Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Bitiruv malakaviy ish mavzusini yoritishda foydalanilgan tadqiqot



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix21.10.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#65690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
portal.guldu.uz-BITIRUV-MALAKAVIY IShI

Bitiruv malakaviy ish mavzusini yoritishda foydalanilgan tadqiqot 
usullari. Mazkur mavzuni yoritishda avvalo har bir tarixchi oldida turgan muhim 
mas’uliyat- holislik va tarixiy-qiyosiy uslub atshkil etadi. Tanlangan mavzuni 
to’laqonli ochib berish maqsadida asarda ko’tarilgan masalalarga bevosita aloqador 
risolalar o’rganib chiqilib, ishning saviyasini oshirish uchun ilmiylik va tarixiylik 
usullariga tayanildi. 
Ishning amaliy va nazariy ahamiyati. Mazkur tadqiqotimiz shu 
yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarida, qolaversa Prezidentimiz asarini o’qitishda 
foydalanish ijobiy natijalar beradi degan umiddamiz. 
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Mazkur BMI- kirish, III bob, 9 
paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalar qismidan iborat. 



I-BOB. AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VA IQTISODIYoTNI 
ISLOH ETISh MASALALARI. 
1.1. O’zbekistonda aholi turmush darajasining pasayib ketish sabablari 
XX asrda 70 yildan ko’proq vaqt hukmron bo’lgan, dunyo xaritasida “Sovet 
Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi” degan nom bilan katta hududni egallagan, soxta 
kommunistik mafkuraga, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik 
mamlakatdagi noto’g’ri, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 80-yillarning oxiriga 
kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O’zbekiston aholisining ham 
yashash sharoitlarini og’irlashtirib, uni ko’plab muammolar iskanjasiga solib 
qo’ydi. 



Bu muammolarning barchasi 80-yillarning oxiri – 90-yillarning boshlarida 
ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga olib keldi. 
Shuningdek, O’zbekistonda o’ta keskin va jiddiy muammolar yuzaga keldi: 
1) respublikada demografik vaziyatning murakkabligi. Statistik ma’lumotlar 
tahlili aholi ro’yxatga olingan davr oralig’ida, ya’ni 1979-1989 yillar davomida 
respublikada jami aholi soni 15379.4 ming kishidan 19810.0 ming kishiga yoki 
28.8 foizga ko’payganini ko’rsatadi. Bu davrda aholining o’rtacha yillik o’sish 
sur’ati 2.8 foizni tashkil qilgan. 1991 yilga kelib mamlakatda aholi soni 20.7 
million kishidan ortib, 1990 yilga nisbatan 386.0 ming kishiga o’sgan. 
Bu esa O’zbekistonda aholining o’sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga 
qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo’lganini ko’rsatadi. Biroq, aholining 
bunday o’sishi uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida 
ish joylarini ko’paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush 
sharoitining yomonlashuvi, ishsizlar sonining ko’payishi, ijtimoiy mehnat 
unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq 
farovonligining pasayishiga olib keladi. 
2) respublika iqtisodiyotining bir yoqlama, haddan tashqari nomaqbul 
ixtisoslashtirilishi natijasida qishloq xo’jaligi bilan bir qatorda, sanoatda ham 
asosan xom ashyoni birlamchi qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qilib, tayyor 
mahsulot, avvalo, xalq iste’moli mollari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning ulushi 
juda past edi. Qishloq xo’jaligi xom ashyosining talaygina hajmi respublikadan 
olib ketiladigan bir vaqtda aholining iste’mol tovarlariga bo’lgan ehtiyojini 
qondirish uchun 8-9 milliard so’mlikka yaqin tayyor mahsulot chetdan olib 
kelingan. O’zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash imkonini beruvchi 
elektronika, asbobsozlik, radiotexnika, murakkab ro’zg’or texnikasi ishlab 
chiqarish kabi va boshqa ko’pgina ilg’or tarmoqlar qoniqarli rivojlantirilmadi. 
Aksincha respublikada suv ko’p sarflanadigan va zararli ishlab chiqarishlar asossiz 
ravishda rivojlantirildi; 


10 
3) ishlab chiqaruvchi kuchlar va avvalo, sanoat ob’ektlari, asosan, stixiyali 
ravishda, aniqrog’i, har xil o’zboshimchalik, buyruqbozlik bilan qabul qilingan 
qarorlar asosida, ko’pincha ilm-fan vakillari, bilimli va obro’li mutaxassislarning 
tavsiyalari mutlaqo e’tiborga olinmay joylashtirildi. Bu esa respublika iqtisodiyoti 
hamda aholi punktlarining ekologiyasiga g’oyat katta ziyon etkazib, aholi hayot 
ta’minotiga, odamlarning yashashi va uyg’un kamol topishi uchun zarur 
sharoitlarni yaratishga salbiy ta’sir o’tkazdi; 
4) respublikadagi ijtimoiy ahvolning, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va 
ularni ijtimoiy himoya qilishning mutlaqo qoniqarsizligi. Ayniqsa, qishloq 
aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik 
suvi bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni 
tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog’liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat 
ob’ektlari, maktablar, bolalar bog’chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida 
siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko’pchilik qismi qishloq joylarida 
istiqomat qilar edi. O’zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida hukm 
surgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ta’sirida faqat xom-ashyo etkazib berishga 
asoslangan, qoloq va mo’rt iqtisodiyotga ega bo’lib, bu holat respublika aholisi 
daromadlari va turmush darajasiga ancha keskin ta’sir ko’rsatdi. 
Bu davrda respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar 
bo’yicha Ittifoqdagi o’rtacha darajadan ham ancha orqada bo’lib, mamlakatda 
oxirgi o’rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy 
mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o’rinni, 
daromad darajasi asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan eng oxirgi 
o’rinlardan birini egallab keldi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish 
bo’yicha 2.5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan 2.5 barobar, 
qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2 barobar, aholining o’rta 
hisobda go’sht mahsulotlari tuxum, sut va sut mahsulotlari iste’moli bo’yicha 2 
barobar orqada qolgan. 


11 
Ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning pasayishi, o’z navbatida, aholining 
turmush darajasiga ham ta’sir ko’rsatib, yashash sharoitlarining og’irlashuviga 
sabab bo’ldi. O’sha davrda kun kechirish uchun oyiga o’rta hisobda kamida 85 
so’m zarur bo’lgani holda, 75 so’mdan kamroq yalpi daromat oladigan aholining 
ulushi Ittifoq bo’yicha 12 foizdan sal ko’proq bo’lsa, O’zbekistonda 45 foizga 
etgan, ya’ni 8 million 800 ming kishini tashkil etgan. Bir millionga yaqin kishi 
ijtimoiy ishlab chiqarishda o’zining qo’lidan keladigan ishni topa olmagan, ya’ni 
ishsiz bo’lgan. 
Ijtimoiy 
infratuzilma 
tarmoqlari: sog’liqni 
saqlash, xalq ta’limi, 
maktabgacha bolalar muassasalari juda og’ir ahvolda bo’lib, maktab va 
kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan. Bu esa o’sha davrda 
insonning har tomonlama uyg’un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy 
rivojlanishi u yoqda tursin, ko’pincha yashash uchun kerak bo’lgan eng oddiy 
narsalar ham etishmaganini ko’rsatadi. 
Bunday og’ir ahvolning vujudga kelish sabablari sifatida quyidagilarni 
ko’rsatish mumkin: 
- 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriy-
buyruqbozlik usullariga zo’r berilib, O’zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi 
kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlarning tobora kuchayib borishi; 
- respublikaga asosan xom ashyo bazasi, sobiq markazdagi sanoat 
vazirliklari va idoralarining mo’may xom ashyo manbai sifatida qarab kelinishi; 
- o’lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan etarlicha, 
ba’zan mutlaqo baho berilmagini, ba’zan esa bu xususiyatlarning pisand ham 
qilinmagani; 
- iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq 
mehnat taqsimotida O’zbekistonning mavqei va o’rnini o’zgartirishning muqobil 
yo’llari e’tiborga olinmagani. 
Sobiq tuzum davrida mavjud murakkab muammolarni hal etish uchun sobiq 
Ittifoq rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan, ammo bir-biri bilan o’zaro 


12 
bog’lanmagan turli dastur va tadbirlar ham chala-yarim amalga oshirilar edi. 
Respublikaning ayrim mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida yo’l 
qo’yilgan xatolarni tuzatish uchun markaz tomonidan amalga biron-bir ish 
qilinmadi. 
Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish tizimi. Asosan, byudjetdan moliyalashtirilar va qat’iy markazlashgan edi. U 
davrda mehnat sharoitlari, mehnat muhofazasi, ijtimoiy ta’minot ko’proq 
deklarativ xarakter kasb etgan, chunki mablag’ va zaxiralar asosan zararli, xavfli 
mehnat sharoitlarini kompensatsiya qilishga (qo’shimcha mehnat haqi, imtiyozlar, 
imtiyozli pensiyalar va h.k.) yo’naltirilgan. 
Bu davrdagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini pasaytiruvchi 
omillarga quyidagilar kirgan: 
- to’lov va imtiyozlarning aholining ko’p toifasiga berilishi, moddiy 
ta’minlanish darajasining deyarli e’tiborga olinmagani; 
- moddiy yordam olivchilarning faravonlikka o’z kuchlari bilan erishish 
imkoniyatlarini to’la inobatga olmaslik. Ma’lumki, buning oqibatida aholi o’rtasida 
ijtimoiy boqimandlik kayfiyati, beparvolik, tashabbussizlik, jamiyatning 
marginallashuvi kelib chiqadi; 
- hududiy va munitsipal hokimiyat organlari o’rtasida ijtimoiy yordam 
ko’rsatish vakolatlari va javobgarligining aniq taqsimlanmagani. Bu esa, ijtimoiy 
to’lov va imtiyozlarni taqdim etish va moliyalashtirishda javobgarlikdan bosh 
tortishga olib kelgan. 
Barcha aholiga mo’ljallangan ijtimoiy siyosat yordamga ehtiyojning ko’proq 
va kamroq darajasi kabi juda muhim omilga nisbatan sezgirlikni qo’ldan boy berdi. 
Shunday bo’lib chiqdiki, kam ta’minlangan fuqarolar ham, to’la ta’minlangan 
fuqarolar ham bir xilda madad olardi. Buning ustiga, dotatsiya joriy etilgan asosiy 
tovar va xizmat turlaridan aynan shunday yordamga kamroq muhtoj bo’lgan 
kishilar ko’proq foydalanib qolishdi. Haqiqatan ham, muhtoj kishilar uchun kam 


13 
samara bergan ijtimoiy muhofaza tizimi behuda sarf-xarajatlarga, mablag’larning 
behuda sovurilishiga sabab bo’ldi. 
Mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning ta’minoti, daromadi, ularning 
yashashi uchun zarur bo’lgan kundalik mahsulotlarning eng kam miqdori, ortiqcha 
ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi mavjud ahvol og’ir bo’lgan. Buning 
asosiy sababi - bu yillarda har bir viloyat bo’yicha aniq dasturlar, ichki rezervlar 
hisobidan ishni to’g’ri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruktsiya 
qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo’shimcha xom ashyo ajratish evaziga 
ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to’g’risida amaliy tadbirlar bo’lmagan. 
Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy 
muammo- bu aholi o’rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o’sib borishi edi. 
Sobiq Ittifoq rahbarlari respublikadagi bu muammoga e’tibor qaratmas, ayniqsa, 
qishloq joylardagi ishsizlik odamlarning tinka–madorini quritib borardi. 
Qishloqlarda yangi ish o’rinlarini yaratish imkoni deyarli yo’q, sababi - 
respublikaning barcha viloyatlardagi, xususan, Farg’ona viloyatidagi barcha er 
maydonlari ishdan chiqqan, erning joni so’rib olingan edi. Natijada mehnatni 
tashkil etishning yangi usullari bo’lgan oilaviy pudrat va boshqa xo’jalik yuritish 
shakllarini, erni dehqon ixtiyoriga beradigan ko’plab tadbirlar joriy etilgan taqdirda 
ham qishloqda yashayotgan odamlarga to’g’ri keladigan qo’shimcha daromad 
miqdorini o’zgartirish qiyin bo’lgan. Bunga misol tariqasida Qashqadaryo 
viloyatini olish mumkin. Aholini Qarshi cho’llariga tashkiliy ravishda 
ko’chirishning butun davri mobaynida u erga 600 ta oila ko’chib borgan, xolos. 
1989 yilga qadar ulardan 40 ta oila yashab qolgan. Buning asosiy sababi – 
aholining ishlashi uchun munosib ish o’rinlari yaratilmaganida. 
“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida ana shunday 
muammolar bilan birga, ularning echimi ham ko’rsatiladi. Ish o’rinlarini yaratish 
uchun ishlab chiqarish tarkibini shunday qayta qurish zarurki, odamlar o’zlari 
yashayotgan joydan uzoqqa ketmasdan, samarali mehnati hisobidan kerakli 
daromadga ega bo’lsin. Shu o’rinda dunyoda aholisi eng ko’p bo’lgan Xitoyni 


14 
misol tariqasida oladigan bo’lsak, u erda sanoat mahsulotlarining 40 foizi qishloq 
joylarda ishlab chiqarilmoqda, deb ta’kidlanadi kitobda. Bu mamlakatda yirik 
korxonalar qurishmaydi, odamlar esa bir vaqtning o’zida shaxsiy xo’jalik bilan 
shug’ullanib, yashash joyidan uzoq bo’lmagan erda qo’shimcha davromad 
manbaiga ham ega bo’ladi, deb qayd etadi . 
Bu fikrlarning davomi : “Aytish kerakki, Xitoyda aholining soni biznikiga 
qaraganda bir necha barobar ko’p. Lekin Xitoy qandaydir yo’llarni topib, bu 
muammolarni muvaffaqiyatli hal etmoqda. O’zingiz e’tibor bering, bugungi kunda 
Xitoy qanday sur’atlar bilan rivojlanmoqda, xalqining hayot darajasi o’sib 
bormoqda”
1

Ma’lumki bu so’zlar aytilgan paytda Farg’ona vodiysida ishchi o’rinlarini 
yaratish masalasi jiddiy muammo bo’lgan. Vodiyda joylashgan ayrim tarmoqlarda, 
ayniqsa, engil sanoatda bo’sh ish o’rinlari juda ko’p bo’lishiga qaramasdan, 
odamlarni ishga joylashtirish qiyin bo’lgan. Bunga ushbu tarmoqlar uchun bevosita 
javobgar bo’lgan, lekin bu masalalarni kimdir chetdan kelib hal qilib beradi, degan 
xomxayol bilan yurgan odamlarning mas’uliyatsizligi sabab bo’lgan. 
Farg’ona viloyati aholisining hayot darajasini va ishga yaroqli aholining 
bandligini oshirish bo’yicha dasturni ishlab chiqish zarur edi. Kitobda e’tibor 
qaratilgan yana bir muhim muammo shuki, mustaqillikka erishish ostonasida 
mahalliy organlar rahbarlari jon boshiga qancha daromad to’g’ri kelishi va 
umuman, odamlarning qanday hayot kechirayotgani, bundan keyin shunday past 
daromadlar bilan yashash mumkin emasligini bilmagan. O’sha yillari pensioner, 
kolxozchi oyiga bor-yo’g’i 42 so’m olgan. 
Shu bilan birga, 1990 yili respublikada aholi jon boshiga to’g’ri keladigan 
pul daromadlari 571, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real pul daromadlari esa 
551 AQSh dollarini tashkil etgan. Aytib o’tish joizki, bu ko’rsatkichlar bo’yicha 
O’zbekiston sobiq Ittifoqdagi mamlakatlar orasida eng oxirgi o’rinlarda turgan. 
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011 йил, 36-
бет. 


15 
Bundan tashqari, mustaqillikka erishish arafasida aholining daromadlari kam 
bo’lgani tufayli uning asosiy qismi iste’mol harajatlariga sarflangan. 
Aytish joizki, mustaqillikkacha bo’lgan davrda odamlar ikki toifaga 
ajratilgan. Ishga joylashishni istayotgan odamlarga qandaydir maxfiy ko’rsatmalar 
borligi uchun arzimagan vajlarni ro’kach qilib, ortiga qaytarib yuborishgan. 
Qishloqdan kelgan odamlarni shaharlarda ishga olishmagan, ammo bu 
respublikamizning tashqarisidan kelganlar esa ishga qabul qilingan. 
O’zbekiston byudjeti katta kamomad bilan yakunlanayotgan va bunday 
kamomad tobora o’sib borayotgan bir sharoitda sobiq Ittifoq rahbarlari 
respublikani 1991 yildan boshlab xo’jalik hisobiga o’tishga majbur qila boshlaydi. 
Xolbuki o’sha davrda respublika byudjetining ham, mahalliy byudjetlarning ham 
daromad qismi bazasi o’ta zaif bo’lib, narx-navo oshib borayotgan bir vaziyatda 
xarajatlarni qoplash imkonini bermas edi. 
Mamlakatimiz rahbari o’sha davrda vujudga kelgan ahvoldan chiqish yo’li 
sifatida quyidagilarni belgilab berdi: 
- ishlarning ahvoliga xolis baho berish, respublikadagi vaziyatni 
sog’lomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish; 
- hayotning barcha sohalarida qat’iy tartib va intizom o’rnatish, rahbar 
kadrlarni joy-joyiga to’g’ri qo’yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish. 
Respublikamizdagi vaziyatni chinakamiga o’nglash, yurtdoshlarimizning 
hayotga qarashini, bugungi va ertangi kunga ishonchini mustahkamlash uchun 
avvalo, ularning iqtisodiy, moddiy ahvolini yaxshilash zaruratini chuqur anglagan 
Prezidentimiz o’sha davrda aholi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan juda 
katta bir masalani – odamlarga tomorqa er berish masalasini kun tartibiga qo’ydi. 
Ushbu masalaning naqadar muhim ahamiyat kasb etishini quyidagi holatlar orqali 
ham tasavvur qilish mumkin edi: 
- respublika qishloqlarida eri yo’q oilalar soni – 240 ming nafar; 
- uy-joy qurilishi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun 
kengaytirishga muhtoj hovlilar soni – 1,8 milliondan ko’proq; 


16 
- faqat Toshkent shahrida er uchastkasi olish uchun navbatda turgan oilalar 
soni – 92 ming nafardan iborat edi. 
Buning ustiga, shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarda 
er yo’qligi sababli mehnatkashlarning yakka tartibda uy-joy qurishga, jamoa 
ravishda bog’dorchilik qilish va polizchilik bilan shug’ullanishga imkoni yo’q edi. 
Zamonaviy shaharda, ayniqsa, Toshkent kabi azim shaharda yashash 
shunchaki istiqomat qilishni bildirmaydi. Har bir oila uchun alohida kvartira yoki 
shaxsiy uy bo’lishi zarur. Oktyabr, Sobir Rahimov, Kirov rayonlarida 600 ming 
kishi yashab turgan xonadonlar urushdan avval qurilgan bo’lib, shu qadar puturdan 
ketib qolgan ediki, ularning ta’mirlashning ham iloji bo’lmagan. Bu xonadonlarda 
markaziy isitish tizimi, vodoprovod, gaz va kanalizatsiya yo’q, ikki-uch xonada bir 
necha oila yashab turgan, kishi boshiga 2-3 kvadrat metr turar joy to’g’ri kelgan. 
Agar Toshkentda o’rta hisobda kishi boshiga 14,2 kvadrat metr turar joy to’g’ri 
kelsa, eski shahar qismida bu raqam ikki barobar kam bo’lgan. Qariyb 7 ming oila 
shunday yashaganki, har bir oila a’zosiga salkam 5 kvadrat metrdan kamroq 
maydon to’g’ri kelgan. Bu – eng oddiy hayot ta’minoti shartlariga ham 
yaqinlashmaydi. 
Katta shaharlarning normal turmushini aniq-puxta oziq-ovqat ta’minotisiz 
tasavvur qilib bo’lmaydi. Do’konlar va bozorlardagi ahvol mehnatkashlarning, 
butun Toshkent ahlining haqli ravishda noroziligini to’g’dirgan. Agar aholini 
go’sht-sut mahsulotlari bilan ta’minlashdagi uzilishlarni bir amallab tushuntirib 
berish mumkin bo’lsa, shahrimiz bozorlarida meva va sabzavotlarning narxi Sibir 
hamda Uzoq Sharq darajasida ekanini mutlaqo oqlab bo’lmas edi. 
Masalani bir qadar engillashtirish uchun respublika matlubot kooperatsiyasi 
Toshkent shahrining barcha rayonlarida meva-sabzavot bozorlarini uyushtirgan, 
bunday bozorlarda 30 ming tonnadan ko’proq qishloq-xo’jaligi mahsuloti sotilgan. 
Bundan tashqari, “O’zbekbirlashuv”, shahardagi tegishli idoralarning kuch-
g’ayrati bilan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini kelishilgan narxlarda sotadigan 53 ta 
do’kon qisqa muddatda qurib, foydalanishga topshirilgan. Meva va sabzavotni 


17 
saqlash va qayta ishlash bazasini mustahkamlash uchun katta tadbirlar ko’rilgan. 
Xitoy Xalq Respublikasidan qo’shma tarzda kartoshka sotib olingan. 
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi aholiga bog’dorchilik-uzumchilik 
uchun ajratib berilgan uchastkalar ko’payib borgan. Bu, o’z navbatida, oziq-ovqat 
ta’minotini ancha yaxshilashga va kishilarning bo’sh vaqtini foydali ishlarga 
sarflashga, odamlarning salomatligini mustahkamlashga xizmat qilgan. 
Odamlar biron-bir talab ehtiyojni – hoh go’sht yoki qand-shakar, spirtli 
ichimliklar yoki sovun bo’lsin, shu narsalar bilan ta’minlashdagi qiyinchiliklarni 
ma’lum bir vaqtgacha tushunishi, bunga qanoat qilib turishi mumkin. Ammo ular 
o’zlarining xavfsizligidan mahrum bo’lganini tushuna olmaydi, bunga toqat qila 
olmaydi. Oilaning, farzandlarning, yaqin kishilarning hayoti va sog’ligi, uy-
joyning dahlsizligi saqlanishiga, necha o’n yillar mobaynidagi mehnat tufaylmi 
orttirilgan bisotining bus-butun qolishiga hech narsa kafolat bermasa, ular 
qandaydir bezori, ekstremist guruhlarning tazyiqi ostida vayron bo’lsa, ma’murlar 
inson shaxsi va hayotining dahlsizligini ta’minlashmasa, buni bironta ham sofdil, 
vijdonli kishi qabul qila olmaydi. 
Mustaqillikka erishish ostonasida respublikamizda odamlarning hayot 
ta’minoti muammolari yig’ilib qolgan va ular nihoyatda o’tkir tus olgan edi. 
Fuqaro hokimiyatdan kutayotgan eng asosiy narsa – har bir odamning ishga, uy-
joyga ega bo’lishi, oziq-ovqat, kiyim-kechak, normal turmush va dam olish, 
farzand tarbiyalash uchun mablag’ ishlab topa olishi bilan bog’liq edi. Bu davrda 
do’konlarda hayotiy zarur mahsulotlar turmagan, halol mehnat bilan ishlab 
topilgan pulga oddiy narsalarni haqoratli tarzda, navbatlarda uzoq turib, chayqov 
narxlar sotib olishga odamlar majbur bo’lgan.


18 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin