qaramay, engil sanoat xom ashyosini taqsimlash va realizatsiya qilishni
muvofiqlashtirishga erishilmadi, qimmatbaho xom ashyolarning harakati nazorat
qilinmadi. Buning oqibatida paxta tolasi va qorako’lning 90 foizi, tabiiy junning 71
foizi, sintetik tolaning 93 foizi, pilla va charmning anchagina qismi arzimas
narxlarda respublikadan olib ketilaverdi. Ichki bozorda ham, jahon bozorida ham
ko’plab talab qilinayotgan mana shu g’oyat qimmatli xom ashyoning ko’pchilik
qismi Sharqiy Evropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda,ular esa bu
mahsulotlarni jahon narxlarida sotmoqda edi. Holbuki, o’zimizdagi aksariyat
korxonalarga xom ashyo etishmas. Bizdan olib ketilgan resurslardan tayyorlangan
mollarni esa respublika boshqa mintaqalardan va chet ellardan uch hissa ortiq narx
bilan sotib olishga majbur edi. Bularning barchasi iqtisodiy sohadagi chidab
bo’lmas adolatsizlik edi.
|