II-BOB.
INSON MANFAATI, HUQUQ VA ERKINLIKLARINI
TA’MINLASh
2.1.Huquqiy mustaqillikni ta’minlashga qaratilgan harakatlar
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlarning
asosiy maqsadi O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik
jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Bu yuksak maqsadni ro’yobga chiqarishda
barcha sohalarda, xususan, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar
katta rol o’ynaydi. O’zbekistonda bugungi kunda sud-huquq tizimida izchil
amalga oshirilayotgan tub islohotlar, aslida, O’zbekiston hali davlat mustaqilligiga
erishmasdan oldin I.A.Karimov rahbarligida boshlangan ishlarning davomidir.
Buni “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidagi kontseptual fikr
va g’oyalar tasdiqlaydi.
Mantiq fanida hukm tushunchalarga tayanadi, deyiladi
1
. O’zbekistonning
sud-huquq tizimi mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yangi asosda barpo
etila bordi, deb xulosa chiqarishdan avval o’zak tushuncha (“sud-huquq
tizimi”)ning mazmunini anglashimiz, uning mohiyatini tushinib olishimiz lozim.
Shunday ekan, so’zni avvalo “sud-huquq tizimi” tushunchasining ma’no-
mazmunini yoritib berishdan boshlaymiz. “Sud- huquq tizimi” tushunchasi “sud
tizimi” va “huquq tizimi” tushunchalarining birikmasidan iborat umumiy hosila
tushunchadir. Demak, “sud tizimi”, “huquq tizimi” tushunchalarining mazmunini
tushunish orqali “sud-huquq tizimi” tushunchasining mazmunini aniqlab olamiz.
1
Масалан, қаранг: Хайруллаев М. Мантиқ.- Т: “Ўқитувчи”, 1993.-103- бет; Раҳимов И. Логикадан амалий
машғулотлар ва методик тавсиялар (университетларнинг гуманитар факультетлари талабалари учун ўқув
қўлланма),- Т: “Ўқитувчи”, 1988, 53-бет.
37
Sud tizimi – bu o’z vakolatlari va oldiga qo’yilgan vazifalar hamda
maqsadlarga muvofiq tuzilgan sudlar majmuidir
1
. O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi 107-moddasining 1-qismiga ko’ra, “O’zbekiston Respublikasida
sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O’zbekiston
Respublikasi Oliy xo’jalik sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik va
jinoyat ishlari bo’yicha oliy sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik
sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyat
va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha tumanlararo,
tuman, shahar sudlari, harbiy va xo’jalik sudlaridan iborat”
2
.
Bu moddada O’zbekiston respublikasi sud tizimining mohiyati, tizimining
tarkibiy tuzilmalari, vakolat muddatlari kabi masalalar ochib berilgan.
Quyida keltirilgan konstituttsiyaviy norma bugungi kunda amalda bo’lgan
O’zbekiston sud tizimining tuzilishi to’g’risida yaqqol ma’lumot beradi.
Biroq bu ma’lumot bizning mavzumiz bo’lgan- tadqiq etilayotgan yillar
(1989-1991) da O’zbekistonda mavjud bo’lgan sud tizimini aks ettirmaydi. Biz bu
o’rinda sud tizimi to’g’risida dastlabki va umumiy tasavvurlarni hosil qilish
fikridan kelib chiqib shunday yo’l tutdik. Tadqiq etilayotgan uch yillikdagi mavjud
sud
tizimini
va
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov rahbarligida
mamlakatimizda boshlangan tub islohotlarning o’sha davr sud tizimidagi amaliy
ifodasi
qanday kechganini quyiroqda yoritishni nazarda tutgan holda, endi e’tiborimizni
«huquq tizimi» tushunchasi deganda nima tushunilishini aniqlashtirib olishga
qarataylik.
1
Костецкий В.А. Конституция Республики Ўзбекистан. Словарь-справочний для учащихся
общеобразовательных школ, колледжей и лицеев. – Т.: “Билим”, 2003. стр. 107.
2
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган (2002 йил 27 январда ўтказилган
умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида қабул қилинган 2003 йил 24 апрелдаги
Ўзбекистон Республикасининг Қонунига мувофиқ Конституциясининг XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига
тузатиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган
Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93-моддасининг 15-бандига,
102-моддасининг 2-қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республдикасининг 2008 йил 25 декабрда
қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг 1-қисмига
ўзгартириш киритилган) – Т.: “Ўзбекистон”, НМИУ, 2009. 29-бет.
38
Huquq tizimi – milliy huquq tuzilishi bo’lib. Jamiyatdagi mavjud huquq,
normalarining ma’lum qismlarga bo’linishidir
1
.Huquq tizimi turli huquq
sohalaridan iborat. Ularning har biri o’zining predmetiga va ana shu predmet
mazmunini tashkil qiluvchi munosabatlarni tartibga solish uslubiga ega. Huquq
sohalari tuzilishida normalar, institutlar, yordamchi institutlar (sub- institutlar),
sohaosti huquqlar ajralib, o’z navbatida, sohaning umumiy va maxsus qismlarini
tashkil qiladi.
2
Huquq tizimi, asosan, ikki guruhga – ommaviy va xususiy huquqqa
bo’linadi. Ommaviy huquq tarkibiga jamiyat va uning a’zolari, davlat, davlat
organlari va tashkilotlarining manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan va bir
tarafning ikkinchi tarafga bo’ysunishiga asoslangan huquq normalaridan tashkil
topgan huquq sohalari (konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya huquqi,
soliq huquqi va boshqalar) kiradi. Xususiy huquq tarkibiga taraflari teng huquqqa
ega bo’lgan munosabatlarni tartibga soluvchi normalaridan tashkil topgan huquq
sohalari (fuqarolik huquqi, oila huquqi, mehnat huquqi va boshqalar) kiradi.
Shuning bilan bir qatorda, ommaviy huquq va xususiy huquqqa xos normalardan
tashkil topgan kompleks (majmuaviy) huquq sohalari (ekologiya huquqi, er
huquqi, bank huquqi va boshqalar) ham mavjud.
Demak, sud-huquq-tizimi tushunchasi ostida sud tizimi va huquq tizimi
tushunchalari mazmunining yig’indisi tushunilmoqda. Sud- huquq tizimining yangi
asosda barpo etish va isloh qilish mamlakatimizda mustaqillikka erishish
ostanasidayoq amalga oshirilishi boshlangan yangilanishlarning tarkibiy qismi
sanaladi. Endi esa bevosita 1989-1991 yillarda O’zbekistonda I.A.Karimov
rahbarligida sud- huquq tizimini yangi asoslarda barpo etish borasida olib borilgan
islohotlarning ko’lami yoritish va tahlil etishga o’taylik.
1
Юридик энциклопедия/ Юридик фанлари доктори, проф.У.Тожихоновнинг умумий таҳрири остида.-Т:
“Шарқ”, 2001.651-бет.
2
Раҳмонқулов Ҳ. Ҳуқуқ тизими ва унинг соҳалари/ масъул муҳаррир Р.Ж.Рўзиев; Ўзбекистон Республикаси
фанлар академияси И.Мўминов номидаги Фалсафа ва ҳуқуқ институти/.- Т.Фалсафа ва ҳуқуқ, институти.
2005.5-бет.
39
O’zbekiston
Respublikasining
mustaqillikka
erishish
arafasida
mamlakatimiz rahbari I.A.Karimovning jasorati va qat’iyati, aniq va oliy maqsadli
– xalqimiz mustaqilligi va ozodligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklariga
rioya etilishiga erishish, sud-huquq tizimini mutlaqo yangi asoslarda yaratish
borasida olib borgan sa’y-harakatlarini tushunish va to’g’ri baholay olish uchun,
albatta, o’sha davrda SSSR va O’zbekistonda yuz bergan voqealarga xolisona
baho bermoq darkor.
Ma’lumki, o’tgan asrning 80-yillari o’rtalariga kelib SSSRda kuchaygan
tanglik holati mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. KPSSning
kutilayotgan natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiy-siyosiy
tizimning inqiroziga sabab bo’ldi.
1
Xalq xo’jaligidagi tanglik holatlarining keskin
suratda va shitob bilan kuchayib borishi sotsialistik tizimning tayanch negizlariga
tahdid soluvchi xatarli siyosiy tanglikka o’sib o’tdi. Butun jamiyatda keskin, tub
o’zgarishlar qilish zarurati paydo bo’ldi. Kirib qolingan boshi berk ko’chadan
chiqib ketish yo’llari izlandi. Nihoyat, 1985 yilning bahorida KPSS Markaziy
Qo’mitasining aprel plenumi sovet jamiyatini qayta qurish, uning barcha
sohalarida tub yangilanishlar va o’zgarishlar yasash yo’lini e’lon qildi. Qayta
qurish sovet jamiyatini rivojlantirishning ob’ektiv ehtiyoji sifatida baholandi.
Qayta qurish sotsialistik jamiyat rivojining chuqur jarayonlaridan o’sib chiqqan
zarurat sifatida ta’riflandi. Qayta qurishning tarkibiy qismi jamiyat hayotini
demokratlashtirish ekani belgilandi.
Lekin bularning barchasi quruq ritorika va deklaratsiya bo’lib, hech qanday
amaliy natija bermadi. Aksincha, ular sovet jamiyatining tub asoslari adolatsizlik
negiziga qurilganligini rivojlanishga noqobil ekanini oshkor etib qo’ydi. Agarki,
sovet sud-huquq tizimini oladigan bo’lsak, u insonni himoya qiluvchi organ emas,
aksincha, mustabid tuzum qo’lidagi insonlar va xalqlarni ezish quroli, repressiv
mashinaga aylanib qolgan edi. Uning bunday g’ayriinsoniy mohiyati, ayniqsa, 80-
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи. К.2.Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги// Тузувчилар:
М.Жўраев.Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ: Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев(раис) ва бошқ,/.-Т: “Шарқ”,
2000.624-бет.
40
yillarning ikkinchi yarmida O’zbekiston va uning xalqiga nisbatan avj oldirilgan
qatag’on kompaniyalari davrida yaqqol namoyon bo’ldi. O’zbekistonni paxtani
terish va qayta ishlashdagi sun’iy ravishda o’ylab topilgan “o’g’irlik”, “qo’shib
yozish” holatlarini tergov qilish bilan markaziy prokratura va ichki ishlar organlari
maxsus shug’ullandi. “Paxta ishi” eng shov-shuvli ish sifatida butun Ittifoqqa
namoyish qilindi
1
. Bir qator Rossiya gazetalarining zo’r berishi tufayli “paxta ishi”
“o’zbeklar ishi”ga aylantirildi
2
. O’zbekistonga va o’zbek xalqiga nisbatan qilingan
bu adolatsizlik xalq ommasining sovetlar rejimiga nisbatan nafratini oshirdi,
munosabatini o’zgartirdi
3
.
Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda o’zlikni anglash, til, madaniyat, tarix
va kelajakka teran nazar solish, inson huquq va erkinliklarini har narsadan ustun
qo’yishga bo’lgan intilish kuchayib bordi. Xususan, O’zbekistonda keng
munozaralarga sabab bo’lgan muammolardan biri o’zbek tiliga davlat tili
maqomini berish masalasi bo’ldi. Bu muammo yuzasidan boshlangan harakat
qudratli tus oldi, unda ziyolilar, talabalar va yoshlar faol ishtirok etdi. I.A.Karimov
boshchiligidagi yangi rahbariyat bu masalani amaliy hal qilishga jasorat bilan
kirishdi. Natijada o’n birinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining o’n
birinchi sessiyasida 1989 yil 21 oktyabrda “O’zbekiston SSRning Davlat tili
haqida”gi Qonuni qabul qilindi
4
. Qonunning 1-moddasining 1-qismida
1
“Аввало республикамиз раҳбарлигига И.А.Каримов келиб, у киши томонидан суд ва судьяларнинг қўллаб-
қувватланганлиги натижасида Ўзбекистон Республикаси Олий суди “Пахта ишлари”га ҳуқуқий баҳо берди.
Минглаб ҳамюртларимиз оилалари бағрига қайтди”: Мингбоев У. Суд-фуқаролар ҳимоячиси. – Т.: ДИТАФ,
2001. 20-бет.
2
“Пахта иши”, “Ўзбеклар иши” сингари ишлар асосида ноҳақ қамалиб, озодликдан маҳрум этилган шахслар
кейинчалик шахсан Президент И.А.Каримов ташаббуси билан суд қарорлари асосида оқландилар. “Агар
Президентимизнинг ташаббуслари бўлмаганда, ўша пайтларда на Олий суд, на прокуратура бу ишларни
(“Пахта иши”, “ўзбеклар иши” сингари ишларни – таъкид Алиқул Раҳмоновники) қайта кўришга журъат
қила олмас эдилар”: Мингбоев У. Суд – фуқаролар ҳимоячиси. –Т.: ДИТАФ, 2001. 80-81-бетлар.
3
Ўзбекистоннинг янги тарихи.К.2. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида // Тузувчилар: М.Жўраев,
Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. –Т.: “Шарқ”, 2000. 660-
бет.
4
Ўзбекитсон Республикасининг “Давлат тили ҳақида”ги Қонунига ўзгартиришлар ва қўшимчалар киритиш
тўғрисидаги 1995 йилнинг 21 декабрида қабул қилинган Ўзбекистон Республикасининг Қонуни асосида
“Давлат тили ҳақида”ги Қонуннинг янги таҳрири тасдиқланди.
41
“O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir”
1
, deb
yozib qo’yildi. Shunday qilib, o’zbek tili davlat tili maqomini oldi.
Davlat hokimiyatining bo’linish printsipining jamiyatda amalda ro’yobga
chiqarilishi, ya’ni hokimiyatlar bo’linishining amalga oshirilishi har qanday
davlatning demokratik xususiyatini belgilaydigan omillardan biridir. Davlat
hokimiyatining bo’linish printsipi davlat hokimiyati organlarining muvozanati va
tengligini ta’minlaydi. Mazkur printsipning oqilona ro’yobga chiqarilishi orqali
davlatda biror organ yoki shaxs tomonidan diktatura
2
o’rnatilishining oldi olinadi,
davlat boshqaruvi amalga oshirilishining ideal muvozanati ta’minlanadi, davlat
organlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zamin tayyorlanadi.
“O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning 4-moddasining 1-
qismini keltiramiz: “O’zbekiston SSRda yashovchi davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari rahbarlari o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini
etarli darajada bilishlari shart”
3
. Qonunning 5-moddasi (1-qism)da quyidagi
huquqiy norma mustahkamlab qo’yildi: “O’zbekiston SSR davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari faoliyatida s’ezd, plenum, qurultoy, sessiya, konferentsiya,
majlis va kengashlar respublikaning davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi
ta’minlanadi”
4
. Qonunda keltirilgan ana shu moddalar (ularning qismlari)da
O’zbekistonda davlat hokimiyati organlari o’z faoliyatini davlat tilida yuritishlari
lozimligi ko’rsatilgan. Shu o’rinda davlat hokimiyati va uning bo’linishi printsipi
to’g’risida qisqacha ma’lumot berishni ko’zlab, kichik bir chekinish qilamiz. Kezi
kelganda ta’kidlamoq lozimki, davlatda hokimiyatning mavjud bo’lishi davlatning
asosiy belgilaridan biri sanaladi. Davlatdagi mavjud hokimiyat (davlat hokimiyati)
esa ma’lum printsip asosida taqsimlanadi, bo’linadi. Bu “davlat hokimiyatining
1
Қонуннинг матни бўйича қаранг: Она тили – Давлат тили: (Ўқув қўлланма-мажмуа) Ўзбекистон
Республикасининг “Давлат тили ҳақида”ги Қонунига оид ҳужжатлар (Тузувчилар: Н.Жумахўжа,
Р.Жомонов. –Т.: “Адолат”, 2004. 80-бет. (Давлат миллат рамзлари).
2
“Диктарута” сўзи лотинча dictatura сўзидан олинган бўлиб, “чекланмаган ҳокимият” маъносини билдиради.
Қаранг: Ҳуқуқшуносликка оид ўзлашма терминлар. Тузувчилар: Бектемиров Ҳ., Холмедов Ҳ., Содиқов С. –
Т.: “Адолат”, 1999. 27-бет.
3
: Она тили – Давлат тили: (Ўқув қўлланма-мажмуа) Ўзбекистон Республикасининг “Давлат тили ҳақида”ги
Қонунига оид ҳужжатлар (Тузувчилар: Н.Жумахўжа, Р.Жомонов. –Т.: “Адолат”, 2004. 6-бет.
4
Ўша ўқув қўлланма – мажмуа, 7-бет.
42
bo’linish printsipi” deb ataladi. Mazkur printsipga ko’ra, davlat hokimiyati bir-biri
bilan chambarchas bog’langan va ayni vaqtda ma’lum mustaqillikka ega bo’lgan
quyidagi uch shaxobchaga bo’linadi: qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi
hokimiyat va sud hokimiyati. Ana shu uch hokimiyat birgalikda davlat
hokimiyatini tashkil etadi.
Davlat hokimiyatining bo’linish printsipi davlat hokimiyati organlarining
kelishib, bir-birini nazorat qilib va o’zaro uyg’unlikda ishlashiga imkon yaratadi.
Shuning uchun hokimiyatning bo’linish printsipining qaror topishi demokratik
davlatga xos jihatdir.
To’qqizinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari
oltinchi sessiyasida 1978 yil 19 aprelda O’zbekiston SSRning Konstitutsiyasi
(Asosiy Qonuni) qabul qilingan
1
. Garchi, O’zbekiston SSR Markazga qaram
respublikalardan biri bo’lgan va mustaqil davlat bo’lmagan bo’lsa-da, garchi
O’zbekiston SSRning Konstitutsiyasida davlat hokimiyatining bo’linish printsipiga
muvofiq davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va
sud hokimiyatidan iborat ekani ochiq-oydin normativ asosda belgilab qo’yilmagan
bo’lsa-da, O’zbekiston SSRda qonunlar chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari
mavjud bo’lgan. “O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning tegishli
moddalariga muvofiq, davlat hokimiyati organlari o’z faoliyatini endilikda davlat
tilida, ya’ni o’zbek tilida olib boradigan bo’lishdi. Qonuning 6-moddasiga asosan,
O’zbekiston SSR oliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qonun, qaror
va boshqa hujjatlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari
respublika davlat tilida tayyorlanadigan, qabul qilinadigan va e’lon etiladigan
bo’ldi.
“O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasida
O’zbekistonda mustaqillikka erishish ostonasida sud tizimining yangicha asoslarda
barpo etila boshlanganini ko’rsatuvchi dalillardan biri, bu tizimda boshlangan tub
1
Ўзбекистон ССР Конституциясининг матни бўйича қаранг: Конституция (Основной Закон) Узбекской
Советской Социалистической Республики. –Т.: “Узбекистан”, 1984.
43
amaliy yangilanishlarning debochasi bo’lgani shubhasiz. Keling, Qonunning 10-
moddasi bilan yaqindan tanishaylik:
“O’zbekiston SSRda sudlov o’zbek, qoraqalpoq tillarida yoki o’sha joydagi
ko’pchilik aholi tilida olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni sudda
qatnashuvchi kishilar bilmagan taqdirda bu kishilar uchun tarjimon orqali ishga oid
materiallar bilan to’la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda
ona tilida so’zlash huquqi ta’minlanadi.
O’zbekiston SSRda davlat hakamligi mahkamalarida korxonalar, tashkilotlar
va muassasalar o’rtasidagi xo’jalik nizolarini ko’rib chiqish, hal qilishda o’zbek tili
qo’llanadi. Zarurat bo’lganda xo’jalik nizolari millatlararo muomila tilida ham
qarab chiqilishi mumkin. O’zbekiston SSr va boshqa respublikalar korxonalari,
tashqilotlari va muassasalari o’rtasidagi xo’jalik nizolarini ko’rib chiqish, hal
qilishda ham millatlararo muomala tili qo’llanadi”.
“Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishini barcha birdek
xursandchilik va mamnunlik bilan kutib oldi. Ma’lumki, bu qonun qabul qilingan
vaqtda hali SSSR mavjud va mustabid tuzum o’z umrini o’tab bo’lmagan edi.
Mustabid tuzum jon talvasasida so’nggi nafaslarini olardi. Xalqimizning o’zbek
tiliga davlat tili maqomini berish borasidagi jo’shqin harakatini mustaqillik
yo’lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholash mumkin.
“Til haqidagi qonun uchun harakat dastlab O’zkompartiya Markaziy
qo’mitasi deb atalmish idora tomonidan qarshiliklarga uchradi. Ne baxtki, bu
rahbariyat o’zgarib, respublikaimzning bugungi Prezidenti Islom Karimov rahbar
bo’lgach, bu harakatga munosabat o’zgardi va ushbu qonun qabul qilindi. Shu
o’rinda davlat rahbarlarining tom ma’nodagi jasoratlarini ham ta’kidlash kerak. Bu
ham tarixiy voqealar silsilasiga kiradi”
1
.
“O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi
o’zbek xalqining o’zligini anglashining o’sishi va respublikada millatlaro
1
Тоҳир Малик. Ўнинчи довон. // “Ҳуқуқ – Право - Law” илмий-назарий юридик журнали, № 4 (8), 1999, 38-
39-бетлар.
44
hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’ldi, “davlat
mustaqilligi yo’lidagi birinchi muvaffaqiyatimiz, birinchi g’alabamiz bo’ldi”
1
.
Dostları ilə paylaş: |